Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org
Nerv tolasining xossalari.
Nerv tolasi qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xossasiga ega. Muskul-nerv
apparatidagi nervning qanday bo’lmasin bir qismiga elektr bilan ta’sir etib, bunga
ishonish mumkin. Elektr ta’sir etgan hamona muskul qisqaradi. Muskulning
qisqarishiga sabab shuki, elektr bilan ta’sir etish natijasida nervda qo’zg’alish
paydo bo’ladi, bu qo’zg’alish nervdan o’tib, muskulga boradi va uni qisqartiradi.
Nerv tolasi qo’zg’alishni o’tkazishi uchun anatomik jihatdan butun bo’lishi
kerak. Nerv qirqib qo’yilsa, qo’zg’alishni o’tkazolmaydi. Nerv bog’lab, bosib
qo’yilganda yoki boshqa yo’l bilan uzib qo’yilganda undan qo’zg’alish o’tmaydi.
Ammo nerv anatomik jihatdangina emas, fiziologik jihatdan buzilganda ham
undan qo’zg’alish o’tmaydi. Nerv butun bo’lgani bilan funksiyasi buzilganligi
uchun qo’zg’alishni o’tkazmaydi.
Nerv sovutilganda yoki qizitilganda, unga qon kirishi to’xtaganda,
zaharlanganda va shu kabi hollarda undan qo’zg’alish o’tmaydi.
Nervdan qo’zg’alish o’tishi ikkita asosiy qonunga bo’ysinadi.
1. Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Nerv tolasi qo’zg’alishni ikki
tomonlama – markazdan periferiyaga va periferiyadan markazga o’tkaza oladi.
Nerv tolasi markazga intiluvchi yoki markazdan qochuvchi tola bo’lishidan qat’iy
nazar unga ta’sir etilsa, kelib chiqqan qo’zg’alish ta’sirlash joyidan ikki tomonga
tarqalaveradi. Nerv tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877)
birinchi bo’lib kashf etgan.
2. Ajratib o’tkazish qonuni. Periferik nerv ko’pgina ayrim nerv tolalaridan
iborat, bu tolalar hammasi bir nerv dastasidan boradi. Nerv dastasidan xilma-xil
nerv tolalari, ya’ni markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv tolalari
baravar o’tishi mumkin. Ammo, bir nerv tolasidan o’tadigan qo’zg’alish qo’shni
nerv tolalariga o’tmaydi. Qo’zg’alish nerv tolasidan yakka ajralgan holda
o’tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Rassomning
suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga,
jarrohning eng nozik operatsiya qilishiga sabab shuki, har bir tola impulsni
muskulga ajratib o’tkazadi va shunday qilib markaziy asab tizimi muskul
harakatlarini uyg’unlashtira oladi. Qo’zg’alish boshqa tolalarga o’ta olganda edi,
ayrim muskul qisqarishi bo’lmagan, har bir qo’zg’alishda xilma-xil muskullar