Qisqaruvchan tizimlar biofizikasi mushaklarning ulg’trastrukturasi, qisqarishning molekulyar mexanizmlari, mushaklar mexanikasini o’rganadi.
Bioenergetika tirik tizimlarda energiya hosil bo’lishi, transformatsiyasi (bir turdan ikkinchi turga aylanishi) va sarflanish qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limdir. Hujayrada ATF sintezini bog’lovchi membranalar – mitoxondriya, xloro’lastlarning tilakoid va bahzi mikroorganizmlar membranalarida elektrokimyoviy potentsiali hisobiga hosil bo’lishi XX asr biofizikasining erishgan yutuqlaridan biridir.
Radiobiologiya tirik tizimlarga (albatta, organizmlarga ham) ionlashtiruvchi nurlar tahsiri qonuniyatlarini o’rganuvchi biofizikaning bo’limidir. Radioaktiv nurlar avvalo, biologik molekulalarni fazoviy tuzilishiga va oqibatda xossalariga, membranalarga, hujayra va uning organoidlariga tahsir qiladi va tirik tizimlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Fotobiologiya bo’limi esa fotokimyoviy reaktsiyalar va jarayonlar, bunda energiyaning uzatilishi va almashinishi, fotosintez mexanizmini, turli xil to’lqin uzunligidagi nurlarni biologik tizimlarga tahsirini o’rganadi.
Murakkab tizimlar biofizikasibiror organ, organizm, tur, ‘o’ulyatsiyalarda bo’ladigan murakkab jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini va ularga turli xil fizik omillarning tahsirini o’rganadi. Murakkab tizim deganimizda nafaqat organizm, ‘o’ulyatsiya, balki biogeotsenoz yoki biosfera ham tushuniladi. Murakkab tizimlar biofi-zikasi biologiya fani nazariyalarilari bilan ish ko’radi. Masalan, CH.Darvinnig evolyutsion tahlimoti bo’yicha turlarning kelib chiqishida tashqi tahsirlarning (quyosh nuri, bosim, shamol, radioaktiv nurlar) ahamiyati katta. Murakkab tizimlar biofizikasi rivojlanish, yahni filogenez va ontogenez qonuniyatlari bilan birga tashqi omillarning o’rganilayotgan tizimlarga tahsir qilish mexanizmlarini ham o’rganadi. Biofizikaning ushbu bo’limi kibernetikadan, matematik modellashdan keng foydalanadi.