15cacd04258d1086dc97dfd55f15b45c Somoniylar davlati
Ismoil Somoniy
IsmoilSomoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 8933-yildaTaraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan
olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.
Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi awalambor
markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bogʻliq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar oʻz tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastawal ixcham davlat maʼmuriyatini tashkil etdilar. U podsho dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir xarami va qarorgohi hamda saroy aʼyonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari boʻlardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan vazir, mustavfiy, amidul mulk, sohibi shurat kabi oʻnta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor boʻlgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta asrlarnmg oʻziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy
hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta- katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi. Bunday mulkka „iqtoʻ“, unga ega boʻlgan mulkdorlar „muqtoʻ“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilardi. Iqtoʻ tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqtoʻ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqtoʻ mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan- naslga oʻtkazilmagan. Iqtoʻdorlar hadyaga berilgan mulklarga hali toʻla egalik qila olmaganlar. Ular iqtoʻ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum qisminigina yigʻib olish huquqiga ega boʻlganlar, xolos. Butun bir viloyat iqtoʻ qilib berilgan noib — vazirga baʼzan oʻz nomi bilan chaqa pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, 0’z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.