9-Amaliy mashg'ulot. Sifatni o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
(1-2 sinf misolida)
Reja:
1. 1-sinf “Ona tili” darsligida “Sifat” mavzusiga oid materiallarni tahlil qilish.
2. 1-sinfda sifatning grammatik kategoriyalariga oid materiallarni o`rgatish metodikasini tahlil qilish.
3. Interfaol metodlar asosida sifatni o`rgatish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
Darsning maqsadi :Talabalarning sifat turkumini o’rganishi bo’yicha egallagan nazariy bilimlarni aniqlash. Ularni nazariy bilimlardan amalda foydalana olishga o’rgatish. Sifatni o’rganish bo’yicha DTS va ona tili dasturining talablarini anglashlariga erishish.