Sotsial-iqtisodiy karta - bosh (asosiy) mazmuni sotsial-iqtisodiy ob’ektlarni tasvirlash bo‘lgan karta. Iqtisodiy-geografik karta - bosh mazmuni xalq ho‘jaligini va dunyo xo‘jaligini holatini va rivojlanishini tasvirlash bo‘lgan karta. Atlas - umumiy dastur asosiy yaxlit bo‘linmas asar sifatida bajarilgan geografik kartalarni sistematik to‘plami bilan birlashtirilgan, ko‘p kartalardan tashkil topgan kartografik asar. Geografik atlas- geografik kartalar atlasi. Globus – yuzasida kartografik tasvir bo‘lgan shar. 16 Geografik globus - yer yuzasini tasvirlovchi globus. Kartani dasturi - kartani tipini va belgilangan maqsadini, uni matematik asosini, mazmunini, generalizatsiya prinsiplarini, shartli belgilarini, tavsiya etiladigan kartografik materiallar, ulardan foydalanish va kartani tayyorlash texnologiyasini belgilaydigan hujjat. Atlasning dasturi- atlasni tipini va belgilangan maqsadini, uni matematik asosini, mazmunini, generalizatsiya prinsiplarini, shartli belgilarini, tavsiya etiladigan kartografik materiallar, ulardan foydalanish va atlasni tayyorlash texnologiyasini belgilaydigan hujjat. 17 ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Asamov M.,Mirzaliev T. Topopgrafiya asoslari va kartografiya. Toshkent. «O‘qituvchi», 1988 y. 2. Asamov M.,Mirzaliev T. Topografiya asoslari va kartografiyadan laboratoriya mashgulotlari. Toshkent. «O‘qituvchi», 1990 y. 3. Mirzaliev T. Geografik karta va undan foydalanish. T.: O‘qituvchi 1982 4. T.Mirzaliev va boshqalar. Kartashunoslik. Toshkent “CHo‘lpon”,2012y. 5. E.Safarov, SH.Prenov.Tabiiy kartalarni loyixalash va tuzish. Toshkent “Universitet”,2011y.