Dars metodi: suhbat,aqliy hujum,mustaqil ish metodi
Dars jihozi: “Ona tili” darsliklari, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko`rgazmalar
Mavzu bayoni:
Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. SHunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog’iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan qanday? va qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Amaliy topshiriq
1–topshiriq. Sifat turkumi yuzasidan o’quvchilarda qanday ko’nikma va malakalar hosil qilinadi ? Tarmoqlash usulida javob tayyorlang. Har bir kalit so’zni izohlab bering.
Namuna
Boshqa so’z turkumlaridan belgi bildiruvchi so’zlarni farqlay oladilar So’roqlari asosida ajratadilar Ma’no turlariga ajrata biladilar
Ko’chma ma’noda qo’llanishini Ko’nikma va malakalar Nutqda fodalana oladilar
Imlosi To’g’ri talafuzi Ma’nodagi bo’linishi
2–topshiriq. Sifat turkumini sinflar bo’yicha rejalashtirish jadvalingizni doskaga qo’ying. Guruhlar bir-birlarining rejasidagi kamchiliklarni aniqlaydi va izohlab beradi.
3–topshiriq. «Lahzada aql charhi» o’yini. Konvertda berilgan savollarni kichik guruhga bo’lib oladilar va javobini aytadi.
1-guruh uchun savol va topshiriqlar.
1.Sifatni o’rganishning tayyorlov davri maqsadi va ish turlarini ayting.
2.Sifat atamasi bilan tanishtirishda o’quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
3.Sifatning ma’no turlarini qaysi metodlarda o’rgatishni samarali deb hisoblaysiz?
4.Sifatni o’tishda qanday leksik mashqlar uyushtiriladi?
2-guruh uchun savol va topshiriqlar.
1.Sifatni o’rganishning birinchi bosqichi maqsadi va vazifalarini ayting?
2.Sifat yasovchi qo’shimchalarni o’rgatishda o’quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
3.Sifatning belgisini kuchaytirib va kamaytirib ifodalanilashini qaysi usulda tushuntirasiz.
4.Sifatni mustahkamlashda qaysi imloviy mashqlardan foydalaniladi?
2-ilova
269-mashq. Matnni o’qing. Qanday?, qanaqa?so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni o’zi bog’langan ot bilan ko’chiring.
Qor yog’yapti. Bolalarni beg’ubor qalbi daryoday to’lib toshyapti. Bahorda ko’m-ko’k o’tloqlardan oppoq kapalaklarni ushlamoqchi bo’lganday har bir zarrachaga talpinishadi. Qorning bir parchasi qizchaning oppoq hovuchiga qo’ndi. Qor qizchaning qo’lida tip-tiniq shudring tomchisiga aylanadi. Bir zumda hamma yoq choyshabga burkanadi. Bolalar oppoq qorlarni dumaloqlab , qorbo’ron o’ynashdi.
Sifatlar nimaning (narsa yoki Shaxsning) belgisini bildiryapti? Beg’ubor so’ziga ma’nodosh so’zlar topib yozing.
278-mashq. O’qing. Birikmalardan qatnashtirib gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizdan matn hosil bo’lsin. Matnga sarlavha qo’yib yozing.
Ayyor tulki, katta tulki, oppoq qor, qalin qor, chiroyli archa, ko’m-ko’k archa, musaffo havo, sovuq havo.
282-mashq. O’qing. Ajratib ko’rsatilgan sifatlarga berilgan sifatlar ichidan yaqin ma’nolilarini toping, namunadagidek yozing.
Namuna: ko’rkam, chiroyli, …
Ko’rkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil, ziyrak, ulkan, shod, jasur, xursand, qahramon.
Berilgan sifatlardan qatnashtirib gaplar tuzing.
286-mashq. Sifatlarni ma’nosiga ko’ra guruhlang.
Keng, taxir, kichkina, bepoyon, egri, cheksiz, qiyshiq, botir, tor, shirin, jasur, dumaloq, yam-yashil, sahiy, aqlli, qip-qizil, achchiq, yaraloq.
300-mashq. Matnni o’qing. Rassom shu matn mazmuniga mos rasm chizishda qaysi so’zlarga e’tibor bergan bo’lardi.
Mashina to’xtashi bilan Vohidni yalangoyoq, yalangbosh bolalar qurshab oldilar.
Vohidni ota-bobolaridan qolgan keksa tutning tagida onasi qarshi oldi. Onasi – Rizvon xola ko’kimtir, guldor ko’ylak kiygan. Boshiga oppoq ro’mol o’ragan, oyog’iga chiroyli amirkon kavush kiygan edi. CHetroqda ayvonning ustuniga suyanib singlisi turardi. U ilgarigi sho’x, quvnoq, erka Zarifa emas. Oppoq, yumaloq yuzi uyatdan qizarib to’rgan chiroyli qiz edi.
Odil Yoqubov
314-mashq. Sifatlarni so’roqlar yordamida aniqlang, ularni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring va gapdagi vazifani ayting.
She’rni ifodali o’qing.
Ona – Vatanimizga
Tip-tiniq osmon kerak.
Biz yashagan zamonga
Pokiza bog’bon kerak. Dum-dumaloq chigitcha
O’xshab jimit koptokka .
Balki tug’ma qarindosh
Ona-er-u oftobga.
Q.O’taev. Qurbon Hikmat.
Ko’chiring. Sifatlarni aniqlang, ularning qaysi so’zga bog’langanini chizmada tasvirlang.
Namuna: ko’m-ko’k osmon.
Sifatlarni yozilishini tushuntiring. Jimit, pokiza so’zlariga ma’nodosh sifat toping.
2-guruh uchun:
1–topshiriq. Sifat so’z turkumi mavzusidagi yangi tushunchani shakllantirish dars fragmentini yoriting.
2–topshiriq. Sifat yasovchi qo’shimchalar mavzusidagi darsning yangi tushunchani shakllantirish fragmentini yoriting.
3–topshiriq. Darslik materiallari va qo’shimcha ta’limiy vositalar ustida ishlash.
270-mashq. She’rni ichingizda ifodali o’qishga tayyorlaning.
Mitti, barra qo’zilarim,
Go’zal, sara qo’zilarim.
Badanlari tak do’ziday ,
Tunda osmon yulduziday . Jingalik jun ko’rinishda.
Go’yo nafis ipak kashta.
Gard yuqtirmay ustingizga,
O’zim cho’pon bo’lay sizga.
Qambar O’taev .
So’roqlar yordamida sifatlarni aniqlang, o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring.
281-mashq. Berilgan sifatlarga mos gul nomlarini toping, birikma tuzing.
Qizil, sariq, qora, pushti, oq, ko’k.
Birikmalar ishtirokida to’rtta gap yozing.
287-mashq. Sifatlarning ma’no turlariga misol toping, qatorlarni davom ettiring.
Rang-tus: moshrang, …
Maza-ta’m: nordon, …
Shakl: qiyshiq, …
Hajm: baland, …
Xil-xususiyat: muloyim, … .
289-mashq. Topishmoqni o’qing, javobini toping va yoddan yozing.
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq,
Qora, qizil, sariq, oq,
Eb ko’rmasdan o’ylab boq.
G’.G’ulom
Sifatlar qaysi narsaning belgisini bildiryapti? Sifatlarni toping. Rang bildirgan sifatlarning tagiga chizing.
Ikkala bo’g’inida ham unlisi u yoziladigan sifatlarni ayting.
Oqil va dono; adolat va odil sifatlarining ma’nosini tushuntiring.
315-mashq. Berilgan sifatlarni o’qing. Yozilishini kuzating.
Qop-qora, bus-butun, bo’m-bo’sh, ko’m-ko’k, tip-tiniq, oppoq, top-toza, tim qora, to’q qizil , eng kuchli .
Sifatlarga mos otlar tanlab, birikma tuzib yozing. Sifatlarning yozilishini yodingizda tuting.
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog’iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan qanday? va qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: “sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hal qilinadi.
“Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi” degan umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog’liq. SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o’rin beriladi.
O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday kitob? Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o’rnini puxta o’zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni muntazam o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun so’z yasovchi qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Tarqatma materiallar:
1-tarqatma.
1.1-sinf ona tili darslarida “Gap” mavzusi yuzasidan o`rganiladigan materiallarni izohlash.
2.1-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap” mavzusiga oid mashqlarni tahlil qilish.
2-tarqatma.
1.1-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap” mavzusiga oid og`zaki mashqlarni tahlil qilish.
2. 1-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap” mavzusiga oid yozma mashqlarni tahlil qilish.
3-tarqatma.
1.1-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap” mavzusini o`tishga oid didaktik materiallar asosidagi dars-reja ishlanmasi tuzish.
2.1-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap” mavzusini o`tishga oid interfaol metodkar asosidagi dars-reja ishlanmasi tuzish.
Mustaqil ish.
Talabalarga quyidagi jadval tarqatilib, uni to’ldirish so’raladi.
o Dars qurilishi
Yangi mavzu o’rganiladigan dars Takrorlash darsi
1.Tashkiliy qism
2.Uy vazifasini so’rash 1.Tashkiliy qism.
2.Uy vazifasini so’rash
Darslik bilan ishlash. Talabalar guruhlarga ajratilib, 1- sinf «Ona tili» darsligidan quyidagi topshiriq beriladi.
Topshiriq.Jadvalni to’ldiring:
2-sinfda «Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar»
o bo’limini o’rganishda
O’rganiladigan mavzular
Takrorlanadigan mavzular
Minidars uyushtirish.Har bir guruh talabalari tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o’zaro muhokama qilib, bir darsni ko’rsatib beradilar.Bunda guruhdagi har bir a’zo ishtirok etishi shart.Eshitilgan dars boshqa guruh a’zolari tomonidan tahlil qilinadi.O’qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi, xulosalaydi.
Dostları ilə paylaş: |