Reglan yengli kiyimlar XIX asrning oxiriga kelib yevropa kiyimlarida ko‘rina boshladi. Angliyaning generali Lord Reglan o‘z armiyasi askarlarining kiyimlarida shu yengni qo‘llagani uchun yeng uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Avval erkaklar kiyimida ko‘p uchraydigan yeng keyinchalik ayollar kiyimiga ham tez kirib keldi.

Reglan bichimning o‘ziga xos jihati shuki uning yeng o‘mizi va yeng boshining ko‘rinishi (shakli) boshqa kiyimlarnikiga o‘xshamaydi: yeng boshi va yeng o‘mizining yuqori uchining oldi va orqasi yoqa o‘miziga taqalgan bo‘ladi. Reglan bichimning hamma variantlarida o‘miz chizig‘ining shakli o‘zgarib turadi.
. Tipik reglan – yeng o‘mizi old va orqa yoqa o‘mizining eng yuqorigi nuqtasidan 15–4 sm pastroq boshlanadi. Reglan chizig‘i o‘miz boshlangan nuqtasidan qo‘ltiq chuqurligi burchaklarigacha ravon egri chiziq tarzida davom etadi (15-rasm a).

2. Nol reglan – oldi va ort yeng o‘mizlari yoqa o‘mizining eng baland Bn4 Bn6 nuqtalaridan boshlanadi (15-rasm b).
3. Pogon reglan – odatdagi reglandan farqi shuki yeng o‘mizi chizig‘i yelka chizig‘idan 4–8 sm masofada unga nisbatan parallel yo‘nalgan bo‘ladi va qo‘lning gavdaga tutashgan (yelka) bo‘g‘inida ravon (oval) egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi va qo‘ltiq chuqurligi burchaklariga borib taqaladi (15-rasm v).
4. Yarim reglan – yeng o‘mizi chizig‘i yelka chizig‘ining qoq o‘rtasida to‘xtaydi (15-rasm g). Reglan bichimli kiyimlarning chizmalarini tayyorlashda yengni o‘tkazib tikiladigan kiyim detallarining chizmalariga asoslanadi.