Реферат mavzu talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati baja (1)
Resurslar bahosi. Tovar ishlab chiqarishda moddiy va mehnat resurslari iste’mol qilinadi. Taklifga ta’sir etuvchi bosh omil aynan ana shu ishlab chiqarish natijalaridir. Tovar ishlab chiqarish uchun moddiy va mehnat resurslari qanchalik kam xarajat qilinib, kam pul sarflansa, demak, tadbirkorlar belgilangan baholardan shuncha ko’p foyda oladilar. Demak, bunday sharoitda bozorda taklif ko’payadi. Resurslardan unumli foydalanishda ilmiy-texnika taraqqiyotining o’rni muhimdir.
Shu boisdan eng arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo’lishini ta’minlaydigan resurslarning yaratilishi taklifning ortishiga olib keladi. Shunday qilib ilmiy- texnika taraqqiyotining o’sishi taklif ko’payishining muhim asosidir.