Referat mavzu: ishlab chiqarish samaradorligi va uni ta’minlashning hozirgi zamon muammolari


IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISH YO’LLARI



Yüklə 258,43 Kb.
səhifə5/5
tarix26.10.2023
ölçüsü258,43 Kb.
#161619
növüReferat
1   2   3   4   5
IQTISODIYOT NAZARIYASI

3. IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISH YO’LLARI.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil qilinganligi ma’lum ma’noda ulardagi axborot (informatsion) bazasi va ularning qanday turlaridan foydalanishlariga bog‘liqdir. Albatta har qanday xo‘jalik subyektlarining faoliyatini to‘g‘ri yo'lga qo'yish, ularda samarali boshqaruv tizimini tashkil qilish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda boshqaruv subyektlari, xususan, moliyaviy menejeming axborot ta’minot tizimi yoki zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanishning samarali tashkil qilinganligi muhim va dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa hozirgi kunda mamlakatimiz va jahonda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning yuqori sur’atlar bilan o‘zgarayotganligi va takomillashib borayotganligini inobatgan olgan holda ushbu tizim korxonalar xo'jalik-moliyaviy faoliyatida kundalik zaruriy ehtiyojga aylanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Moliyaviy menejmentning axborot ta’minot tizimi, tahlil uchun, rejalashtirish va korxona xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur ma'lumotlarni aniqlash va to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi.Korxonalarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining natijalari bilan qiziquvchilar va ulardan foydalanuvchilaming toifasi turlicha bo'ladi, chunki buni o‘ziga yarasha ko‘plab sabablarini sanab o‘tish mumkin; masalan, investitsiyalami kiritish maqsadida investorlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni doimiy to‘lanishini o‘rganish maqsadida davlat va uning vakolatli organlari, oladigan foydasining xajmini aniqlash uchun aksiyadorlar va ta’sischilar, korxonalar majburiyatlari bo‘yicha o‘z mablag‘larining yetarliligini o‘rganish maqsadida turli moliyaviy muassasalar va boshqalar.
Umuman olganda, korxonalaming moliyaviy ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin:
— tashqi foydalanuvchilar: kreditorlar, investorlar, soliq organlari, auditorlik tashkilotlari va b.
ichki foydalanuvchilar: boshqaruv kengashi a'zolari, boshqaruvning barcha toifasidagi menejerlar, korxona egalari va b.
Moliyaviy menejmentda axborot ko‘rsatkichlari tizimining shakllanishi har bir korxonalaming tarmoq xususiyatlari, tashkiliyhuquqiy shakllari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi, xo‘jalik faoliyatining diversiflkatsiyalashuv darajasi va boshqashartlariga bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda moliyaviy menejment axborot bazasining ko‘rsatkichlar tizimi alohida guruhlar bo‘yicha turkumlanadi :
1. Davlatning makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Har bir korxona o‘zining istiqboldagi strategik maqsadlarini belgilash va ularni amalga oshirish, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish hamda korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalami bashorat qilishda, bevosita tashqi iqtisodiy-ijtimoiy muhitdagi hoiat va ko‘rsatkichlar asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: - davlat byudjetining daromadlari;
- davlat byudjetining xarajatlari;
- byudjet taqchilligi;
- aholi daromadlarining xajmi;
- banklardagi aholi omonatlari;
- inflyatsiya darajasi;
- Markaziy banknirg qayta moliyalash stavkasi.
2. Tarmoqlarning rivojlanishi ko‘rsatkichlari. Bu guruhdagi axboriy ko‘rsatkichlar tizimidan korxonalarda operativ-moliyaviy faoliyat turlari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalaniladi. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy menejerlarning, korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarini oqilona boshqarishning muhim omillaridan biri, ushbu tarmoqda faoliyat yuritayotgan raqobatchi korxonalar va kontragentlarining moliyaviy ahvolini keng o‘rganish va ularni tahlil qilish hisoblanadi. Moliyaviy menejer tomonidan bu guruhdagi ko‘rsatkichlarni o‘rganish uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan yoki chop etilgan hisobot, reyting ma’lumotlar, axborot xizmatlari bozorida taklif qilingan pullik biznesma’lumotnomalar manba bo‘ladi.
3. Moliya bozorining konyunkturasini xarakterlovchi ko‘Bu guruhdagi axborot ko‘rsatkichlar tizimi korxonalaming uzoq muddatli moliyaviy investitsiya portfelini tuzish, qisqa muddatli kapital qo‘yilmalami amalga oshirish kabi masalalarga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini tashkil etishda, moliyaviy mexanizm tushunchasi uning moliyaviy menejment tizimidagi o‘rni va ahamiyati, moliyaviy menejmentning mexanizmi, ularning o‘zaro o‘xshashlik tomonlari, hamda bulami moliyaviy menejerning faoliyatida tutgan o4rniga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda korxonalar moliyasini boshqarish, moliyaviy mexanizm yordamida amalga oshiriladi.
Moliyaviy mexanizm - bu moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish, moliyaviy resurslarni shakllanishi va foydalanish usullarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyat tomonidan, jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish uchun, qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida foydalaniladi. Moliyaviy mexanizm ham moliya tizimining tuzilishi singari quyidagi ikkita yirik sohaga bo‘linadi:
- xo‘jalik subyektlarining moliya mexanizm— davlat moliyasining mexanizmi.
Korxonalar moliyaviy mexanizmi - bu moliyaviy resurslardan foydalanish usullari hamda korxonalar moliyasini tashkil qilish shakllari hisoblanadi. Korxona, firma, kompaniyalarda moliyaviy resurslardan foydalanish jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda moliyaviy menejer tomonidan ushbu jarayon, turli moliyaviy usullami, vositalami, tamoyillarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy metodlar - bu moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish shakli, uning xo'jalik va ishlab chiqarish jarayoni bilan o ‘zaro bog‘ liqligidir. Korxonalarda u yoki bu moliyaviy vositalami qoilanilishi yordamida xo‘jalik jarayonidagi yuz berayotgan moliyaviy munosabatlarga, moliyaviy resurslaming harakatini boshqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlaming tahliliy natijalaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanishni samaradorligini baholashga ta’sir koTsatish mumkin. Korxonalar moliyasini boshqarishda foydalaniladigan metodlarga quyidagilar kiradi: moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy tahlil, moliyaviy nazorat, investitsiyalash, sug‘urtalash, kredit operatsiyalari, narxlami shakllantirish, soliqlar, hisob-kitoblar tizimi, rag‘batlantirish va boshqalar.
Moliyaviy menejmentda moliyaviy vosita deganda, korxonaning har qanday turdagi shartnomalari tushuniladi, qaysiki buning natijasida bir vaqtning o‘zida, biron bir korxonada moliyaviy aktivlarning ko‘payishi va boshqa korxonada esa moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, qarzdorlik bo‘yicha guvohtik bemvchi, sotuvchi sotish jarayonida o‘zini moliyalashtirishni ta’minlovchi har qanday hujjatdir.
Korinib turibdiki, rivojlangan bozor mexanizmida qarz mablag‘laridan foydalanish yuqori samaraga olib keladi Moliyaviy vositalar yordamida moliya bozoridagi har qanday operatsiyalar amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyatida ularni qo‘llamasdan qo‘shimcha moliyaviy resurslar yoki kapital jalb qilish, moliyaviy investitsiyalami amalga oshirish, kontragentlar yoki boshqa xo'jalik subyektlari bilan o'zaro hisob-kitoblami amalga oshirish mumkin emas. Moliyaviy vositalar birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Birlamchi moliyaviy vositalarga quyidagilar kiradi: joriy operatsiyalar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar, aksiya, obligatsiyalar, va veksellar. Ikkiiamchi moliyaviy vositalarga esa: moliyaviy optsionlar, fyucherslar, forvard shartnomlari, foizli va valyutaviy svoplar kiradi. Har qanday jamiyatda korxonalar xo'jalik faoliyatini oqilona tartibga solish va ular faoliyatini samarali yuritish qonuniy va huquqiy me’yorlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, korxonalar moliyaviy faoliyatini yuritish, ya’ni boshqacha aytganda xo‘jalik subyektlarining tashkil qilinishidan ularning butun faoliyat davrlarini qamrab oluvchi jarayon bosqichi, davlat tomonidan belgilangan aniq bir chora tadbirlar, dasturlar, qonunlar, yo‘riqnomalar va shu kabilar orqali tashkil qilinadi va tartibga solinadi.
Xulosa
1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy iqtisodiy munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o‘rganish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Insoniyat zarur ne’matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko‘ra, bu ne’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – tabiat, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo‘lib, ularning hamjihatlikdagi xarakati bilan ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishi pirovardida boshqa omillarning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
5. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo‘ladi, lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo‘qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o‘tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo‘lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo‘linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo‘linadi.
7. Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun – «keyingi qo‘shilgan omil (qo‘shilgan kapital, qo‘shilgan mehnat) unumdorligining pasayib borish qonuni» ko‘r-ko‘rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
8. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o‘zgarib, takomillashib va kengayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o‘zgartirib borish muhim rol o‘ynaydi.
9. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining asosiy mezoni foyda hisoblanadi. Bunda foydaning foyda miqdorining xarajatlar miqdoriga nisbati olinadi.
Yüklə 258,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin