E) Masalani yechish qadamlari:
(
Radmin Server va Radmin Viewer
dasturlari yordamida lokal tarmoqdagi kompyuterlarni nazorat qilish)
Yuqorida aytib o’tganimizdek Radmin dasturi ham ikkita qisimdan iborat
bo’lib ulardan biri tarmoqda nazoratni boshqaradigan kompyuterimizga
o’rnatiliadi. Bu dastur Radmin Viewer dasturi hisoblansa, ikkinchi yani tarmoqda
boshqariladigan (mijoz) kompyuterga o’rnatiladigan qismi Radmin Server dasturi
hisoblanadi.
Dastavval Radmin Viewer dasturini server (nazoratni boshqaradigan bosh)
kompyuterga o’rnatib olamiz. O’rnatilgan Radmin Viewer dasturining intefeysi
1-rasmda ko’rsatilganidek bo’ladi.
So’ngra ushbu dasturda nazorat o’rnatiladigan kompyuterlar ro’yxatini
shakllantiramiz yani boshqariladigan kompyuterlani nomini va IP manzilini
dasturga kiritamiz. Buning
uchun
1-rasmdagi
ko’rsatilgan
belgini
bosamiz. Hosil bo’lgan
Новое
соединение
oynasining
Имя записи:
darchasiga
mijoz
kompyuter
nomini,
IP
адрес или DNS имя
maydoniga
mijoz
kompyuter IP manzilini
yoki
kompyuterning
tarmoqdagi
nomini
yozamiz (2-rasm).
Keyingi qadamda mijoz kompyuterlarga Radmin Server dasturini o’rnatamiz
olamiz. O’rnatgandan so’ng Пуск menyusida hosil bo’lgan Запусить Radmin
Server dasturini tanlash yordamida bu dasturni ishga yurgizamiz (odatda dastur
o’rnatilgan vaqtda avtomatik dastur ishga yurgizilgan bo’ladi), so’ngra Пуск
menyusida Настройки Radmin Server dasturi yordamida Radmin server
dasturining parametrlarni sozlaymiz.
3-rasmdagi
oynadan
Режим
запуска….
Tugmasini
tanlasak
dasturni ishga tushirish qo’lda yoki
avtomatik
holatda
bajarilishi
buyruqlaridan
birini
tanlashimiz
mumkin (4-rasm). Agar Вручную
(qo’lda) buyrug’ini tanlasak dasturni
o’zimiz qo’lda ishga tushiramiz, aks
holda (Автоматически ni tanlasak)
dastur kompyuter yoqilgandan darhol ishga avtomatik holda ishga tushadi, bu
albatta bazi holatlarda xavsizlik jihatdan bizga noqulaylik tug’dirishi mumkin yani
bazida biz xohlamagan vaqtda ham ruxsatimizsiz kompyuterimizni boshqarishga
imkon beradi.
Keyingi qadamda 3-rasmdagi oynadan Права доступа… tugmasini tanlab
hosil bo’lgan oynadan yana Права доступа tugmasini tanlaymiz va hosil bo’lgan
Система безопасност Radmin oynasida (5-rasm) ruxsat qoidalarini o’rnatib
chiqamiz.
5-rasmda Добавить... tugmasini bosish yordamida hosil bo’lgan oynaga
Foydalanuvchi nomini va kamida 6 ta belgidan iborat parolini kiritamiz (6-rasm).
Foydalanuvchi nomini kiritgandan so’ng ushbu foydalanuvchiga ruxsatlarni
ko’rsatishimiz mumkin bo’ladi (7-rasm)
Tegishli ruxsatlarni o’rnatganimizdan so’ng server kompyuterdan bu
kompyuterlarga kerakli murojatlarni amalga oshirishimiz mumkin. Buning uchun
dastavval Radmin Viewer dasturi oynasi (1-rasm)dagi 8-rasmda ko’rsatilgan
qismida keltirilgan murojat turlaridan birini
tanlaymiz.
8-rasmda
1-murojaat
ko’rsatilgan
sichqoncha va klaviatura yordamida mijoz
kompyuterni
to’liq
boshqarishda
amalga
oshiriladi.
2-murojaat shunchaki mijoz kompyuter ekranini kuztib turish maqsadida
(kompyuterni boshqarish uchun emas) amalga oshiriladi.
3-murojaat mijoz kompyuterning buyruqlar satri (cmd oynasi)ga o’tish uchun
amalga oshiriladi.
4-murojaat mijoz va server kompyuterlar orasida fayl almashish uchun
amalga oshiriladi.
5-murojaat mijoz kompyuterni o’chirish maqsadida amalga oshiriladi.
6-murojaat mijoz va server kompyuterlar orasida yozishmalar (chat xizmatini)
amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
7-murojaat mijoz va server kompyuterlar orasida telefon aloqasini o’rnatish
maqsadida amalga oshiriladi.
8-murojaat server kompyuterdan mijoz kompyuterga xabar yuborish
maqsadida amalga oshiriladi.
Murojaat turi tanlangandan so’ng muroajaat amalga oshirilayotgan
kompyuterlardan birini tanlab (misol uchun 9-a rasmda 2-komp ni) sichqoncha
chap tugmasini ikki marta bosish orqali hosil bo’lgan 9-b rasmda ko’rsatilgan
darchalardan birinchisiga foydalanuvchi nomini, ikkinchisiga foydalanuvchi
parolini kiritamiz va shu bilan murojaat amalga oshirish o’z nihoyasiga yetadi.
Dostları ilə paylaş: |