Referat mavzu: Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlari Tekshirdi: Xudayberganov Otaxon



Yüklə 41,39 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü41,39 Kb.
#210182
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ic-fayllar.org


Referat mavzu: Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlari

O'ZBЕKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT

AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


REFERAT
Mavzu: Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlari
Tekshirdi: Xudayberganov Otaxon

Bajardi: 223-21 talabasi


Toshtemirov Samandar
TOSHKENT-2023

Reja:
1. Kirish. Protsessorlar haqida umumiy tushuncha


2. Zamonaviy kompyuterlarda protsessorlar
3. Registrlar


Kirish
Kompyuter protsessorining va umuman kompyuterning tuzilishi va qanday ishlashini o‘rganish jarayonida – protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi.
Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi – asosiy, ya’ni tezkor xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi. Kompyuterni va uning protsessorini tashkil etuvchi qurilmalar – shinalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plamlaridan iborat bo‘lgan, adreslar, ma’lumotlar va boshqarish signallarini uzatib berilishini ta’minlaydigan «qurilmalar» tushuniladi.
Ko‘pincha shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plami tushuniladi, aslida esa shina turli xil ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida ma’lumotlarni uzatish jarayonida kerak bo‘ladigan – registrlar, turli xildagi kombinator elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.
Har qanday protsessor – Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4,UltraSPARС III, 8051, …, Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks ettiruvchi muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash hamda ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari – uning ichki xotirasi deb ataladi. Ichki xotira – dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil – 8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri PC (Program Counter) – buyruqlar sanagichi registridir, ushbu registr IP (Instruction Pointer) – buyruqlarni ko‘rsatuvchi registri ham deb ataladi. Bu registr tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi.
Muhim registrlardan yana biri, bu buyruqlar registri (Instruction Register - IR) hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi
Buyruqlar registri (Instruction Register – IR) va buyruq deshifratori, buyruqni qabul qilish va deshifratsiyalash uchun ishlatiladi. Buyruq xotiradan o‘qilganida, uning buyruq kodidan iborat bo‘lgan birinchi bayti buyruqlar registriga kelib tushadi. Keyin esa bu kod deshifratorga uzatiladi. Deshifrator - boshqarish sxemasi va φ1, φ2 sinxrosignallari bilan birgalikda, protsessorning ichki qismlariga tegishli boshqarish signallarini hamda protsessordan tashqariga chiquvchi boshqarish signallarini shakllantiradi. Har qanday kompyuterda dastur buyruqlarini bajarilishini fizik jihatdan ta’minlash, uning shinalari orqali uzatiladigan boshqarish signallari yordamida amalga oshiriladi.
Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi
6-ta boshqarish signallari mavjud.
Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari:
- φ1 va φ2 – taktlovchi impulslar, protsessorga taktlovchi generatordan doimiy ravishda berib turiladigan va uni taktlashni ta’minlaydigan impulslar.
- RESET – protsessorni boshlang‘ich holatga o‘tkazish signali;
- READY – protsessorni xotira yoki tashqi qurilma bilan ma’lumot almashinishga tayyorligini anglatuvchi signal;
- INT – tashqaridan bo‘ladigan uzilishni amalga oshirish uchun ruxsat so‘rash;
- HOLD – tashqi qurilmani xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun, shinani egallash signali.
Protsessordan chiquvchi boshqarish signallari:
- READ – ma’lumotlarni qabul qilishga ruxsat berish signali;
- WRITE – ma’lumotlar shinasiga, axborotni chiqarib qo‘yilganligini anglatuvchi signal;
- SYNC – sinxronlash signali, ya’ni mashina siklini boshlanganligini anglatuvchi signal;
- WAIT – protsessorni kutish holatiga o‘tganligini anglatuvchi signal;
- INTE – uzilishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi signal;
- HLDA – shinani egallanganligini tasdiqlash signali, ya’ni tashqi qurilmaga, ma’lumotlar va adres shinalariga ulanishga ruxsat berish signali.
Yuqorida keltirilgan boshqarish signallari, nafaqat 8-razryadli, balki barcha 16, 32 va 64-razryadli kompyuterlar shinalarining tarkibida ham mavjuddir. Shuning uchun ushbu boshqarish signallarining xillarini va ularning bajaradigan vazifalarini o‘rganib chiqish muhim hisoblanadi.
Protsessorda har bir buyruqning bajarilishi, avvaldan aniq qilib belgilab
qo‘yilgan ketma-ketlikda taktlovchi generatorning φ1 va φ2 signallari yordamida vaqt bo‘yicha sinxronlash bilan amalga oshiriladi. Buyruqning bajarilish vaqti, ya’ni buyruqni xotiradan o‘qish, dekodlash va bajarish vaqtlari – 1‚5 mashina sikllaridan iborat bo‘lishi mumkin. Mashina sikli deganda - xotiradan bir baytli axborotni o‘qish yoki bir baytli buyruqni bajarish uchun ketgan vaqt tushuniladi. Mashina
sikli – 3‚5 mashina taktidan iborat bo‘lishi mumkin. Mashina takti deganda esa, φ1 va φ2 signallarning davri tushuniladi.
Protsessorlarda 10-ta turli xil mashina sikllari mavjud:
1. Buyruq kodini xotiradan olib, protsessorning buyruqlar registriga
yozish.
2. Ma’lumotlarni xotiradan o‘qish.
3. Ma’lumotlarni xotiraga yozish.
4. Stekka ma’lumotlarni yozish.
5. Stekdan ma’lumotlarni o‘qish.
6. Tashqi qurilmadan ma’lumotlarni kiritish.
7. Tashqi qurilmaga ma’lumotlarni yozish.
8. Uzilishni bajarish sikli.
9. Protsessor to‘xtash rejimida turganda uzilishni bajarish.
10. To‘xtash sikli.
Har qanday buyruqni bajarilishida birinchi bo‘lib, buyruq kodini xotiradan protsessorning buyruqlar registriga yozish sikli bajariladi. Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning to‘rtta xili mavjud:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash – buruqning ikkinchi va uchinchi baytlari xotira adresidan iborat bo‘ladi. Bunda adresning kichik bayti buyruqning ikkinchi baytiga, katta bayti esa buyruqning uchinchi baytiga yozilgan bo‘ladi.
2. Murojaat qilinadigan registrni ko‘rsatib adreslash. Buyruqning o‘zida ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning adreslari yozilgan bo‘ladi.
3. Registrlar yordamida bilvosita adreslash. Buyruqda, xotira adresi yoki ma’lumotlar yozilgan bir juft registr ko‘rsatiladi.
4. Bevosita adreslash. Ma’lumot buyruqning o‘ziga yozilgan bo‘ladi. Uzilishlar, shartli yoki shartsiz o‘tish buyruqlari bo‘lmagan taqdirda, protsessor buyruqlarni – xotiraning ketma-ket joylashgan yacheykalaridan o‘qib olish bilan dasturni bajarishni yo‘lga qo‘yadi.

Yüklə 41,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin