Reja: 3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona posti bojxona organlarining yagona strukturasi


Bojxona postlarini turlari (klasifikatsiyalash)



Yüklə 53,18 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü53,18 Kb.
#183185
1   2   3   4   5
13.5. Bojxona postlarini turlari (klasifikatsiyalash)
O‘zbekistan Respublikasi bojxona postlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- joylashgan hudud bo‘yicha chegara va ichki bojxona postlari:
-ish xususiyati (spetsifikatsiyasi) bo‘yicha: statsionar va ko‘chma bojxona postlari.
Barcha statsionar bojxona postlari va punktlari tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini BYUB to‘ldirish orqali amalga oshirish huquqiga ega. Shuningdek postlarni joylashganligini, post xududida TIF qatnashchilari sonini, post axoli yashash joylaridan uzokda joylashganligini va boshqa obʼektiv sabablarni inobatga olgan holda hududiy bojxona boshqarmalari BYUB rasmiylashtiradigan postlar va punktlarni belgilash xuquqiga egadirlar.
Ko‘chma bojxona postlarida BYUB rasmiylashtirilmaydi.


13.6. Chegara bojxona postlari
Chegara bojxona postlari O‘zbekistan Respublikasi bojxona chegarasida joylashgan bo‘lib, ular quyidagi turlarga bo‘linadi; Avtomobil yo‘llarda joylashgan statsionar bojxona postlar.
Avtomobil yo‘llar orqali bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan transport vositalri, yuklar, shaxslar, ularning qo‘l yuki, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona rasmiylashtiruvini va bojxona nazoratini amalga oshiriradi. Temir yul stansiyalarida, shoxbekatlarda va razʼezdlarda joylashgan statsionar bojxona postlari.
Ushbu bojxona postlari respublikamiz hududidan chiqib ketayotgan va kirib kelayotgan passajir va yuklarni rasmiylashtiradigan O‘zbekistan Respublikasi xududidagi oxirgi va birinchi bojxona postlaridir. Bu bojxona postlari temir yul transporti orqali xarakatlanayotgan transport vositalari, yuklar, shaxslar, ularning ko‘l yuklari, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona rasmiylashtiruvini va bojxona nazoratini amalga oshiradi.
Portlarda joylashgan statsionar bojxona postlar, Bu bojxona postlari suv transporti orqali xarakatlanayotgan transport vositalari, yuklar, shaxslar, ularning qo‘l yuklari, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarni bojxona rasmiylashtiruvini va bojxona nazoratini amalga oshiradi.
Barcha statsionar bojxona postlarida transport vositalari, yuklar, shaxslar, ularning qo‘l yuklari, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini xarakatlanishi belgilangan tartibda bojxona nazorati zonasida amalga oshiriladi. Statsionar bojxona postlari O‘zbekiston Respublikasi chegarasida hamda ichida joylashgan punktlarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir bojxona posti vazifasi alohida belgilanadi.



Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin