3.Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish. Rakobat bozorlarida barcha firmalar rakobatchilar uyushtiradigan xujumlarning obyektlari bulishi mumkin. Xujumlar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan bulganidek, yangi firmalar tomonidan bulganidek, yangi firmalar tomonidan xam bulishi mumkin. Ximoyaviy strategiyaning maksadi xujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yukotish bilan utkazib yuborish. Ximoya strategiyasi kompaniyaning rakobat ustunligini kuchaytirmasa xam, rakobat pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va rakobat ustunligini saklab kolish imkonini beradi.
Rakobat ustunligini ximoya kilishning bir kancha yullari mavjud. Ulardan biri - rakobatchilarning sozlangan xarakatlarni boshlashlari uchun xalal berish. Bunday yondoshuv kuyidagi asosiy kadamlarni kuzda tutadi:
1. Bush bozor uyalarini tuldirish uchun maxsulot nomenklaturasini kengaytirish.
2. Rakobatchilar ega bulgan yoki ega bulishi mumkin bulgan modellar va maxsulotlar sortlarini ishlab chikish.
3. Pastrok narxlarda rakobatchilarning maxsulotlariga yakin modellarni taklif etish.
4. Rakobatchilarni vositachi va distribyuterlarning taksimlash tarmogidan sikib chikarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash.
5. Vositachilar va distribyuterlar boshka ta’minotchilar bilan aloka boglashlariga xalal berish uchun ularga sezilarli skidkalarni kafolatlash.
6. Iste’molchilarni bepul yoki past narxlarda ukitishni taklif etish.
7. O‘z maxsulotiga iste’molchilar talabini saqlab kolish uchun choralar ko‘rish.
Kreditga sotish xajmlarini oshirish.
Butlovchi qismlar yetkazib berish vaktini qisqartirish.
Muqobil texnologiyalarni patentlash.
Xususiy nou-xaularni ximoyalash.
Eng yaxshi ta’minotchilar bilan eksklyuziv kontraktlar imzolash.
Rakobatchilarni yakinlashtirmaslik uchun xom ashyolarni katta xajmlarda sotib olish.
Raqobatchilar bilan ishlaydigan ta’minotchilardan voz kechish.
Tovarlar va rakobatchilar xarakatlarni doimo nazorat kilib turish.
Ximoyaviy strategiyaga bulgan ikkinchi yondoshuv rakobatchilarga ularning xarakatlari javobsiz kolmasligi va kompaniya xujumga tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat.
Rakobatchilarning xujumkor xarakatlariga karshilik kursatishning boshka yuli rakobatchilarni uziga jalb etadigan va ularni xujumkor xarakatlarga undaydigan foydani kamaytirishga urinishdan iborat.
Firmaning foydaliligi kanchalar yukori bulsa, bu boshkalar uchun uziga jalb etadigan «xurak» vazifasini utaydi va xujumkor xarakatlar kilish istagini tugdiradi. Bunday sharoitda kompaniya xisob mexanizmlari yordamida ximoyalanishi mumkin.