Uxlatuvchi moddalar va trankvilizatorlar bilan zaxarlanish.
Engil zaxarlanganda: narkotik mast bo’lish, voqealarni adashtirish, eshittmaslik, chuqur uyqu, bemor bilan gaplashish mumkin, ko’z qorachig’ini o’zgarishi, chiroqqa javob reaksiyasi bor, ptoz, nistagm, mushaklar gipotoniyasi kuzatiladi.
Og’ir zaxarlanganda: aferleksiya, chuqur koma, og’riqqa befarq, nafas olishni buzilishi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, termoregulyatsiyani buzilishi( giper- yoki gipotermiya) kuzatiladi.
Yordam.Oshqozonni zond orqali yuvish, xushdan ketmagan bo’lsa ko’ngil aynituvchi vositalar qo’llash kerak.
Alkagol mahsulotlari bilan zaxarlanish tarkibida turli xil moddalar bo’lgan , ztanol yoki metanol asosida tayyorlangan etil spirtini iste'mol qilish oqibatida vujudga keladi.
Metanol bilan zaxarlanganda – ko’ngil aynishi, qusish, qorin og’rishi, bosh og’rigi, bosh aylanishi, diplopiya, ko’rmaslik, teri va shilliq qavatlar quruq, mushaklarda og’rik, til kulrang, ko’z qorachig’i kengaygan va chiroqqa ta'sir reaktsiyasi yo’q, mushaklar gipertonusi kuzatiladi.
Ztilenglikol bilan zaxarlanish. Qorinda belda og’riq, kuchli chanqoq, bosh og’rig’i, qusish, diareya, psixik bezovtalik, ko’z qorachig’ini kengayishi, tana xaroratini ko’tarilishi, bo’g’ilish, taxikardiya kuzatiladi.
Yordam ko’rsatish. Zond orqali oshqozonni yuvish.
Metanol qabul qilganda ko’zning xiralashuvida atropin yoki gidrokartizon yuborish kerak. etilenglikol ko’zga tushsa suvda yuvish lozim.
Zond orqali oshqozonni yuvish
Dostları ilə paylaş: |