Reja: Amaliy dasturiy mahsulot haqida tushuncha



Yüklə 31,49 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#165944

Mavzu: Iqtisodiyotda qo‘llaniladigan amaliy dasturiy mahsulotlar
Reja:

  1. Amaliy dasturiy mahsulot haqida tushuncha

  2. Amaliy dasturiy ta’minotning turlari.

  3. Zamonaviy operatsion tizimlar.

  4. Dasturlash texnologiyalari tasnifi.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. Axborotlashtirish to‘g’risidagi, Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi, EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to’g’risidagi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dasturiy ta’minotdan foydalanish juda ko’p vaqtni tejaydi va buxgalter va iqtisodchi ishini osonlashtiradi. So‘ngi yillarda buxgalteriya dasturlari oldinga katta qadam qo’ydi. Bugungi kunda internetda bank operatsiyalariga qadar debitorlik bilan boshlangan ko’plab buxgalteriya va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun dasturiy ta’minotni topish mumkin. Iqtisodchilar va buxgalterlar uchun foydali bo’lgan ko’plab dasturlar mavjud, eng muhimlari, quyidagi ro’yxatda kiritilgan:
SBIS tizimi tashkilot ichidagi elektron hujjat aylanishi va kontragentlar, Internet orqali barcha davlat organlariga hisobot berish, korporativ ijtimoiy tarmoq (yangiliklar va munozaralar, repostlar, yoqtirishlar va sharhlar), savdo nuqtasi va boshqalar kabi ko’plab imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
GLONASS / GPS-bu avtomobilning Real vaqtda harakatlanishini, haydovchining ish va dam olish rejimini, avtomobil tezligini va yonilg’i sarfini kuzatish imkonini beruvchi zamonaviy vosita. Yoqilg’i-moylash materiallarini nazorat qiluvchi iqtisodchi uchun maqbul yechim.
Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi birinchi navbatda dasturiy ta’minotning ilg‘or qadamlar bilan rivojlanishiga bog‘liq. Kompyuter texnologiyalariga qilinadigan harajatlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu yerda EDI electronics document interchange, ya’ni interaktiv elektron hujjatlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi. Dasturiy ta’minotga qilinadigan harajatlar , o‘rtacha hisobda, har yili 20% ga oshib bormoqda. Axborot tizimlari nuqtayi nazaridan dasturiy ta’minot bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Dasturiy ta’minotlarni tasniflash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Foydalanuvchining kompyuter apparat qismi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati, buni klassik yondashuv deb atasak ham bo’ladi va uning asosiy tushunchalari keyingi bandlarda ko‘rib chiqiladi;
2. Dasturiy ta’minotning litsenziyasi bo‘yicha tasnifi. Bunda erkin DT va erkin emas DT. Erkin DT bevosita GPL tomonidan litsenziyasi bolishi kerak va unda quyidagilar muhim hisoblanadi: foydalanishdagi erkinlik; o‘rganish va tuzatishdagi erkinlik; tarqatishdagi erkinlik; o‘zgartirishdagi erkinlik; Erkinmas DT quyidagilarni qamrab oladi : tijoratli dasturlar (bunda tijoratli dastur litsenziyalangan va mualliflik huquqlari himoyalangan bo‘ladi); chegaralangan dasturlar (bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin); shartli bepul dasturlar ( shareware, bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin, ammo uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi); reklamali bepul dasturlar (adware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina unda reklama elementlari mavjud bo‘ladi)
BIOS va ichki DT
O‘rta pog‘onadagi DT
Kompyuter apparat qismi
Vizuallashtirish vositalari
Uskunaviy vositalar
OT va utilitalar
Foydalanuvchi
Amaliy DT
Bepul dasturlar (freeware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina dastur kodi bo‘lmaydi ); ochiq kodli dasturlar (bunda GPL litsenziyasi mavjud bo‘lmaydi, shu bois uni erkin DT deb hisoblab bo‘lmaydi ) ; 3. Dasturiy ta’minotni kompyuter platformasi bo‘yicha tasnifi. Bunda operatsion tizim platforma sifatida olingan: bir platformali DT (faqatgina bitta OT muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan); bir platformadan boshqasiga o‘tkaziladigan DT (portable, Perl, Python, C++ tillarida yozilgan dasturlarni Windows, Unix, Linux OT muhitlarida ishlatish mumkin); platformalar aro DT (masalan, Java va web ilovalar barcha OT muhitlarida bir xil ishlaydi ); 4. Dasturiy ta’minotni dastur interfeysi bo‘yicha tasnifi: grafik interfeysli dasturlar ; konsolli dasturlar ; masalalar panelidagi dasturlar (masalan, Soat dasturi, va uni faqatgina kontekst menyu orqali boshqarish mumkin bo‘ladi ) ; ishchi stol Vidjetlari (gadjetlari) ( Gadjetoʻ yangi juda kichik qurilma bo‘lib, ularga quyidagilar bolishi mumkin: smartfon, pleer, qo‘shimcha kuler va b. Dasturiy ta’minotda esa vidjet (gadjet) yangi juda kichik ilova bo‘lib, qo‘shimcha har xil ma’lumotlarni olishga imkon beradi, ob-havo, valyuta kurslari va b. Bunga Google Gadjets, SideShow misol bola oladi.) ; 5. Dasturiy ta’minotni apparat ta’minoti bo‘yicha tasnifi: superkompyuterlarga mo‘ljallangan dasturlar ; server va maynfreymlarga mo‘ljallangan dasturlar ; shaxsiy kompyuter va ishchi stansiyalarga mo‘ljallangan dasturlar ; kompyuter va kommunikatorlarga mo‘ljallangan dasturlar ; mikroprotsessorli qurilmalarga o‘rnatiladigan dasturlar. 3.2. Dasturiy mahsulotlarning tasnifi Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni oz ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish bog‘lanish interfeysi deb ataladi. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish apparat-dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, yani insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin: tizimli dasturiy ta’minot; amaliy dasturiy ta’minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta’minot (sistem software) kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (aplication programm package) bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, yani ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan. Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash; kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Tizimli dasturiy ta’minot tushunchasi va ularning tasnifi Asosiy dasturiy ta’minot (base software) bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: operatsion tizim (OT); tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.

Dasturiy ta’minot

Amaliy dasturiy ta’minot

Tizimli dasturiy ta’minot

Uskunaviy dasturiy ta’minot

Texnik xizmat

Dasturiy qobiqlar

Utilitalar

Operatsion tizim

Servis tizimi

Foydalanuvchi amaliy dasturi

Amaliy dasturlar paketi

Integrallashgan

Umumiy yo‘naltirilgan

Muammoga yo‘naltirilgan

Uslubiy yo‘naltirilgan

Dasturlash tizimi

Modellashtirish tizimi

Uskunaviy muhit

Shunday qilib, tizimli dasturiy taminotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.



Tizimli dasturiy taminot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun meyordagi ish muhitini taminlaydi. Tizimli dastur taminoti oz ichiga quyidagilarni oladi: 1. Operatsion tizimlar ▪ Bir vazifali, bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan ▪ Ko‘p vazifali, bir paytda ko‘p foydalanuvchiga mo‘ljallangan ▪ Tarmoqli 2. Servis dasturlar ▪ Qobiqlar ▪ Utilitalar ▪ Antivirus vositalar ▪ Arxivatorlar 3. Dasturlash tillari translyatorlari ▪ Translyator-kompilyatorlar ▪ Translyator-interpritatorlar ▪ Assemblerlar 4. Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari ▪ Test dasturlari ▪ Maxsus nazorat dasturlari 3.3. Zamonaviy opеratsion tizimlarning tavsifi Operatsion tizim (OT) – bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan

Ozaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni taminlovchi dasturiy vositalar yigindisidir. EHMning istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy protsessor, tezkor va tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar-zahira bolib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Bunda interfeys dasturiy va foydalaniladigan bolishi mumkin. Dasturiy interfeys – hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar ozaro tasirini taminlovchi vositalar yigindisndir. Foydalanuvchn interfeysi – foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan ozaro tasirdagi dasturiy va apparat vositalaridir. Oz navbatida foydalanuvchi interfeysi buyruqli yoki obyektli- yonaltirilgan bolishi mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter zaxiralarini boshqarish boyicha harakatlarni bajarishda foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni kozda tutadi. Obyektga – yonaltirilgan interfeys – fayllar, kataloglar, diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi obyektlar ustidan operatsiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir. Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega boladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarniig oz turkumi yaratiladi. Kopgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yonalishida modifikatsiyalanadi va takomillashadi. Savdo markasini saqlash maqsadlarida operatsion tizimning yangi modifikatsiyasi qayta nomlanmaydi, balki versiyalar (tahlil) nomini oladi. Operatsion tizimlarning 8, 16, 32, 64 razryadlilarga bolinadi. Bunda operatsion tizim razryadliligi mikroprotsessor razryadliligidan oshib ketmasligi tushuniladi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: bir vazifali (single-tasking operating systems, bir paytda yagona foydalanuvchiga moljallangan); kop vazifali (multitasking operating systems , bir paytda yagona foydalanuvchiga moljallangan). Operatsion tizimlarni yadrosi boyicha uch guruhga bolish mumkin: monolit yadroli (monolithic operating systems); mikroyadroli (microkernel operating systems);gibridli yadro (hybrid operating systems). Foydalanuvchilar soni boyicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: bir foydalanuvchi (single-user operating systems ); kop foydalanuvchi (multi-user operating systems ); Protsessorlarni soni boyicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: bir prosessorli (uniprocessor operating systems ); kop protsessorli (multiprocessor operating systems ); Tarmoqni tashkil qilishi boyicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: lokal (local operating systems); tarmoqli (network operating systems ); Tarmoqda bajaradigan funktsiyasi boyicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: serverli (server operating systems); kliyentli (client operating systems ); Litsenziya turi boyicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bolish mumkin: ochiq kodli (open-source operating systems); yopiq kodli (proprietary operating systems ). Qollash sohasi boyicha operatsion tizimlarni olti guruhga bolish mumkin: maynfreymlarga moljallangan (mainframe operating systems); serverlarga moljallangan (server operating systems); shaxsiy kompyuterlarga moljallangan (personal computer operating systems); mobil qurilmalarga moljallangan (mobile operating systems); ichki joylashtirilgan (embedded operating systems); marshrutizatorlarga moljallangan (router operating systems); Hisoblash ishlarini tashkillashtirish boyicha operatsion tizimlarni uch guruhga bolish mumkin: paketli qayta ishlash (batch processing operating systems); vaqtni taqsimlash (time-sharing operating systems ); real vaqtli (real-time operating systems ). Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarish uchun moljallangan.

Kop vazifali OT vaqtni multi dastur rejimida taqsimlashda kompyuterdan jamoa bolib foydalanishni taminlaydi. Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bolishi bilan bogliq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga (zaxiralariga) kirishini taminlash uchun moljallangan. Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bolishi bilan bogliq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini taminlash uchun moljallangan. Tarmoqli OT umumiy arxitekturaga va kommunikatsiya protokollariga ega bolgan va lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaruvchi tizimli dasturiy vositaga aytiladi. Tarmoqli OT taqsimlangan tarmoqni yaxlitligini taminlaydi. Tarmoq OT quyidagi komponentlardan iborat: server OT; kliyent-server uchun amaliy dasturlar; ishchi stansiyalarni ozaro aloqasini taminlaydigan dasturiy taminot. Ushbu komponentlar ozaro aloqada bolib tarmoqni boshqarishi quyidagi sxemada keltirilgan:

DOS oilasidagi OT. Bu oilaning birinchi vakili – MS DOS tizimi 1981 yilda chiqarilgan. DOS bir vazifali bolib, quyidagi oziga xos xususiyatlarga ega: EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;

Tizimni EHM ning boshqa turlariga otishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi. OS/2 oilasidagi OT. OS/2 OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda ishlab chiqarilgan. U IBM PC – mos kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik kop vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, OT ni unda ishlayotgan dasturlardan muxofaza qilishni taminlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysi API da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanish mumkin. UNIX oilasidagi OT. Ular 32 razryadli kop vazifali kop (kishi) foydalanadigan Otdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning ozi turli kompyuterlarda superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan otkazish imkonini beradi. UNIX taqsimlovchi malumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini ozida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati – uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. WINDOWS oilasidagi OT.


Windows oilasidagi OT lar MS firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni ozida namoyon etuvchi kop vazifali Otlardir. Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir. Windows NT OT – eng kop tarqalgan 32 razryadli tarmoqli Otdir. U ikki xil – Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqarilgan. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun moljallangan. Tizim samaradorligi zarar yetmagan holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni taminlaydi. Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zaxiralarini korib chiqish uchun vositalarni ozida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini taminlaydi, bir serverga bir vaqtning ozida 256 gacha shaxsiy kompyuterlarni ulanishini qollab – quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin. Windows NT Workstation lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun moljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir. Windows NT

Workstation maxfiy malumotlar yoki dasturlarni ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tugilganda, shuningdek, katta hajmdagi malumotlar tahlilida yuqori samaradorlik muhim bolgan ishlarni bajarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Windows XP OT 2001-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan edi. Birinchi 5 yil ichida 400 mln. Nusxa sotilgan. Xattoki Windows Vista, keyinchalik Windows 7 va Windows 8 ishlab chiqilgani qaramay Windows XP tizimi 2010-yilgacha sotuvda bolgan. 2014-yilning aprel oyidan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows XP OT ni qollashni rasman toxtatdi. Shunga qaramay hozirgacha ushbu OT dan foydalanuvchilar yuz ogirishmagan. Quyidagi sxemada shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlarning bozordagi egallagab turgan ulushlari keltirilgan. Operatsion tizim 2014 2018 Windows 7 50,1 38,4 Windows XP 25,3 0,7 Mac OS X 7,4 0 Windows 8 12,5 8,7 Windows Vista 2,9 0 Windows 10 0 51,6 Boshqa 1,8 0,6 Yillar davomida toplangan statistika malumotlariga kora quyidagi holat qayd etilgan:

0102030405060702014 2015 2016 2017 2018

Windows xp windows vista windows 7 windows 8 windows 10

Zamonaviy operatsion tizimlar. 2003 yilda WINDOWS Longhorn OT ishlab chiqildi. Fayl tizimi ozgartirilgan bolib WinFS deb ataladi. Ushbu tizim malumotlar bazasidek tashkil etilgan bolib, fayllar aniq katalogda emas, balkim virtual kataloglar tashkil etilib, undagi fayllar malum bir kriteriya boyicha toplanadi. Masalan, oxirgi hafta mobaynida ozgartirilgan matnli fayllar. Bu yerdagi asosiy goya internetdan olingan bolib, unda ham kerakli malumotlarni kriteriyalar orqali qidirib olish asos qilib olingan. 1991 yilda finlyandiyalik talaba Linus Torvalds Linux operatsion tizimi ishlab chiqdi. Ushbu tizim Unix oilasiga mansubdir. Hozirgi kunda uning Debain, Mandrake, Slockware, Red Hat versiyalari mavjud. Ushbu tizimni organish uchun maxsus LiveCD kompakt disk mavjud bolib, undan kompyuterni yuklab, bevosita tizimni organsa boladi va asosiy OT buzilmaydi. Hozirgi kunda WINDOWS va Linux operatsion tizimlar goyalari birlashtirilib gibrid Lindows operatsion tizimi yaratildi, uning keyinchalik Linspire nomi bilan atasha boshlashdi, sababi Microsoft kompaniyasi Lindows va WINDOWS sozlarining aytilishi bir-biriga oxshash deb sudga bergan edi. Ushbu tizimni bevosita WINDOWS tizimi ustidan ornatish mumkin va unda asosiy WINDOWS dasturlarini ishlatish mumkin. Hozirgi kunda yana bir tushuncha kiritilgan, bu ham bolsa, dasturiy mahsulot bu malum bir ommaviy masalani hal qilishga moljallangan dasturlar toplamidir. Dasturiy mahsulot boshqa mahsulotlarga oxshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda dasturiy taminot va dasturiy mahsulot tushun-chalari sinonim hisoblanadi. Servis dasturiy taminoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qoshimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamgarmasidan iborat.
Biroq, funksional imkoniyatlarga kora, servis vositalarini quyidagi vositalarga bolish mumkin: foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; malumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchilar; malumotni qayta ishlovchilar; disk va tezkor xotira qurilmasi ortasida malumot almashuvini tezlashtiruvchilar; virusga qarshi vositalar.

OT ning sozlovchisi bolgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bolib, har biri oz vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qoshimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar boyicha xizmat korsatish korinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yol qoyadi: disklarga xizmat korsatish; fayl va kataloglarga xizmat korsatish (xuddi qobiqlar kabi); arxivni yaratish va yangilash; turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish; kompyuterni virusdan himoya qilish. Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni taminlaydi. Texnik xizmat korsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.Ular quyidagilarni oz ichiga oladi: EHM va uning ayrim qismlari ishining togriligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizatsiyasi bolgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash. 3.4. Amaliy dasturiy taminot tasnifi Kompyuterning dasturiy taminoti orasida eng kop qollaniladigani amaliy dasturiy taminot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qollanishidir. Amaliy dasturiy taminotni quyidagicha tasniflash mumkin. Dasturlashtirish tizimlari dasturlash tillarida yangi dasturlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish tizimlari. Umumiy holda dasturlash tilida yangi dasturlarni yaratishda quyidagilarning bolishi shart: 1. Dasturni faylga yozish uchun matn tahrirlagich dasturi. 2. Kompilyator va interpretator. 3. Modullarni birlashtirib yakuniy bajariladigan kodni yaratish va faylga joylashtiradigan maxsus dastur.

Bajariladigan kod tygallangan dastur bo‘lib, uni kompyuterda bajarish uchun operatsion tizimning bo‘lishi kifoya. Odatda ushbu fayllar .EXE yoki .COM kengaytmali bo‘ladi.

.1. Dasturlash tеxnologiyalarning qurollarini tasnifi

Dasturlashtirish vositalarini tasnifi quyidagicha bo‘lishi mumkin: № Vosita turi Qo‘llanish sohasi Namunalar


  1. Maxsus matn tahrirlagich

Dastur kodini yozish va qayta ishlash

Notepad++

2 .Translyatorlar: Dasturni mashina kodiga aylantirish

Assemblerlar

Assembler tilidagi dasturni mashina kodiga aylantirish

Macro Assembler (MASM), Turbo Assembler (TASM)

Kompilyatorlar

Dasturni toliq mashina kodiga aylantirish (Pascal, Delphi, C, Basic).

C, C++, Java, Fortran, Free Pascal Compiler (FPS) va boshqalar.

ADT

Muammoga yonaltirilgan ADT



Suniy intellekt

Umumiy maqsadli

Multimedia dasturiy

Ofis ADT


Kichik nashriyot tizimlari

Intepretatorlar

Dasturni qadamba-qadam mashina kodiga aylantirish va uni bajarish (VBScript, JavaScript, PHP, Perl, Python, Ruby).


  1. Dasturni jamlash (link)

Barcha modullarni bitta faylga jamlaydi




  1. Sozlovchilar (debugger)

Dasturdagi xato va nuqsonlarni aniqlashda qollaniladi.




  1. Modullar toplami (library)

Qism dastur va funksiyalar toplami




  1. Hujjatlarni shakllantirish

Dasturda mavjud izohlar asosida uning uchun malumotnomali hujjatlarni yaratish dasturi.




  1. SDK -Software Development Kit

Operatsion tizim, uskunalar, amaliy dasturlar uchun qoshimcha ilovalar yaratishga qaratilgan dasturiy mahsulot ishlab chiqarish majmuasi.

Driver Development Kits (DDK), PalmOS Development Kit (PDK)
3.5. Ilovalar yaratish uchun vositalar Ushbu sohada hozirgi kunda visual texnologiyasi keng kirib keldi. Bularga quyidagilar misol bola oladi: Borland Delphi amaliy dasurlar yaratishda qollaniladi; Borland C++ Builder Windows tizimli ilova dasurlarini yaratishda qollaniladi; Microsoft Visual Basic Windows amaliy ilova dasurlarini yaratishda qollaniladi; Microsoft Visual C++ - Windows tizimli va amaliy ilova dasurlarini yaratishda qollaniladi; Integrallashgan tizimlar – IDE, Integrated development environment kopincha bir necha dasturlash tillarini ozida jamlagan muhit hisoblanadi, unga Eclipse, Microsoft Visual Studio va boshqalar misol bola oladi. Modellashtirish tizimlari bu sohaga quyidagi tizimlar mansub: Matlab tabiiy fanlarda mavjud jarayonlarni modellashtirish, BpWin biznes jarayonlarni modellashtirish tizimi. Ushbu vositalar orqali ishlab chiqilgan mahsulot bu Dasturiy mahsulot, qaysikim foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish , keng tarqatish va sotish uchun moljallangan dasturdir. Dasturiy mahsulotlarni quyidagi tarqatish usullari mavjud: freeware erkin tarqatiladigan foydalanuvchining ozi qollab- quvvatlaydigan bepul dasturlar. Shareware – notijorat (shartli tolovsiz) dasturlar, ulardan odatda tolovsiz foydalanish mumkin. Kopgina foydalanuvchilar kompyuterga ornatilgan yoki kompyuter bilan birgalikda keltirilgan maxsus dasturlardan foydalanadi. Dasturiy mahsulot foydalanishga tegishli ravishda tayyorlanishi zarur texnik hujjatlariga ega bolishi, shuningdek davlat royxati kodi mavjud bolishi kerak. Faqat shunday sharoitlarda yaratilgan dasturiy majmua dasturiy mahsulot deb nomlanadi. Dasturiy mahsulot sanoat mahsulotining istalgan turi kabi sotuvga tayyorlangan ommaviy ehtiyojli muayyan muammoni, yoki vazifani hal etish uchun ozaro boglangan dasturlar majmuasidir. Dasturiy mahsulotlar quyidagicha yaratilishi mumkin: buyurtmaga kora individual ishlanma foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma. Dasturiy mahsulotlarning sifat korsatkichlari xilma-xil, ular quyidagilardan iborat: dasturiy mahsulotni qanchalik yaxshi (oddiy, ishonchli, samarali) foydalanish mumkinligi; dasturiy mahsulotdan qanchalik yengil foydalanish mumkinligi; dasturiy mahsulotni qollashda sharoit ozgarganda undan foydalanish mumkinligi yoki yoqligi.

Servis dasturiy taminot – foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qoshimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar majmuidan iborat.

Tarkiblangan tillar (procedure-oriented language)

Dasturlash tillari

Mashina tillari (Computer Language)

Mashinaga-yonaltirilgan tillar (Computer-oriyented Language)

Algoritmik tillar (algorithmic Language)

Kompyuterning apparatli qismi tomonidan qabul qilinadigan dasturlash tillari (mashina kodlari)

Kompyuterning aniq turi tuzilishini aks ettiruvchi dasturlash tillari

Dasturlarni tarkibli qismdasturlar majmuasi sifatida bayon qilish imkoniyati

Muammoli-yonaltirilgan tillar (universal- programming language)

Algoritmning tuzilishini aks ettirish uchun kompyuter arxitekturasiga bogliq bolmagan dasturlash tillari

Dasturlashning integratsiyalangan tizimlari (Delphi, Builder C++) 4 -avlod tillar (4GL)

Belgilangan sinfdagi masalalarni yechishga moljallangan dasturlash tillari (LISP, SIMULA va b.)

Obyektli yonaltirilgan tillar (object programming language)

Obyektlar majmuasiga moljallangan dasturlash tillari (Object Pascal, C++ va b.)



Servis dasturlar asosan kompyuter va operatsion tizimning ishlashi, xavfsizligi va uzoq xizmat korsatishini taminlashga qaratilgan.

Biroq, funsional imkoniyatlariga kora, servis vositalarini quyidagicha bolish mumkin: foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; malumotlarni buzish va qoidasiz kiritishlardan himoya qiluvchilar; malumotni qayta ishlovchilar; disk va tezkor xotira qurilmasi ortasida malumot almashuvini tezlashtiruvchilar; virusga qarshi vositalar; malumotlarni arxivlash vositalai
Yüklə 31,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin