Pul -kredit siyosatining yetkazish mexanizmi. Qattik va yumshoq pul -kredit siyosati.
Pul-kredit va fiskal siyosatning o`zaro bog’liqligi.
Pul-kredit siyosatining maksadlari va vositalari.
Pul-kredit siyosati deganda, to`lik bandlik sharoitida yalpi milliy maxsulotni ishlab chikarishga inflyatsiyaning ta`sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maksadida muomaladagi pul mikdorini o`zgartirishga karatilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar kanday davlat mamlakatda iktisodiy barkarorlikni ta`minlash vazifasini xayotga tadbik etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Bu maksadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta`minlab turish zarur bo`ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank kator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi:
1. Xisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochik bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko`rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta`sir o`tkazadi, taklifini o`zgartiradi va shular orkali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.