Referati. Qabul qiluvchi: Sheraliyev. A



Yüklə 419,52 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü419,52 Kb.
#111997
növüReferat
Moliya 1-mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tadbirkorlik va Boshqaruv” FAKULTETI
Biznesni boshqarish
1 -BOSQICH 4BB 22 -GURUH TALABASI USMONOV AZIZBEK ning
Moliya bozori fond birjasi fanidan
“Moliya bozorining umumiy asoslari.” mavzusida tayyorlagan
REFERATI


.

Qabul qiluvchi: Sheraliyev. A



Reja:
1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o'rni
2. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli
3. MoIiya bozori tasnifi va tavsifi

1.1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi abamiyati va o'mi


Bozor - bu iqtisodiyotda shaxslaming maqsadli nafsiy xohishistaklari i1a manfaatlari sari yetaklovchi (chorlovchi) imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli (ijobiy yoki salbiy) samara darajasida obyektiv sodir bo'luvchi bozor tovarlari bo'yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti bo'lib, unda taraflaming manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan obyektiv narxlarda qondiriladi. Insoniyatning yer yuzida paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlansa, bozor odamlar o'rtasidagi boyliklami natural tovar sifatida maqsadli va o'zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga keIrn, bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo'luvchi dinarnik muhitga aylangan bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini obyektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi, unda tovarlar hajmi va ulaming bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o'zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi. Bozorning bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan bozor tizimining vazifasi - iqtisodiyotda tovarlar muomalasiga xizmat ko'rsatish. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya'ni bozor munosabatlari qoidalari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor munosabatlari esa sotuvchi bilan xaridor o'rtasidagi iqtisodiy aloqalami anglatadi. Bozor iqtisodiyoti quyidagi omillarga bog'liq:
• iqtisodiy faoliyat erkinligiga;
• mulkchilikning xilma-xilligiga;
• narxlarning erkinligiga;
raqobat kurashiga;
• shaxsiy-huquq va erkinlildarning qaror topishiga;
•daromadning cheklaomaganligiga;
• antimonopol iqtisodiyotning mavjudligiga erishishda o'z ifodasini topadi.
Moliya bozori va ularga faoliyat ko'rsatadigan muassasalari mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi.
Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarurat bo'igan ko'pgina muhim vazifalarni bajaradi:
1. Jamg'arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog'ozlar -depozit sertifikatlar, obligatsiyalar shaklidagi pul jamg'armalarining xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va uy xo'jaliklarining «vaqtinchalik harakatsiz pullari)~ning xarid qobiliyatini saqlash va ko'paytirish majburiyatini oladi.
2. Kreditlash vazifasi. Bu - moliya tizimining faol vazifasidir.
U birinchi vazifa bilan chambarchas bog'lanib ketgan, chunki moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish salohiyatini mamlakat iqtisodiyotida jamg'arilayotgan moliya mabIag'lari hajmiga bevosita bog'liqdir.
3.To 'Iovlarga xizmat ko 'rsatish vazifasi. Har qanday iqtisodiyotda tovar, fllo1iya operatsiyalari bilan bog'liq bo'igan to'lovlar doimo va katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (koTXonalar) o'z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi, xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to'laydi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami to'laydi va h.k. Bu hisob-kitoblaming barcha turli-tuman vositalari, jumladan, to'iov topshiriqnomalari, talabnomalar, akkreditivlar, chekiar, vekseHar, kredit kartochkalari va h.k. yordamida bajariladi.
4. Iqlisodiy siyosal vazifasi. Markaziy bank va hukumat moliya tizimini pul-kredit va tiskal dastaklariga ta'sir ko'rsatib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo'nalishida o'tkazadi.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo asosiy va alohida qismidir. Lekin moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta'minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman, iqtisodiyotning obyektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
Moliya bozori o'z ichiga quyidagi segmentlarni (xususiy bozorlarni) oladi:
• pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitaUari) bozori;
• qimmatli qog'ozlar (fond, kapitallar) bozori;
•valuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metaUar, kamyob elementlar, san'a! asarlari va h.k.) bozori;
• sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instrumentlari.
Moliya bozori iqtisodiyotda quyidagilar mavjud bo'igandagina samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin:
• effektiv (samarali) mulkchilik tizimjl;
• investitsiya uchun mo'ljallangan yetarlijamg'armalar (moliyaviy resurslar, mablag'lar) va iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan moliyaviy instrumentlar;
• talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
• moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
• bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukrn surishi;
• moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, xavhatarlami bashoratliligi.
Moliya bozorida moliyaviy resurslar jamg'armachilardan iste'molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qiladi. Bunda jamg'armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
1.2. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta'minlanishi. bilan bog'liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
• iqtisodiyotning real sektoriga .investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
• kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimianishi;
• davlat budjetiga xizmat ko'rsatishi, uning kamomadi (defitsiti)ni qoplash uchun pul mablag'larini samaralijalb qilinishi;
• iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
• inflatsiya sur'atlari va valuta kurslari o'zgarishiga operativ ta'sir ko'rsatilishi;
• davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
• mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
• jahon globallashuvijarayonlariga miIliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funksiyasi asosida uning o'rni va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko'rish muhim aharniyatga ega.
Ma'lumki, mamlakatda tayyor mahsulotlar (xizmatlar)ning umumiy taklifi (Y) xarajatlar komponentlari orqali topilishi mumkin, ya'ni
Y=C+I+X-M+TR.
Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz:
C+I=A (absorbsiya), Y-C=S (milliy jamg'armalar),
X-M+TR=CAB (marnlakatningjoriy to'lov balansining hisobi.
Natijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Y-A=S-I va S-I= CAB.
Xalqaro mavqega ega bo'igan zamonaviy moliya bozori o'zining asosiy roli doirasida (ya'ni, iqtisodiyotning holati .. barometri .. ) jahon globallashuvi sharoitida iqtisodiyotda bir-biri bilan bog'liq quyidagi rollarni o'ynaydi:
1.Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish katalizatori .. sifatida ilmiy-texnikaviy progress va innovatsiyalami rag'batlantiradi;
2. «Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi stixiyali jarayonlami rcgulatori». Bunday jarayonlar ma'ium indikator (ko'rsatkich)lar yordamida baholanib, ulaming kritik (chegaraviy) qiymatlarini bilgan holda ma'ium regulativ vositalar yordamida tartiblashtiriladi;
3. «Aktivlar sekyurizatori .. sifatida samarasiz real aktivlarni qimmatIi qog'ozlarga transformatsiyalab, ularga yangi hayot bag'ishlaydi va faol investitsion jarayonga qayta kiritadi;
4. «Ekvivalent ko'zgu. sifatida barcha bozor qatnashchilarining faoliyat natijalari sifatini bevosita va bilvosita aks ettiradi hamda kelajakdagi strategiyalarini maqsadli qurishga ko'maklashadi;
5. «Moliyaviy globallashtiruvchi,. sifatida yuqorida keltirilgan rollar asosida milliy iqtisodiyotIar birlashuvini ta'minlaydi, bozor qatnashchilarining xalqarp darajada faoliyat chegaralarini va ta'sirini kengaytiradi, davlatning regulativ rolini kamaytiradi (xalqaro regulativ tashkilotlar evaziga), resurslar 1.3. MoIiya bozori tasnifi va tavsifi
Zamonaviy moliya bozori ko'p qirraliligi bilan iqtisodiyotda alohida o'ringa ega. Qirralarini idrok etish uchun uni tasniflash katta ahamiyatga ega. Chunki tasniflash u haqdagi tushunchalami o'zaro bog'liqJigini, uning xossalari va xususiyatlarini, uni tashkiliy asoslarini, undagi jarayonlar va qonuniyatlami iqtisodiyot bilan bog'liqligini chuqurroq ochib berishga va tushunishga xizmat qiladi.
Moliya bozorini quyidagi belgilar asosida tasniflash va tavsiflash mumk:in.
1. Tarkibi bo 'yicha:
• QMAB - qisqa muddatli (I yilgacha) monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar (qimmatli qog'ozlardan tashqari) bozori;
• UMAB - o'rta (1-5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq, odatda, 30 yilgacha) muddatli monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar bozori;
• QMQB - QMABga mos qisqa muddatli qimmatli qog'ozlaming biJjadan tashqari bozori;
• UMQB - UMABga mos o'rta va uzoq muddatli qimmatli qog'ozlaming biIjadan tashqari bozori;
• BB - qimrnatli qog'ozlaming biJja bozori. Ta'kidlash joizki, rnoliya bozorining QMAB va UMAB
qismlarida moliya institutlariga oid pul, valuta, kredit vositalari va sug'urta instrurnentlar rnuomalada bo'ladi.
2. Segment/ari bo 'yicha:
• pul-kredit (bank va boshqa kredit, lizing tashkilotiari kapitallari) bozori;
• qimmatli qog'ozlar (fond, kapitallar) bozori;
• valuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimrnatbaho metallar, kamyob elementlar, san'at asarlari va h.k.) bozori;
• sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instrumentlari.
3. Muddatliligi bo 'yicha:
• qisqa muddatli operatsiyalar bozori (1 yilgacha);
• o'rta muddatli operatsiyalar (I yildan 5 yilgacha);
• uzoq muddatli nuddatli operatsiyalar (5 yildan ortiq, odatda to 30 yilgacha).
4. Moliyaviy instrument/aming emitentlari bo'yicha:
• davlatning (Markaziy bank, Moliya vazirligi, g'azna kabilar) moliyaviy instrurnentlari bozori;
• mahaliy hokimiyat organlarining (munitsipalitet, meriya, hokimiyat) moliyaviy instrumentlari; •
• korporativ moliyaviy instrumentlar (kompaniyalar, firmalamiki) ;
• moliya institutlarining (banklar, sug'urta va kredit tashkilotlari, investitsiya institutlari, fondlar) moliyaviy instrumentlari; .
• lotereya o'yinlari instrumentlari (bular moliyaviy instrumentlar bo'lib, qimmatli qog'ozlar hisoblanmaydi).
5. Tartib/ashtirish (muvofiq/ashtirish va nazorat qilish) usuli bo'yicha:
• tartiblashgan bozor; •
• tartiblashmagan (yoki «ko'cha.)"bozor.
Ta'kidlash joizki, ularning har birida ham barcha operatsiyalar qonuniy tarzda reglamentlashtirilgan va me'yorlashtirilgan bo'ladi.
6. Qatnashchilaming manfaatdarini ta'minlanganligi xarakteri bo'yicha:
• emitentlaming manfaatlariga yo'naltirilgan bozor;
• investorlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor;
• professional institutlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor.
7. Moliyaviy instrumentlarni yetkazish xarakteri bo 'yicha:
• spot (kassaviy) bozori, unda xaridor va sotuvchi o'rtasidagi o'zaro hisob-kitob 1-3 kun ichida to'g'ridan to'g'ri (ya'ni, «to'lov asosida yetkazish. tamoyiIi asosida) amalga oshiriladi;
• muddatli bozor, unda hisob-kitob operatsiyasi shartnomada (odatda, derivativlarning parametrlari bo'yicha) belgilangan muddatda bajariladi.
8. Masshtabi bo 'yicha:
• miIIiy bozor (mamlakat ichida faoliyat ko'rsativchi);
• regional (hududiy, territorial) bozor (masalan, yevrobozor, YevrAzES bozori);
• moliyaviy globallashgan jahon (xalqaro) bozori.
9. Tovar xususiyati bo 'yicha:
• pul va pul asosli instrumentIar (valutalar, SDR, ssuda, kredit, bank kartochkalari, lotereyalar va h.k.) bozori;
• sug'urta instrumentlari (poJislar) bozori;
• bazaviy qimmatli qog'ozlar (aksiya va obligatsiyalar, sertifikatlar va h.k.), ya'ni ulush va qarz munosabatlariga asoslangan qog'ozlar bozori;
• qimmatli qog'ozlaming hosilalari (derivativlar: opsion, fyuchers, svop, forvard, depozitar tilxatlar, depozitar aksiyalar) bozori.
10. Infratuzilma bo 'yicha:
funksional tuzilmasi, bozorni (segmentlari, turlarini) o'z funksiyalarini bajarishi;
• institutsional (operatsion) tuzilmasi, bozor qatnashchilarining faoliyat turlarini amalga oshirishi.
11. Moliya bozorining eng katta segment; bo'igan qimmatli qog 'ozlar bozoridir.
Ta'kidlashjoizki, ushbu tasnifshartlidir, nihoyasiga yetmagan, chunki moliya bozorining uzluksiz rivojlanishi munosabati bilan bu tasnif to'idiriladi va takomillashtiriladi.
Yüklə 419,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin