Registrlar va ularning turlari, vazifalari



Yüklə 28,79 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü28,79 Kb.
#183121
  1   2   3   4
Компютерни ташкил этиш фанидан мустакил иш


REGISTRLAR VA ULARNING TURLARI, VAZIFALARI, 

TASNIFI. 

Reja:
1. Registrlar va ularning turlari 
2. Registrlar turlari va tasnifi 
3. Mikroprotsessorning sistemali registrlari 

 Registrlar va ularning turlari
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish 
va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. 
Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy)
degan ma’noni anglatadi. 
Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar 
ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar 
to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga 
teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos 
razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular 
quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish; 
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha; 
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga 
bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi 
impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar 
konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: 
* xotira (siljitmaydigan) registr; 
* siljituvchi registr. 
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni 
kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. 
Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va 
mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.
Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta 
razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi 
mumkin.
* Parallel kodlarda; 
* Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining
kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi 
ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. 
Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma 
trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi 
shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib 
boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son 
(kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib 
bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali
parallel kodli shinaga uzatiladi.
Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. 
“Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad 
siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr 
yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni 
chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi 
element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. 
Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi 
paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.
Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta 
turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik 
qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari 
bog‘lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi 
sifatida qo‘llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un 
holidan ikkinchi turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, 
ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga 
muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli kirish rejimi qo‘llanildi. Buning 
uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib 
turishi mumkin. Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va 
jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. 
Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi.
Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish signalining
o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq 
momentida sinxron signal berilgandagina o‘zgaradi.



Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin