Reja: 1Mualliflik huquqi haqida tushuncha


audiovizual asarni tayyorlovchi



Yüklə 32,06 Kb.
səhifə4/5
tarix09.05.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#110090
1   2   3   4   5
Документ (3)

audiovizual asarni tayyorlovchi — shunday asarni tayyorlash tashabbusi va mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
barchaning e’tiboriga yetkazish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o‘z tanloviga ko‘ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo‘lgan tarzda barchaning e’tibori uchun yuborish;
barchaning e’tibori uchun yuborish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini efirga uzatish, kabel orqali yuborish, shuningdek ularni yuborish joyida vakillari bo‘lmagan omma eshitib va (yoki) ko‘rib idrok etishi uchun, shu tarzda eshitish yoki ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektlari amalda idrok etilishi-etilmasligidan qat’i nazar, har qanday boshqacha usullarda yetkazish (nusxalarni tarqatish bundan mustasno);
yozuv — ovozlar va (yoki) tasvirlarni qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki yuborish imkonini beradigan biron-bir moddiy shaklda texnika vositalari yordamida qayd etish;
ijro — asarni (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini), fonogrammani, ijroni, sahna asarini o‘yin, ifodali o‘qish, kuylash, raqsga tushish orqali jonli ijro yoki texnika vositalari yordamida takdim etish;
ijrochi — aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, kuylaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, raqsga tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini) o‘zgacha tarzda ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyor;
kabel orqali yuborish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini kabel, sim yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida barchaning e’tibori uchun yuborish;
manzarali-amaliy san’at asari — asl nusxalari yoki nusxalari amalda foydalanish ashyolari sifatida qo‘llaniladigan yoki ana shunday ashyolarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat usulida tayyorlangan asar;

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin