Magistratura bo’limi I 501-22A-guruh magistranti Mamatov Abdurauf Olimjonovichning
Mutaxassislik 70310102-“Iqtisodiyot”(tarmoqlar va sohalar) Iqtisodiy o’sish fanidan
Bajardi:I 501-19-guruh magistranti Qabul qildi:Prof.R.X.Ergashev
Mirjamilova H.N.
Qarshi -2023
Mundarija: Kirish...................................................................................................................... I-Bob KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH VA SOLIQ YUKINI PASAYTIRISH…………………………………………………………………….. 1.1. Soliqlar va majburiy to'lovlarning mohiyati hamda ahamiyati…………. 1.2. Korxonalarda soliqlar va majburiy to'lovlar hisobini tashkil etish zarurati....................................................................................................................... 1. 3. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitoblarining hisobini tashkil qilish………………………………………………………………. II. Xulosa............................................................................................................... III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...............................................................
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim bo ‘lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag‘ni jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir. Soliq tizimi aniq maqsadga yo‘naltirilgan moliyaviy siyosat bo'lishi bilan birgalikda yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta taqsimlaydi va shu tarzda iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishda, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etadi. Soliq tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirilishi orqali ishlab chiqarishni jonlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Bu mamlakatimizning soliq siyosati bilan amalga oshiriladi va tartibga solinadi.