Xarakatdagi bojxona postlar
Ushbu bojxona postlari o‘z faoliyatini bojxona chegarasi primetri bo‘yicha xamda temir yo‘l transporti xarakatlanayotgan yo‘llarda amalga oshiradi. Ushbu bojxona postlari aylanma va nazoratsiz yo‘llar orqali tovarlarni xarakatlanishini hamda temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni, yuklarni bojxona nazoratisiz tushirish yoki yuklash holatlarini oldini olish maqsadida tashkil etilgan.
13.7. Ichki bojxona postlari
Ichki bojxona postlari O‘zbekiston Respublikasi xududi ichida joylashgan postlardir. Bular:
Jismoniy va yuridik shaxslarni eksport-import operatsiyalarini bojxona
rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi postlar.
O‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini eksport kiluvchi va o‘z extiyoji uchun xom ashyo olib kiruvchi yirik sanoat korxonalarida joylashgan postlar.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan aksiz tovarlarni bojxona
rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi aksiz postlar.
Barcha ichki bojxona postlari O‘zbekiston Respublikasi ichida joylashgan punktlarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir bojxona posti vazifasi alohida belgilanadi. Yuqorida qayd etilgan bojxona postlaridan tashqari ish faoliyati bo‘yicha ichki lekin chegara bojxona postlariga tenglashgan bojxona postlari mavjud. Xavo kemalari temir yul transportlari kelishi yoki ketishi rasmiylashtiruvi vaqtida ushbu bojxona postlarida shartli ravishda chegara paydo bo‘ladi va bu chegaradan bojxona nazorati zonasida belgilagan tartibda passajirlar ularning qo‘l yuklari va bagaji xarakatlanadi. «Davlat bojxona xizmati тўғрисидаги» qonunning 3-moddasiga asosan:
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shaxri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir.» 3–Sxemada DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bojxona boshqarmalarining va Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining namunaviy tuzilmasi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i 1 ta birinchi o‘rinbosarga va 2 ta o‘rinbosarga ega. Hududiy boshqarmada ham, DBQ markaziy apparatidagi kabi tegishli bo‘lim va bo‘linmalar boshliq va uning o‘rinbosarlariga biriktirilgan. Namunaviy Sxemaga ko‘ra:
A) Boshqarma boshlig‘iga:
Tashkiliy nazorat bo‘limi;
Kadrlar bo‘limi;
Shaxsiy xavfsizlik guruxi;
Jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘limi;
Yuridik hizmat;
1-chi bo‘lim
B) Boshliq birinchi o‘rinbosariga:
Bojxona nazoratini tashkil etish bulimi;
Bojxona to‘lovlari bo‘limi;
Tashqi savdo operatsiyalarini va bojxona statistikasini monitoring qilish bo‘limi, Bojxona ekspertizasi va tovarlar klassifikatsiyasi bo‘yicha gurux
V) Boshliq o‘rinbosariga:
Kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi;
Bojxona surishtiruv bo‘limi;
Xarbiy-safarbarlik, favqulotda vaziyat va jangovor tayyorgarlik bo‘yicha gurux;
Navbatchilik qismi;
G) Boshliq o‘rinbosariga:
Moliyaviy-iqtisodiy bo‘lim;
Moddiy – texnika taʼminoti, buyumlar bilan taʼminlash, qurol – aslahalar va transport bo‘limi;
Kapital qurilish va bojxona obʼektlaridan foydalanish bo‘limi (bo‘linmasi)
-Nazorat va aloqaning texnik vositalari bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) biriktirilgan;
Murojaatlar bilan ishlash guruxi.
Bojxona postlari.
Hududiy bojxona boshqarmalari tuzilmalariga statsionar chegara bojxona komplekslari va postlari, harakatdagi bojxona postlari va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari ham kiradi.
Bojxona postlari yuqorida qayd etib utilgan turlariga qarab, quyidagi vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladi:
a) statsionar chegara bojxona postlari – davlat chegarasi orqali belgilangan o‘tish joylarida fuqarolar, transport vositalari va yuklarning harakatlanishi ustidan bojxona nazoratini urnatish;
b) tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari – tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan eksport yoki import qilinayotgan yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona rejimlarini qo‘llash.
Dostları ilə paylaş: |