Keyingi vaqtda import masalasida ham muammo o‘tkirlashayapti. Ya’ni u ichki bozorda tobora ko‘proq yangi-yangi o‘rinlarni egallab olayapti. AQSH bozorlarida sotilayotgan poyafzallarning 68 %, kiyim kechakning 53 %, po‘latning 23 %, neft va neft mahsulotlarining 50 % xorijlik yetkazib beruvchilar hisasiga to‘g‘ri kelayapti.
Savdo balansidagi passiv saldoni mamlakatning xalqaro raqobatdagi o‘rni pasayapti, deb tushunmaslik kerak. AQSH haqli ravishda jahon iqtisodiyotining lokomotivi rolini bajarayapti.
AQSH ga jahon zayom mablag‘larining yarmiga yaqini to‘g‘ri keladi. Xorijda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika investitsiyalari jamg‘armalari jahonning 1/4 qismini hosil qiladi.
AQSH ga jahon zayom mablag‘larining yarmiga yaqini to‘g‘ri keladi. Xorijda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika investitsiyalari jamg‘armalari jahonning 1/4 qismini hosil qiladi.
AQSH ga keltirilayotgan kapital hajmi yiliga 193 mlrd. dollardan oshadi. Bu iqtisodiyotni yuksak darajada baynalminallashgan va mamlakatni iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotganligining muhim omillari ekanligidan guvohlik beradi.
AQSH uchun integratsion jarayonlarda faol ishtirok etish harakterli. Boshqa davlatlar bilan AQSH iqtisodiy aloqalari juda keng va xilma-xil. Amerika-Yevropa aloqallarini mustahkamlashda YEI mamlakatlari muhim rol o‘ynaydi. Bu birgalikdagi xo‘jalik harakatlari juda faol bo‘lsada, YEI mamlakatlari Amerika bozori Kanada yoki Yaponiyaga nisbatan amalda kam darajada bog‘liq. YEI tovar bozori AQSH iqtisodiyoti uchun aksincha Yaponiya va Kanada bozoriga qaraganda muhim rol o‘ynaydi. Importi umumiy hajmining 26 % dan oshmaydi.