Referat Mavzu: Oshqozon va O`n ikki barmoqli ichak yarasi — sabablari, alomatlari, asoratlari, tashxislash, davolash Bajardi: Yodgorova Maqsad 442 gurux Tekshirdi



Yüklə 47,32 Kb.
səhifə25/37
tarix29.04.2022
ölçüsü47,32 Kb.
#56709
növüReferat
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Referat Mavzu Oshqozon va O`n ikki barmoqli ichak yarasi — saba

OSHQOZON YARASINI OLDINI OLISH

Kasallik rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

  • Helicobacter pylori bakteriyalari bilan zararlanishdan himoyalanish. Buning uchun shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, shaxsiy jihozlar va idishlarni ishlatish va yaqin jismoniy kontaktlarni cheklash talab etiladi. Ayniqsa, bu qoidalar yaqin atrofda oshqozon yarasi bilan og’rigan odam bo’lsa muhim bo’ladi;

  • O’z sog’lig’ingizni kuzatib borish va oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin bo’lgan kasalliklarni tezda bartaraf etish muhimdir;

  • Yomon odatlardan voz kechish va immunitetning pasayishiga olib keladigan barcha odatlarni tashlash;

  • To’g’ri ovqatlanish muhim profilaktik chora hisoblanadi. Termik ishlov berilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish, tez-tez va kichik qismlarda ovqatlanish, achchiq va qovurilgan taomlarni minimallashtirish kerak;

  • Barcha dori-darmonlarni, ayniqsa, oshqozon yarasining rivojlanishiga hissa qo’shadigan vositalar, shifokor nazorati ostida va dozaga qat’iy rioya qilingan holda qabul qilinishi kerak;

  • O’zingizni stressli vaziyatlarga tushib qolishdan himoya qilishingiz kerak. Agar buning iloji bo’lmasa, shifokor bilan maslahatlashgandan keyin tinchlantiruvchi vositlarni qabul qiling;

  • Minimal jismoniy mashqlarni unutmang. Organizmni ortiqcha yuklamaslik, to’laqonli dam olish va jismoniy tayyorgarlikka mos keladigan mashqlarni bajarish muhimdir;

  • Kunning tartibiga to’liq rioya qilish va kamida 8 soat uyquga ega bo’lish — bu ko’pchilik kasalliklarning, jumladan oshqozon yarasini oldini olish uchun asosdir.

Bundan tashqari, kasallik aniqlanib bo’lgan bo’lsa, ikkinchi darajali profilaktika choralari ham mavjud. Ular kasallikning takrorlanish holatlarini oldini olish va uning asoratlanishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Buning uchun davolovchi shifokor bilan muntazam ravishda uchrashib turish va uning tavsiyalariga amal qilish muhimdir. Kasallikning kuchayishida, ayniqsa bahor va kuzda terapevtik kurslarni o’tash kerak.

Bemor parhezga amal qilish va taqiqlangan ovqatlarni iste’mol qilmasligi muhim ahamiyatga ega. Ochiq havoda uzoq sayr qilish, sanatoriylarda davolanish ham foydali. Shifokorning tavsiyasiga ko’ra, antisekretor dori-darmonlarning davomli kursi belgilanishi mumkin.

Agar oshqozon yarasining uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida hech qanday kuchayishlari kuzatilmasa, kasallikning to’liq remissiyasi haqida gapirish mumkin.

Tuzalib ketish prognoziga kelsak, bu kasallik o’z vaqtida aniqlanganida ijobiy bo’ladi. Shunigndek adekvat terapiya va kerak bo’lganda bemorning jarrohlik aralashuviga roziligi ham muhim o’rin tutadi. Kasallik asoratlarni keltirib chiqarganda prognoz salbiy bo’ladi.




Yüklə 47,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin