Referat reja: Asosiy qism. To'lqin o'tkazgichlar(volnovodlar)lar haqida



Yüklə 95,63 Kb.
səhifə4/4
tarix21.12.2023
ölçüsü95,63 Kb.
#188553
növüReferat
1   2   3   4
Referat reja Asosiy qism. To\'lqin o\'tkazgichlar(volnovodlar)lar

Ib




R Uchiq

Ukir




E1(e) E2(k)



+ - + - + -
b)
3-rasm.
Termistorlar temperaturani olisdan turib o‘lchashda, yong‘inga qarshi signal berish qurilmalarida va boshqalarda qo‘llaniladi.
Texnika va amaliyotda fotorezistorlar yoki fotoqarshiliklar keng qo‘llaniladi. Fotorezistorlarning ixcham va yuqori darajada sezgir bo‘lishi kuchsiz yorug‘lik oqimlarini qayd qilish va o‘lchashda ulardan fan va texnikaning turli sohalarida foydalanishga imkon beradi. Fotorezistorlar yordamida sirtlarning sifati aniqlanadi, buyumlarning o‘lchamlari nazorat qilib turiladi va hokozo.
Elektron, ion va yarim o‘tkazgichli asboblarning tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularning fan, sanoat va texnikaning turli yo‘nalishlarida qo‘llanilishi bilan shug‘ullanadigan mustaqil soha elektronika deyiladi. Elektronika asbob-uskunalaridan texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng va samarali foydalanilmoqda. Chunonchi, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirishda asosan yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlar ishlatilmoqda. Elektron hisoblash texnikasining gurillab o‘sishi, avtomatik boshqarish sistemalari (ASU) ning yaratilishi, yarim o‘tkazgichlar texnologiyasi va texnikasining rivojlanishi, plyonkali integral mikrosxemalarning yaratilishi va qo‘llanishi bilan uzviy bog‘langan.
Yarim o‘tkazgichli asboblar elektron va ion asboblarga nisbatan quvvat isrofi kamligi, gabarit o‘lchamlari va massasining kichik (ixcham)ligi, arzonligi, mexanik jihatdan pishiqligi, xizmat davrining kattaligi va ishga tushishining oddiyligi va qulayligi kabi afzalliklari tufayli keyingi yillarda radiotexnika, energetika, avtomatika, telemexanika va hisoblash texnikasining qator sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Diod, tranzistor, rezistor, induktivlik, kondensator kabi jajji asboblarning maxsus texnologiya asosida plyonkaga bosilib, o‘zaro biriktirilishidan hosil bo‘lgan sxemalar mikrosxemalar deyiladi. Bu sxemalarni yaratishda elektron – nur va lazer texnikasidan foydalaniladi. Murakkab elektrotexnik va elektron hisoblash mashinalarida bunday jajji asboblar ming-minglab ishlatiladi. Shu sabali ularning ixcham va pishiq, ishlatishga qulay bo‘lishi juda katta ahamiyatga egadir.
Har biri o‘z vazifasiga (funksiyasiga) ega bo‘lgan mikrosxemalar yig‘indisidan iborat murakkab funksiyali sxema integral sxema deyiladi. Hozirgi paytda integral sxemalar asosida turli-tuman og‘ir va xavfli texnologik vazifalarni to‘la-to‘kis bajaruvchi robotlar yaratilgan va ularni takomillashtirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Yüklə 95,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin