Reja : rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘G‘risida


O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI



Yüklə 396,9 Kb.
səhifə4/6
tarix07.05.2023
ölçüsü396,9 Kb.
#109162
1   2   3   4   5   6
akademik yozuv 1

O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiyalash
(ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma
TAVSIFI

O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti darajasidagi diplom nostrifikatsiyasi to‘g‘risida davlat namunasidagi guvohnomaning muqovasi tomonlari 210x145 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan yashil rang bumvinildan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida GUVONNOMA so‘zi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qog‘ozda ofset bosma usulida to‘rt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zi aks etttiriladi. Undan pastroqda O’MK lotin harfi va olti xonadan iborat bo‘lgan raqam bosiladi. Guvohnomaning ikkinchi sahifasida barcha yozuvlar ingliz tilida takrorlanadi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan nimtatir bo‘yoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qog‘oz ishlatish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbini och havorang bo‘yoqda tasvirlash;
7) olti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga


6-ILOVA


Yüklə 396,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin