Referati toshkent-2022


O`qitishni tashkil qilish



Yüklə 128,33 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2022
ölçüsü128,33 Kb.
#73783
növüReferat
1   2
Mavlonova Umida.o\'qitish shakllari

O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a) o`quvchilarni tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o`quvchini shakllantirish;
b) faoliyatning har xil turlarini: o`quv, mehnat, muloqotni egallash;
v) o`z-o`zini nazorat qilish hamda baholash reytingini aniqlashga o`rgatish;
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1) dogmatik usul.
2) evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.
1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.

Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz. Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m). Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.


Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.
MASSA (vazn, og‘irlik ).
Bu bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov birligi - «kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin. Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin. Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularning birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo‘lsa ham, ularning o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog‘liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada «og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri og‘iriroq ekanini so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi predmetlar massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini tushuntiradi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O‘quvchilarning diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning holatiga, so‘ngra esa, pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi holatga qaratiladi.
O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan. O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar.
Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.
Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi.

Hajm va uning o‘lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muammoli holatlardan foydalanish mumkin.


1. O‘qituvchi stolida suv to‘latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir xil to‘latigan bo‘lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‘g‘on va ikki xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor. O‘qituvchi 1 sonli stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o‘lchashni topshiradi. O‘quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi.
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‘lchanadi. Bu holatda katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya’ni xulosa qilinadi.

Endi o‘qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi suvni birinchi stakan bilan o‘lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish o‘quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o‘lchash va taqqoslash uchun bitta o‘lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar bilan o‘lchashni misol keltirib, hajmni o‘lchash uchun litrdan o‘lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi.



2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‘lib, ikkinchisidagi suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‘qituvchi savol beradi: «Bu idishlarning qaysi birida suv ko‘proq?». Javoblar turlicha bo‘ladi. Qaysi idishda suv ko‘proq ekanligini hal etish kerak. O‘quvchilarning o‘zlari idishlardagi suvni o‘lchash uchun uchinchi idishdan foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‘lchash jarayonida har ikkala idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga kelishlari ham mumkin. O‘qituvchi o‘lchovlar yakuni bo‘yicha qo‘yidagicha xulosaga keladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‘lishi mumkin va ularni yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‘lchov yo‘li bilan aniq natijaga erishish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‘lchov birligi kiritilganidan so‘ng turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchisida 3 l suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‘lishi uchun nima qilishi kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala idishda 4 litrdan suv bo‘ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‘kib tashlansa, har ikkala idishdagi suvning hajmi teng bo‘ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. Ikkinchisida esa 2 l. ko‘proq. Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga nisbatan 1 l suv ko‘proq bo‘ladi?».

Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish davomida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi idishga 1 l suv qo‘shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l suv yana quyishni taklif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda bajarilib ko‘rilishi kerak, ya’ni, hajmni o‘lchash bo‘yicha mashqlarga aylanishi kerak. Yuqorida keltirilgan vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi suvni stakan bilan o‘lchashga nisbatan ko‘proq qiziqish uyg‘otish mumkin.


Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
Yüklə 128,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin