Erning shakli va uning o’lchamlari
Yer Quyosh tizimidagi uchinchi sayyoradir. U Venera va Mars sayyoralari oralig’ida joylashgan. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 mln.km. Mazkur masofa astronomik birlik sifatida qabul qilingan. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha harakat tezligi sekundiga 29,8 km.ni tashkil qiladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Yer o’z o’qi atrofida 23,43 soatda bir martda aylanib chiqadi.
Yer yadrodan, mantiyadan va yer po’stidan iborat. Hozirgi malumotlarga binoan erning yadrosi metalli zarralarni bir-biriga urilishi va yopishishi (asosan temir zarralarining) natijasida hosil bo’lgan. Yer tarkibida engil gazlardan tortib og’ir metallargacha uchraydi. Ammo erning tarkibi hali to’la va atroflicha o’rganilmagan. Yerni besh foizini tashkil qilgan yoqori qismigina yaxshi o’rganilgan. Yer po’stida quyidagi elementlar tarqalgan: O(47,2%), SiO2(27,6%), Al2(8,8%), Fe(5,1%), Ca(3,6%), Na(2,64%), K(2,6%), Mg(2,1%), H(0,15%), qolgan elementlar 0,21%-ni tashkil qiladi. Yerning o’rtacha zichligi 5,52 g/sm3.
F.N.Krasovskiy malumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagicha:
Ekvatoryal radyos yoki katta yarim o’q - 6378,245 km.
Qutbiy radyos yoki kichik yarim o’q - 6356,863 km.
O’rtacha radyos - 6371,110 km.
Qutbiy siqiqlik - 1:298 yoki 21,36 km.
Ekvatoryal siqiqlik - 1:30000yoki 213 m.
Meridyan uzunligi - 40008,550 km.
Ekvator uzunligi - 40075,696 km.
Yer yozasining maydoni- 510083000 km2
Yerning hajmi - 1,083 x 1012 km3.Yer yozasining 71%-ni okeanlar va 29%-ni quruqlik tashkil qiladi. Yer yozasida hozirgi paytda to’rtta okean ajratiladi: Tinch, Atlantika, Xind va Shimoliy Muz okeanlari, keyingi paytlarda Antarktida materigi atrofida janubiy okean ham ajratilmoqda. quruqlik oltita materik va qitalardan iborat. Materiklar: Evrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida, Avstraliya. qitalar: Osiyo, Amerika, Afrika, Antarktida, Evropa, Avstraliya.
Yer yozasining eng baland nuqtasi Jomolungma tog’i hisoblanadi (8848m). Dunyo okeanining eng past nuqtasi Tinch okeanidagi Maryana cho’kmasi bo’lib, uning chuqurligi 11022 m. quruqlikdagi eng past nuqta O’lik dengizi sathi hisoblanadi, u okean sathidan 405 m. pastda joylashgan. quruqlikning o’rtacha balandligi 875 m. Dunyo okeanining o’rtacha chuqurligi esa 3790 m.
Quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda, Dunyo okeanining katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Hamma qitalar Antarktidadan tashqari juftjuft bo’lib joylashgan. Shimoliy va janubiy Amerika, Evropa-Afrika, OsiyoAvstraliya. Hamma materiklar (Antarktidadan tashqari) janub tomon torayib boradi va uchburchak shakliga ega.
Yer yozasi qarama-qarshi (antipodal) tuzilishga ega. Janubiy qutbdagi quruqlikka shimoliy qutbdagi suvlik to’g’ri keladi, Janubiy yarim shardagi suvlikka shimoliy yarim shardagi quruqlik to’g’ri keladi. Sharqiy yarim sharning katta qismi quruqlikdan, g’arbiy yarim sharning katta qismi esa suvlikdan iborat.
Yerning shakli qanday degan muammo qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Yerning shaklini yassi, yapaloq, tekis, qabariq, doirasimon, sharsimon degan
fikrlar asta–sekin malumotlar yig’ilishi bilan vujudga kelgan.
Yerning shakli sharsimon ekanligini miloddan avval IV asrda Aristotel tomonidan isbotlangan. Mazkur g’oya XVII asrgacha fanda hukm surib keldi.
qadimgi olimlar Yerning sharsimon ekanligini quyidagi dalillar bilan isbotlashgan:
Qirg’oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi (machtasi) so’ng o’rta qismi oxiri pastki qismining ko’rinishi. Yer yassi, tekis bo’lganda kemaning hamma tomoni birdan ko’rinar edi;
Qirg’oqdan uzoqlashayotgan kemani dastlab pastki qismini so’ngra o’rta va yoqori qismini ko’zdan g’oyib bo’lishi;
Tog’larga yaqinlashib kelganda dastlab tog’ tepalari, so’ngra tog’ etaklari ko’rinadi;
Oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to’g’ri doiraning bir qismi shaklida bo’lishi;
Quyosh chiqayotganda dastlab tog’larning tepasini yoritishi. Quyosh botgandan keyin ham malum vaqt davomida tog’ cho’qqilarini yoritilib turishi, Yer yozasi yassi bo’lsa, tog’lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo’lar edi;
Meridyan bo’ylab shimoldan janubga yoki janubdan shimolga qarab yorilganda yolduzlar o’rnining o’zgarishi. Shimoliy yarim sharda biz Katta ayiq yolduzlar turkumini va qutb yolduzini ko’ramiz. Janubga borgan sari bu yolduzlar pasayib boradi. Osmonning janub tomonida boshqa yolduzlar ko’rinadi. Ekvatorga borganda qutb yolduzi ko’rinmay qoladi, Janubiy But yolduzi paydo bo’ladi;
balandga ko’tarilgan sari ufqning kengayib borishi;
Dunyo aylana sayohatlarda bir tomonga qarab ketib ikkinchi tomondan
kelinishi;
tongning sharqdan boshlanib kelishi. Agar Yer yassi, tekis bo’lganda hamma joyda tong barobar otar edi;ochiq joyda masalan, ko’lning qarama-qarshi tomonida joylashgan ko’p qavatli uylarning yer yozasi qabariq bo’lganligi tufayli uning poydevoridan boshlab emas, balki ma’lum baland qismidan yoqorisi ko’rinadi.
XVII asrga qadar olimlar Yerni shar shaklida deb tasavvur qilishgan. Ammo keyinchalik Yerning qutblari siqilgan va ekvator atrofida qavariq yani shar emas, balki Yerning ekvator tekisligidagi radyosi Yer o’qining yarmidan uzunroq bo’lgan ellipsoid yoki sferoid degan fikrlar paydo bo’ldi. Yerning Ellipsoid ekanligini isbot etuvchi asosiy dalillar quyidagilar:
o’rtacha kengliklarda to’g’rilangan mayatnikli soat ekvatorga yoki qutb o’lkalariga keltirilsa, ekvatorda orqada qoladi, qutblarda oldin ketadi. Mayatnikning bir tebranish davri og’irlik kuchining tezlanishiga bog’liq bo’lganidan, mayatnik tebranishining sekinlashishi og’irlik kuchining kamayganini, mayatnik tebranishining tezlashishi esa og’irlik kuchining ortganini ko’rsatadi. qutbdan ekvatorga borgan sari markazdan qochish kuchi orta borishini hisobga olganda, mayatniklarning tebranishida kuzatilgan o’zgarishlarga sabab, ekvatorda Yer yozasining har qanday nuqtasi, qutbdagiga nisbatan Yer markazidan uzoqroqda turadi (yani tortish markazidan);
Meridyanning 10li markaziy burchakka to’g’ri keladigan yoyi ekvatoryal kengliklardagiga nisbatan yoqori geografik kengliklarda uzunroq (ekvatorda 110,6 km., 800 sh.k., 111,7 km.), chunki sferoidda yoyning egriligi ekvator yaqinidagiga qaraganda qutb yaqinidan kichikroq.
Hozirgi paytda Yerning shaklini bir necha varyantlari bor. Chunki Yerni shakli bu qandaydir manoda umumlashgan tushunchadir. Shuning uchun Yerni
shaklini bir necha taxminlari bor: sfera, ellipsoid, uch o’qli ellipsoid, geoid.
Sferoid – Yerning shaklini umumiy va yirik ko’rinishi. Bunda Yer bitta aylanish o’qiga va ekvatoryal simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xildir. Shuning uchun yer shaklini sferoid ko’rinishi Yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Bu nomuvofiqlik geografik qobiqning yozamala tuzilishini o’rganganda mintaqalarning aniq ifodalanishida aks etadi.
Ellipsoid – asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvatoryal simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi oliy geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik andozalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km. Katta yarim o’q – 6378,16 km., kichik yarim o’q – 6356,77 km., ekstsentrisitet – 1/298,25.
Uch o’qli ellipsoid – Yerning ekvatoryal kesimi ham ellips shakliga ega ekanligi aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi bor yo’g’i 200 m. atrofida.
Ekstsentrisitet esa 1/30000. Yerning bu ko’rinishi geografik tadqiqodlarda umuman foydalanilmaydi.
Geoid – Yersimon shakl degan manoni bildiradi. Geoid – Dunyo okeanining o’rtacha sathiga mos keladigan yoza sathi bo’lib, bu yozada og’irlik kuchi bir xil qiymatga ega. Bu yozada jismlarning o’z-o’zidan gorizontal siljishi mumkin emas, yani mazkur yoza gorizontal holatdadir.
Yerning shakli va kattaligi muhim geografik ahamiyatga ega. U quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:
Quyosh nurlari Yerning sharsimon yozasiga turli joylarda turlicha burchak bilan tushadi, mazkur tushish burchaklari qutblarga tomon kamayib boradi.
Yer yozasining isitilish surati ekvatordan qutblar tomon kamayib boradi. Bu esa issiqlik taqsimotida va iqlimlarda aks etadi. Yononlar qadimda yoqori va quyi geografik kengliklarning sharoitini bilmasdanoq faqatgina sharning yoritilish sharoitini asos qilib Yerni iqlimlarga ajratishgan.
Yerning sharsimonligi uning aylanishi bilan birgalikda Quyosh nurlari
tushadigan joylarda zonallikni shaklanishiga sabab bo’ladi;
Yerning shar shaklida ekanligi uning Quyosh nuri bilan yoritilgan va yoritilmagan qismlarga bo’linishiga sabab bo’ladi (kecha va kunduz). Bu esa
Yerning issiqlik meyoriga tasir ko’rsatadi;
geodezik, kartografik va gravimetrik ishlar uchun ellipsoidning aniq
o’lchamlarini bilish zarur;
Yerning kattaligini asosiy geografik ahamiyati shundaki, Yer tortish kuchi tufayli o’z atrofida atmosferani ushlab turadi.
Quyosh tizimida 9 ta sayyora mavjud. Quyosh atrofida aylanadigan va Quyoshdan kelayotgan yorug’likning aks etishi bilan ko’rinadigan sharsimon sovuq osmon jismlari sayyoralar (planetalar) deb ataladi. Katta sayyoralar atrofida aylanadigan kichik sayyoralar yo’ldoshlar deb ataladi. Quyosh tizimidagi sayyoralar va ularning yo’ldoshlari haqidagi malumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Sayyoralar Quyosh atrofida aylanib, harakat qilganida (yo’ldosh esa sayyora atrofida aylanib harakat qilganida) hosil bo’ladigan berk egri chiziq orbita deb ataladi. Sayyoralarning Quyoshga eng yaqin kelgandagi va undan eng uzoqqa ketgandagi masofalar ayirmasining shu masofalar yig’indisiga nisbati ekstsentrisitet deb ataladi (1). Ekstsentrisitet orbita shaklining aylanadan qanchalik farq qilishini ko’rsatuvchi miqdordir. Yer orbitasi tekisligiga to’g’ri keluvchi tekislik Ekliptika deb ataladi. Har qanday jismning sayyora (yoki yolduz)ning tortish kuchini engib, undan butunlay ketib qolishi uchun zarur bo’lgan tezlik qochish tezligi deb ataladi.
Quyosh tizimidagi sayyoralar ikki guruhga bo’linadi:
Yer guruhidagi sayyoralar (Merkuriy, Venera, Yer, Mars);
ulkan sayyoralar (Yopiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton) .
Merkuriy. Quyoshga eng yaqin va eng kichik sayyora. Merkuriyning og’irligi Yernikidan 20 barobar kam. U Quyoshga yaqinligi tufayli Quyosh tomonidan kuchli tortiladi. Merkuriy Quyosh atrofida 88 Yer sutkasi davomida bir marta aylanib chiqadi, ammo o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi. Shu tufayli uning bir tomoni uzoq vaqt Quyosh tomonidan kuchli qizdirilsa, bir tomoni uzoq vaqt mobaynida kuchli soviydi. Shuning uchun yoritilib turgan qismida harorat 4200C, qorongi tomonida esa – 2400C, oqibatda sutkalik xaroratlar farqi juda katta bo’lgani uchun kuchli nurash jarayoni ro’y beradi. Merkuriy massasining va og’irlik kuchining kamligi tufayli uning ichki qismidan chiqayotgan gazlar tezda fazoga uchib ketadi. Merkuriy atmosferasida azot, is gazi, atomar vodorod, argon va neon borligi aniklangan.
Venera. Kattaligi, og’irligi va zichligi jihatidan Yerga yaqin turadi. Venera ham gazlarni ushlab tura oladigan miqdorda og’irlik kuchiga va bosimi 27 atm. bo’lgan zich atmosfera bilan o’ralgan.
Venera atmosferasi asosan is gazidan iborat (93-97%), kislorod juda kam (0,1%), azot esa 2% atrofida. Venera atmosferasining eng yoqori qismlari atomar vodoroddan iborat. Venera atmosferasi -4000S gacha qizib ketadi, chunki u Quyoshga yaqin.
Yer. Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora hisoblanadi. Bu yerda biz
Yerning yo’ldoshi bo’lgan Oyni tavsifini keltiramiz.
Oy. Yerga eng yaqin yirik osmon jismi. Yer atrofida ekliptik orbita bo’ylab aylanadi. Dyametri 3476 km, og’irligi Yer og’irligidan 81,5 marta kam. Oy yozasida harorat kunduzi -1200C, kechasi – 4000C. Oyning markaziga qarab harorat ortib boradi. Oyning ichki tuzilishi quyidagi qismlardan iborat: yadro, mantiya (1000-1100 km), oy po’sti (55-56 km). Oy yadrosi harorati 15000C bo’lgan erigan moddalardan tashkil topgan. Oyning yoshi 4,6 mlrd. yil. Oyda marganets, kremniy, kaltsiy, titan, temir, bazalt, dala shpati mavjud.
Oy mustaqil osmon jismidir. Oyda atmosfera yo’qligi tufayli uning yozasi
Yerdan yaxshi ko’rinadi. Oyning o’rganilish tarixi ikki davrga bo’linadi: tokosmik va kosmik. Tokosmik davrda Oy teleskoplar yordamida o’rganilgan. Galiley birinchi bo’lib Oy yozasida kraterlarlar va dengizlar borligini aniqlagan. Kosmik davr XX asrning 60-yillaridan boshlandi. Bu davrda Oy tabyatini o’rganishning asosiy natijalari quyidagilardan iborat:
Oy yuzasida 1969 yildan boshlab inson tomonidan tadqiqod ishlari olib borila boshlagan. 1969 yili Amerikalik fazogirlar Oyga qo’nib tadqiqod olib borishdi;
Oydagi tog’ jinslari magmatik yo’l bilan hosil bo’lgan. Ularning yoshi 4,6-
3,16 mlrd. yil;
Quyosh tizimi paydo bo’lgandan beri Oy mustaqil osmon jismi sifatida faoliyat ko’rsatib kelayotlanligi aniqlandi;
Oydagi kraterlarning ko’pchiligining kelib chiqishi kosmik omillar bilan bog’liq;
Oy yozasida ikki xil relef shakllari uchraydi: materik oblastlari va dengizlar. Materik qismida tog’lar, tekisliklar tarqalgan. Dengizlar meteoritlarning Oy yozasiga tushishi natijasida hosil bo’lgan botiqlardir.
Mars. Ko’p xususiyatlarga ko’ra Yerga yaqin. Hayot belgilari borligi aniqlangan. O’z o’qi atrofida 24 soat 37 minutda aylanadi. Bunday harakat Mars yozasini sutka davomida isish va sovish vaqtlarini almashinishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Marsning bir yili 687 sutkaga teng. qishda mo’tadil mintaqada qor va qirovning oq dog’lari ko’rinadi. Suv Marsning ichki qobiqlaridan chiqishi mumkin. Ekvatoryal mintaqada harorat kunduzi 1200C, kechasi -1450C-ni tashkil qiladi. qutbiy o’lkalarda qutbiy kun va qutbiy tun kuzatiladi. Hamma joyda ko’p yillik muzloq erlar tarqalgan.
Mars atmosferasi juda siyrak, unda is gazi va azot keng tarqalgan, kislorod miqdori kam (0,3%), suv bug’lari esa 0,05%ni tashkil qiladi. Marsda ham Yerga o’xshab issiqlik mintaqalari mavjud, fasllar almashinib turadi. Marsning 2 ta yo’ldoshi bor, ularning nomi: Fobos va Deymos.
Ulkan sayyoralar Yopiter, Saturn, Uran, Neptun Yer guruhidagi
sayyoralardan keskin farq qiladi. Ular ulkan bo’lishiga qaramasdan zichligi kam, asosan engil elementlardan iborat, 70-80%-ni vodorod tashkil qiladi. Quyoshdan uzoqda joylashganligi uchun Quyoshdan kam issiqlik olishadi. Xatto Yupiterda ham harorat -1000C. Shuning uchun mazkur sayyoralarda hayot yo’q.
Yupiter. Quyosh tizimidagi beshinchi va eng katta sayyora. Uning og’irligi qolgan barcha sayyoralar og’irligini 71%-ni tashkil qiladi. Sayyoraning o’qi orbita tekisligiga deyarli tik joylashgan. Uning yozasi bulut bilan qoplangan. Atmosferasi asosan vodoroddan (85% atrofida) iborat. Bulut qatlamidan pastroqda atmosfera zichroq va issiqroq bo’lib qoladi. Yopiterning 16 ta yo’ldoshi bor, ularning eng yirigi – Ganimed Merkuriy sayyorasidan kattadir. Yo’ldoshlarning to’rttasi sayyora aylanishiga teskari aylanadi.
Saturn. Quyosh tizimidagi oltinchi sayyora, hajmi Yer hajmidan 760 marta katta, 18 ta yo’ldoshi mavjud, ulardan Titan nomli yuldoshi Quyosh tizimidagi eng yirik yo’ldosh hisoblanadi (dyametri 4758 km.). Saturnda uchta halqa mavjud. Halqalarning qalinligi 20-100 km atrofida o’zgaradi.
Uran sayyorasini Yerdan faqat teleskop orqali kuzatish mumkin. O’z o’qi atrofida Quyoshga nisbatan teskari tomonga aylanadi. Uran sayyorasi metan
(84%), vodorod (2%), og’ir metallardan (14%) iborat degan taxmin mavjud.
Quyosh nurlarini juda kam miqdorda oladi, uning yozasida harorat -2100C.
Uranning 17 ta yo’ldoshi bor, ularning orbita tekisliklari Uran orbitasi tekisliklariga deyarli tik.
Neptun. Quyoshdan ancha olisda joylashgan sayyoralardan biri. Quyosh atrofida 165 Yer yilida bir marta aylanib chiqadi. Neptun ammyak (74%) va og’ir metallardan (26%) iborat degan taxmin mavjud. Uning yozasida harorat -2920C.
Uning 8 ta yo’ldoshi bor. Ulardan biri Triton eng yirik yo’ldoshlar toifasiga kiradi, teskari aylanadi.
Pluton. Quyosh tizimidagi eng olisda joylashgan sayyora. Orbitasi boshqa sayyoralar orbitasiga nisbatan chuziqroq. O’z o’qi atrofida 6,4 Yer sutkasida bir marta aylanib chiqadi. Hajmi yerdan kichik. Bitta yo’ldoshi bor. Ko’p olimlarning fikricha Quyosh tizimining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat (Kalesnik, 1966. 10b.):
hamma sayyoralar Quyosh atrofida deyarli doira shaklidagi (ekstsentrisiteti kichik) orbitalar bo’ylab aylanadi;
hamma sayyoralar Quyosh atrofida bir tomonga qarab, yani (ekliptika ustidagi, shimoliy qutb tomondan qaraganda) soat mili harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi;
hamma sayyoralar (Urandan tashqari) va ularning yo’ldoshlaridan juda ko’pchiligi soat mili harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi;
hamma sayyoralarning orbitalari deyarli bir tekislikda yotadi.
Xulosa
Men ushbu kurs ishim davomida Yer paydo bo’lishi haqida ilmiy gipotezalar mavzusi bo’yicha ko’plab malumotlarga ega bo’ldim. Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lganligini bilib oldim. Yerning paydo bo’lishi mlrd yillar ilgari bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lganini va gravitatsion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olganini bilib olim. Yerning paydo bo’lishi haqida gipotezalarni ko’plab olimlar izlanishlar olib borganini ko’rishimiz mumkin. Bular Dekart, Nemis faylasufi I.Kant, Fransuz matematigi va astronomi P.Laplas. I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaqin bo’lganligi uchun Kant-Laplas gipotezasi deb atalagan, yani osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir markazda to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan, Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan g’oyani ishlab chiqqan. Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli XIX asrda aniqlangan.
O.Yo.Shmitd isbotlagan quyidagi malumotlarni o’z gipotezasiga asos qilib olgan O.Yo.Shmitd nazariyasiga binoan, sayyoralar qanday zarralar to’plamidan kelib chiqqan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ham huddi shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish jarayonini kichik jismlar hosil qilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiqqanligini isbotlagan. Mazkur nazariyaning uchta afzalligi bor:
galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki qonuniy va muqarrar hodisadir, chunki qoramtir (o’zidan nur chiqarmaydigan) kosmik modda bulutlari juda ko’p va yolduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi tez-tez bo’lib turadigan hodisadir deb karaydi;
Quyosh tizimidagi hamma jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari,
asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi qandaydir yagona jarayon deb hisoblaydi;
v) Quyosh tizimidagi hamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.
Shundan ko’rishimiz mumkinki yerning paydo bo’lishi haqida ko’plab ilmiy gipotezalar mavjud bolib yerning paydo bo’lish haqida aniq bir malumot yo’q. Hozirgi kunda ko’plab davlatlardagi olimlar yerning paydo bo’lishi haqida izlanishlar olib bormoqda lekin haligacha aniq bir dalil isbot topganlari yo’q.
Dostları ilə paylaş: |