Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo‘lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich – faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi. Bolaning faol nutqni o‘zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar.
Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayotgan har bir jihati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko‘rib chiqilayotgan har bir jihati u yoki bu darajada va o‘z holicha bolalarning kommunikativ vazifani hal etishlariga, ya’ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi.
Nutqni rivojlantirishning
Dostları ilə paylaş: |