Режа : Kapital bozori Ssuda bozori



Yüklə 52 Kb.
səhifə2/3
tarix21.05.2023
ölçüsü52 Kb.
#118849
1   2   3
инвестиция миш

SSUDA BOZORI.
Iqtisodiy nazariyada ssuda kapitali deganda foiz to`lash sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladigan yalpi pul mablag`lari tushuniladi. Ssuda kapitalining mohiyatini to`la tushunish uchun avvalo uning aylanma va savdo kapitallaridan farqini, harakterli xususiyatini aniqlash kerak. Ssuda kapita-li kapital bozorida muhim o`rin tutib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini qondiradi. Ssuda kapitalining o`ziga xos xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo`lgan harakatida va aksincha jarayonda ko`proq ko`rinadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Ssuda kapitali kapital sifatida – bu mulk uning egasi qarz oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha foydalanish uchun beradi. Bu holda kapitalga bo`lgan egalik kapital harakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning hajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir-oqibatda o`z egasi – kreditorga qaytib to`lanishi lozim.

  2. Ssuda kapitalining o`ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag`lari qarzdor korxonaga ―sotiladi. Korxonalar bu

kapital hisobidan ishlab chiqarish vositalari va ish kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste‘mol qiymati – qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida qarzdor oladigan foyda hisoblanadi. Ssuda kapitalining iste‘mol qiymati oddiy tovarning iste‘mol qiymatidan farq qiladi. Ssuda kapitali bo`yicha olingan foydaning bir qismi ssuda foizini to`lash uchun ishlatiladi.

  1. Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi munosabatning uzoq davom qilishidir. Ssuda kapitalining kreditordan qarz oluvchiga o`tish jarayoni davrlar bo`yicha tarqatilgan to`lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy savdo sotiq jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zahotiyoq to`lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to`lovlar, odatda, ma‘lum vaqt o`tgandan keyin to`lanadi.

  2. Ssuda kapitali harakatining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali harakati sanoat va savdo kapitali harakatidan farq qilib, ―sotuvchi (kreditor) va ―haridor (qarz oluvchi) o`rtasidagi iqtisodiy munosabat, ya‘ni kapital harakati, pul ko`rinishida bo`ladi.

Sudxo`rlik kapitalidan farqli o`laroq ssuda kapitali avvalo davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, kredit tashkilotlaridan jalb qilingan moliyaviy resurslar hisobiga shakllanadi (bu banklarning ssuda kapitali bozorida ixtisoslashgan vositachilik o`rnini aniqlab beradi). Moliyaviy resurslarning ssuda kapitaliga aylanishining ikki asosiy manbasini ko`rsatish mumkin.

  1. kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi bosqichida ssuda kapitali shakllanishining yagona manbai sifatida davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo`sh pul mablag`lari manbai sifatida namoyon bo`ldi. Ular moliyaviy vositachilarga ixtiyoriy ravishda vaqtincha foydalanishga, mavjud mablag`ni kapitalga aylantirish va ulardan foyda olishga beriladi. Bu mablag`lar kredit tashkilotlariga tegishli bo`lgan depozit hisoblarda qayd qilinib, o`zlarining birinchi egalariga shu qo`yilmalar bo`yicha foiz ko`rinishidagi daromad keltirishni ta‘minlaydi. Bu manba o`zining ahamiyatini hozirgi, rivojlangan davlatlar sharoitida ham yo`qotgan emas;

  2. naqd pulsiz hisob-kitoblarning bank orqali o`tishida ishlatiladigan mablag`lar ham ssuda kapitali shakllanishining yangi manbai bo`lib, bu mablag`lar aylanma mablag`larning doiraviy aylanish jarayonida yuzaga keladi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning vaqtincha bo`sh bo`lib qolishining quyidagi asosiy sabablarini ko`rsatib o`tish mumkin;

      • ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom-ashyo, materiallar, ishchilarga ish haqi va boshqa to`lovlar vaqtining mos kelmasligi;

      • asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo`ljallangan pul ajratmasi, ya‘ni amortizatsiya fondining shakllantirilishidir.

Amortizatsiya fondi mablag`lari ham ssuda kapitali manbasi sifatida ishlatilishi mumkin. Korxonalardagi faoliyat natijasida yuzaga keluvchi taqsimlanmagan foyda yoki uning ishlatilish jarayonida paydo bo`lgan bo`sh mablag`lar (masalan, yil oxirida to`lanadigan dividend shaklida) yuridik shaxslarning ularga xizmat ko`rsatuvchi kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob hujjatlarida jamg`ariladi. Bu mablag`lar bank tomonidan korxona va tashkilotlarning pul mablag`lariga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun ma‘lum muddatga o`tkaziladi.
Ssuda kapitali bozorining tarkibi. Ssuda kapitali bozori moliyaviy bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va uning holati ssuda kapitalining doiraviy aylanish jarayoni bilan bog`liq.
Ssuda bozorining asosiy ishtirokchilari bo`lib:

  • dastlabki investorlar, ya‘ni turli banklarda saqlanuvchi, ssuda kapitaliga aylanuvchi bo`sh moliyaviy resurslarning egalari;

  • ixtisoslashtirilgan vositachilar, pul mablag`larini bevosita jalb qiluvchi, ularni ssuda kapitaliga aylantiruvchi va foiz ko`rinishida haq to`lash va qaytarish sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga qarz oluvchiga beruvchi kredit-moliyaviy tashkilotlari bo`lishi mumkin;

  • moliyaviy resurslarda yetishmovchilik his qiluvchi va ixtisoslashgan vositachilarga ularning bo`sh mablag`larini vaqtinchalik ishlatib turganligi uchun to`lov to`lay oladigan davlat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxs ko`rinishidagi qarz oluvchilar bo`lishi mumkin.

Banklardan beriladigan kredit resurslarning maqsadli yo`nalishidan kelib chiqqan holda ssuda kapitali bozori quyidagi asosiy segmentlarga bo`linishi mumkin: pul bozori – aylanma mablag`larning harakatini ta‘minlovchi qisqa muddatli
kredit operatsiyalarning yig`indisi;
kapital bozori – asosiy mablag`lar harakatini ta‘minlovchi qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar to`plami;
fond bozori – qimmatbaho qog`ozlar bozoriga xizmat qiluvchi kre-dit operatsiyalar to`plami;
ipoteka bozori – ko`chmas mulk bozoriga xizmat qiluvchi kredit operatsiyalar to`plami va boshqalar.
Har bir sanab o`tilgan bozor segmentlari o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu esa amaliyotda moliya – kredit institutlarining maxsus turi ixtisoslashtirilgan tijorat banklarining tashkil topishiga olib keladi.

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin