Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S.Arrenius yaratgan. Uning mohiyati
quyidagilardan iborat:
1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi. Bu jarayonni elektrolitik dissotsiasiya deb ataladi.
2. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadli ionlar katodga, manfiy zaryadli ionlar anodga tortiladi. Shu sababli ularni mos ravishda kationlar va anionlar deb ataladi.
3. Dissotsiasiya qaytar jarayondir.
Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o’tkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari kiradi. Eritmasi elektr tokini o’tkazmaydigan moddalarni noelektrolitlar deyiladi.
Noelektrolitlarga kislorod, shakar, spirt, mochevina kabi moddalarning suvdagi eritmalari kiradi.
Arrenius nazariyasining kamchiligi shundaki, u erituvchi va erigan modda
zarrachalarining o’zaro ta’sirlashuvini hisobga olmaydi. Vaholanki, eritmada ionlar erkin holda emas, balki gidratlangan holda bo’ladi.
KA nH2O= K (H2O)x A - (H2O) n-x Masalan, vodorod ioni eritmada gidroksoniy ioni holida bo’lishi aniqlangan.
H H2O= H3O NH3H2O = [NH4]OH Qutbli kovalent bog’lanishli moddalar molekulalaridagi atomlar orasidagi bog’ qutbli
suv molekulalari ta’sirida bo’shashadi va dissotsiasiya ro’y beradi.
HCl (g) nH2O= H(H 2O) Cl(H2O)- n-1 Erituvchining ionlar orasidagi tortishuv kuchini susaytirish xossasiga dielektrik
o’tkazuvchanlik deyiladi. Dielektrik o’tkazuvchanlik shu muhitda zaryadlar orasidagi
tortishuv kuchi vakuumdagiga nisbatan necha marta kuchsiz ekanligini ko’rsatadi.
Kulon qonuniga binoan e 1 va e 2 zaryadlar orasidagi masofa r bo’lsa, ular orasidagi
tortishuv kuchi Q quyidagicha aniqlanadi:
e 1 * e 2 Q = -------- E * r2 E - erituvchining dielektrik o’tkazuvchanligi.
Formuladan ko’rinib turibdiki, ayni erituvchi uchun E qancha katta bo’lsa, tortishuv
kuchi shuncha kichik bo’ladi. Suvning dielektirik doimiyligi eng katta (E = 81 ).
.Dissotsialanish darajasi
Ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish darajasi deyiladi.