1.3- sxema.
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot
ob’ektlarida odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik
guruhlarning psixologik tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar
(uyushqoqliq, o`zaro moslik va hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va
boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari,
turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o`rtasida o`zaro muloqot,
o`zaro bir- biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o`rgatish ham
guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab
chiqarish ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Dostları ilə paylaş: