QIZIL TOIFA SUVO'TLARI BO‘LIMI - RHODOPHYCOPHYTA
Ko‘k-yashiltoifa suvo'tlariga o'xshash qiziltoifa suvo'tlarining hujayralarida ham xlorofill va har xil karotinoidlardan tashqari suvda eruvchi qizil fikocritrin va ko'k fikotsianin pigmentlari mavjud. Ularning o'zaro nisbati qizg'ish yoki havorang ko'rinishdagi tallomlarni yuzaga keltiradi. Qizil suvo'tlarining hujayralarida zaxira oziqa modda sifatida bagryankali kraxmal to'planadi. Ular qo'ng'ir suvo'tlari kabi asosan sho'r suvlarda hayot kcchiradi. Bu suvo'tlarning rivojlanish siklida harakatchan stadiyasi bo'lmaydi. Tallomining strukturasi xilma-xil. Eng soddalari bir hujayrali, lekin asosiy qismi har xil ipsimon va plastinkasimon tuzilishga ega. Qizil suvo'tlarining hujayralari nisbatan pishiq qobiq bilan o'ralgan. Sellulozali mikrofibrillar amorf matriks bo'yicha tarqoq holda joylashgan. Hujayra qobig'ining pektin va sellulozali komponentlari shilimshiq bilan aralashib ketadi. Natijada yumshoq yoki tog'aysimon konsistensiyali, ayrim vakillarida esa unga ohaktosh aralashishi natijasida qattiq qobiq yuzaga keladi. Hujayralari bir yoki ko'p yadroli bo'lib, ko'pincha hujayra qobig'iga yaqin joylashgan (peristal), xromatoforlari donachasimon, plastinkasimon yoki markaziy qismida pirenoidli yulduzsimon shaklda bo'ladi. Bagryankali kraxmal pirenoid va xromatofordan ajralgan holda sitoplazmada to'planadi. Qiziltoifa suvo'tlarining jinssiz ko'payishida harakatsiz „yalang'och" hujayralar yuzaga kelib, hosil bo'lgan sporangiylarning butun borlig'idan bitta (monospora) yoki to'rtta (tctraspora) maxsus spora hosil bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |