Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
1-bosqich “2I-2022” guruh talabasi
Ramazonov Bahriddinning tayyorlagan mustaqil ishi.
Qabul qiluvchi: Atabek Isayev
Referat Mavzu ; Soliq tizimi va uning vazifalar
Reja
Kirish
1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish va diversifikatsiya qilish
2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi
3. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik rolini
oshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o’z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o’z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar asosida iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarn egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish masalalari halqilinmoqda.Yuqorida belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida Hukumatimiztomonidan respublikamizda xususiy va kichik biznesni rivojlantirish, elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirishva energiya tejashning samarali tizimini joriy etish, ichki bozorda talabnirag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, importo’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz importhajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishlarni har tomonlama qullab – quvvatlash choralari ishlab chiqilmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri soliqlarning rag’batlantiriuvchanlik rolini oshirishdir.Bugungi kundagi soliq tizimi ishlab chiqarishni rivojlantirishni, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishni rag’batlandiradi.
Makroiqtisodiybarqarorlikka rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jalig
taraqqiyotini rag’batlantiradi.Ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi.
Ammo, soliqlarning rag’batlantiruvchanlik funktsiyasini doimi o’rganib borish zrurati mavjud. Chunki, amaldagi soliq qonunchiligida ayrim berilgan soliq imtiyozlari ko’zlangan natija bermasligi, ayrim sohalarni rivojlantirish zarurligi mavjud.