O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi
Abu Nasr Forobiyning falsafa ilmiga oid qarashlarini tahlil etis-azkurs.org
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi.
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi.
Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi.
Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi.