Qoʻqon shahar
27-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
7-"E" sinf oʻquvchisi Zokirov Diyorbekning
Geografiya fanidan yozgan
REFERATI
Chirchiq-Ohangaron okrugi
Reja:
1.Geografik oʻrni
2.Yer yuzasi
3.Geologik tuzulishi
1-Reja:
Geografik oʻrni
Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi respublikamizning shimoliy-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan Gʻarbiy Tyanshan togʻlari oraligʻida joylashgan.
Okrugining shimoli-gʻarbiy qismi Qozogʻiston bilan Oʻzbekiston orasidagi chegara toʻgʻri kelib, Qorjantov bilan Ugom tizmalaridan oʼtadi. Sharqiy chegarasida Qrgʻiziston bilan chegara Talas Olatovi, Piskom va Chotqol togʻlari orqali oʼtadi. Qurama tizmasi okrugi Fargʻona vodiysidan ajratib turadi. Janubi-gʻarbiy chegarasi Sirdaryo bolib oʼtadi.
Tabiiy geografik okrugi Gʻarbiy Tyanshan togʻlarining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cholini oʻz ichiga oladi.
2-Reja:
Yer yuzasi.
Bu tabiiy geografik okrugining yer yuzasi ancha murakkab boʻlib, shimoli sharqdan janubi gʻarbga, Sirdaryoga tomon asta-sekin pasayib boradi.
Chirchiq-Ohangaron vodiysidagi togʻlar paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan tarkib topgan. Togʻlarda granit, paleozoy ohaktoshlari, qumtosh va slaneslar,to eralari va daryo vodiylarida poleagon, neagon va antropogen davrlarining shakl,qum va gil qatlamlari keng tarqalgan.
Okrug yer yuzasining tarkib topishi paleozoy erasidan boshlangan.Togʻlari dastlab kaledon,keyi gerison burmalanishida koʻtarilga,soʻngra tashqi kuchlar taʼsirida yemirilgan.Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarini mezozoy erasida dengiz qoplagan.
3-Reja:
Geologik tuzilishi
Chirchiq-Ohangaron okrugining hozirgi relyefi vujudga kelishida antrapogen davrida sodir boʻlgan jarayonlar, xususan, neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta.Zilzilalar natijasida daryo qayrlarining oʻzgarib turishi buning yorqin ifodasidir.
Chirchiq-Ohangaron okrugidagi togʻlar Gʻarbiy Tyanshanning bir qismi hisoblanadi.Ular Talas Olatovidan janubi gʻarbga qarab panjasimon yoʻnalishga ega boʻlib, bir-biridan daryo vodiylari orqali ajrab turadi.Ularning eng muhimlari Qorjantov,Ugom, Piskom, Koʻksuv, Chamalash,Chatqol tizmalari hisoblanadi.
Chirchiq-Ohangaron okrugining eng gʻarbida Ugom tizmasi joylashib,Talas Olatovidan Manas choʻqqisi ( 4484 m) yaqinidan janubi gʻarbga qarab davom etadi.Uning eng baland Sayram choʻqqisi
4236m.Ugom tizmasining janubi gʻarbida Qorjantov joylashgan.Uning mingbolaq choʻqqisini balandligi 2834 m.Ugom va Qorjantovlarning shimoli-gʻarbiy yonbagʻrlari yotiq va keng, janubi-sharqiy yonbagʻrlari tik va qisqa.
Ugom tizmasining sharqida Inha parallel holda Piskom tizmasi joylashgan.Uning eng baland choʻqqisi — Beshtor 4299 m.Piskom togʻining janubi sharqida, Chatqol daryosi bilan Koʻksuv daryosi orasida Koʻksuv toifa joylashgan.
Piskom togʻining janubi sharqida Chatqol tizmasi joylashgan. Chatqoltizmasidan janubi gʻarbga qarab Kichik Chimyon va Katta Chimyon ( 3309 m ) togʻlari, janubi gʻarbga qarab esa Qurama togʻi ajralib chiqqan.Uning eng baland Boboiob choʻqqisi 3769 metrga yetadi.Qurama togʻining qamchiq dovoni ( 2267 m) Dan Fargʻona vodiysiga tunel orqali avtomobil va temiryoʻllari oʻtkazilgan.
Test:
1)Chichiq-Ohangaron okrugi qaysi okruglar bilan chegaradosh?
A) Farina,Mirzachoʻl.
B)Qizilqum, Surxandaryo
C)Oʻrta Zarafshon,Quyi Zarafshon
D)Orol, Ustyurt
2)Manas choʻqqisining balandligi qancha?
A) 4484m. C) 4299m
B)4483m. D)4485m
3) Chirchiq-Ohangaron okrugida qanday foydali qazilmalar bor?
A)Oltin mis va b. C)Tosh koʻmir va olmos
B)Kumish va qoʻngʻirkoʻmir. D)Alyuminiy va qoʻrgʻoshin
Dostları ilə paylaş: |