Jabariylar - Arabcha «jabr»dan olingan bo'lib, bu fikr tarafdorlari VII asr oxiri VIII asr boshida Islom ilohiyotida paydo bo'lgan ilk oqimlardan hisoblanadi. Jabariylar inson taqdirini Xudo mutlaq oldindan belgilab qo'ygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo'l, bular faqat Xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o'zlashtirib olish imkoniyatigagina ega, degan ta'limotni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdorlari bo'lgan qadariylarga qarshi kurash olib borgan. Muhammad (S.A.V.)ning payg'ambarliklari, xalifalarni ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jihoddagi o'limning taqdir bilan bog'lanishida bu ta'limot katta o'rin tutadi. Shuning uchun hokimiyatni boshqargan umaviylar jabariylarni qo'llab-quvvatlaganlar, ularga qarshilarni ta'qib ostita olganlar.
Jahmiylar - Abu Muxriz Jahm ibn Safvonning izdoshlari. O'rta asr ilohiyoti olimlari ularni murjiiylarga, ba'zan jabariylarga mansub qiladilar. Bu ta'limot Jahm ibn Safvon olamdan o'tgandan so'ng uning nomi bilan ataluvchi tarixga kirdi. Jahm ibn Safvon Abu Muxriz - mashhur ilohiyot olimi Xuroson murjiiy - jaxmiylarining sardori Al-Xoris ibn Surayjshshg kotibi, Xurosondagi Umaviy hokimi Nasr ibn Sayyarga qarshi qo'zg'olonda qatnashib asir tushadi va qatl (745 yil) qilinadi. U Al-Ja'd ibn Dirhamning shogirdi bo'lgan.
Qadariylar - Taqdir so'zining inson o'z xatti-harakati, taqdirining hukmdori deb talqin qilishlik. Bu ilk ilohiyot oqimlaridan biridir. Bu yo'nalish taqdir va iroda erkinligi masalasida o'ziga xos ta'limotni ilgari suradi, ya'ni jabariylar ta'limotiga qarshi ravishda, inson o'z xatti-harakatining yaratuvchisi (xoliqi), deb tushuntiradi. Ular odillik Xudoning asosiy sifatlaridan biri, degan fikrga borib, gunohni u oldindan belgilab qo'ygan bo'lishi mumkin emas, Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog'liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keladilar.
Mushabbihalar yoki ahli at-tashbih - Arabcha "o'xshatuvchilar, o'xshatish tarafdorlari" yoki antropomorfistlar. Turli xil aqidaviy ta'limotlarning hosila nomi bo'lib, bu yo'nalish vakillari Allohni inson qiyofasi shaklida tasavvur qiladilar.
As-sifatiya - Sifat (arabcha - belgisi, xususiyati, tabiati) atamasi, Allohning xususiyatlarini ifoda etishning biri bo'lib, mo'taziliylar tomonidan qo'llangan. Kalom ilmi rivojlanishining ilk bosqichida "Sifat" bilan bir qatorda "maani" (ma'nosi, mazmuni, g'oyasi) atamasi ham qo'llanilgan. Ba'zi mutakallimlar (mo'taziliy Abu Shaxsim al-Jubboiya, Ash'ariy al-Boqilloniy, Al-Juvayniy va Faxriddin Roziy) "Sifat" o'rnida "ahvol" atamasini ishlatganlar. Allohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan olish "isbat", degan nom oldi va bu g'oya tarafdorlari "sifatiya", deb ataldi.
Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar.Diniy-siyosiy partiya va oqimlar quyidagilardan iborat:
Salafiya - XX asr boshida Jamol ad-Din al-Afg'oniy va Muhammad Abdu asos solgan ilohiy harakat Salafiya diniy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy mohiyatlarga ega. U musulmonlar hayotini yangilashga qaratilgan bo'lib, Islom dunyosi uzra ko'plab musulmon mutafakkirlari va harakatlariga shakllovchi ta'sir o'tkazgan.
"Salafiya" termini ko'pincha isloh, (reforma) va tajaddud (yangilanish) bilan sinonim sifatida ishlatilib, Islom dunyoqarashining asosiy fundamental konseptsiyalari tushunchalaridan birini tashkil etadi. Biroq Qur'on va sunnatga urg'u berishi va o'tmishni qo'msashi tufayli ayrimlar nazdida reaktsiya va fundamentalizm sifatida quriladi.
Vahhobiylik - diniy-siyosiy oqim bo'lib, XVIII asrda Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Vahhobiylar bevosita din nomidan ish ko'rgan va uni "tozalash", go'yoki Payg'ambar davridagi asl holatiga qaytarish, barcha arablarni yashil bayroq ostida birlashtirish kabi g'oyalarni ilgari surgan. Ingliz mustamlakachiligi bu vaziyatdan o'z maqsadida foydalangan: g'oya tarafdorlarini qurollantirib, Usmonli turklarga qarshi jangga tashlagan. Shuning uchun ham ular Usmonlilar mansub bo'lmish hanafiy mazhabini kofir mazhabi, deb e'lon qilishgan. Qandaydir doiralar manfaati yo'lida Islomdagi o'z birodarlarini kofirga chiqarishgacha borib yetishgan.