TUBAN O'SIMLIKLAR
Tirik organizmlarni sislcmatik guruhlarga bo'lishda hujayraning tuzilish strukturasi va ayrim fiziologik, biokimyoviy ko'rsatkichlari hisobga olinmasdan oldin ikkita dunyoga, ya’ni o'simliklar \ a hayvonlar dunyosiga bo'linib o'rganilgan. O'simliklar, o'z navbatida, tuban va yuksak o'simliklarga bo'lingan.Hozirgi paytda nashr etilayotgan bir qator darsliklarda tirik organizmlar hujayraviy tuzilishiga asoslangan holda prokariotlar va eukariotlar dunyolariga ajratiladi. Shulardan prokariotlar dunyosi tarkibiga faqat tuban o'simliklarning ayrim guruhlari (bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'tlari), eukariotlarga esa qolgan barcha hujayrali tirik organizmlar, shu jumladan, tuban o'simliklarga mansub suvo'tlari, shilimshiqlar, zamburug'lar va lishayniklar kiritilgan.Tuban o'simliklar yuksak o'simliklardan ayrim belgilari bilan farq qiladi. Avvalambor, tuban o'simliklarning tanasi vegetativ organlarga bo'linmagan. Shuning uchun ular umumiy nom bilan tallom yoki qattana deb ataladi. Bundan tashqari, tuban o'simliklarning yuksak organizmlarnikiga o'xshash to'qimasi bo'lmaydi yoki to'qimaga o'xshash tuzilmalari bo'lgan taqdirda ham (masalan, ko'pchilik qo'ng'ir, qizil suvo'tlarida) ular kelib chiqishi jihatidan haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki ular yuksak o'simliklarnikiga o'xshash maxsus hosil qiluvchi to'qim aning mahsuloti bo'lm asdan, tarkibidagi deyarli barcha hujayralaming bo'linib ko'payishidan yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular soxta to'qima hisoblanadi. Tuban o'simliklarning yana bir farqi ularda o'tkazuvchi naylar bo'lmasligidir. Ko'payishi jihatidan esa tuban o'simliklar ancha sodda (primitiv) hisoblangan jinssiz ko'payish usulini saqlab qolgan. Jinsiy ko'payish a’zolari o'simliklarning ayrim vakillaridan tashqari (masalan, xara suvo'tlari) hammasida bir hujayrali bo'ladi. Tuban o'simliklar juda keng tarqalgan. Ularni chuchuk suvlarda, issiq buloqlarda, muzliklarda, tuproqda, daraxt po'stloqlarida va boshqa joylarda uchratish mumkin. Tuban o'simliklarning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Suv muhitida hosil bo'ladigan organik moddaning deyarli 80 foizi suvo'tlarning mahsuloti hisoblanib, suv havzalarida yuzaga keladigan oziqa zanjirining boshlang'ich bosqichini tashkil qiladi. Ayrim bakteriyalar va suvo'tlari atmosferadagi azotni o'zlashtirib, tuproqni azotli o'g'it bilan boyitadi. Shuningdek, bakteriya va zamburug'lar gcterotrof organizmlar sifatida organik moddalarni parchalab, tabiatdagi modda almashinuvi jarayonida asosiy bo‘g‘in vazifasini bajaradi. Tuban o'simliklarning odamlar hayotidagi ahamiyati ham katta. Ko'pchilik zamburug' va bakteriyalar qishloq xo'jalik o'simliklari, hayvonlar va odamda parazitlik qilib yashashi natijasida kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga ular dori-darmon, fiziologik faol moddalar olishda va ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi hamda oziqa sifatida ishlatiladi. Bularning hammasi tuban o'simliklarni har tomonlama o'rganishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |