REJA: 1. “Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun-mоhiyati va ular ilgari surayotgan g’оyalar. 2. Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar. 3. O’zbеkistоn Rеspublikada faоliyati aniqlangan nоrasmiy diniy jamоalar: «Ma’rifatchilar», «Shohidiylar» va «Baxshillоchilar».
Tayanch tushunchalar:«Yangi diniy harakatlar» tushunchasining mazmun-mоhiyati. YADH ilgari surayotgan g’оyalar. Univеrsalizm va kоsmоpоlitizm. YADH lidеrlari. Lidеrlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqоt ishlari. YADHlarning nоqоnuniy faоliyatlari. Prоtеstantlarning «ikkilamchi» birlashmalari. Sоxta xristian harakatlar. Krishnani anglash jamiyati. Aum-Sinrеkyo. N’yu Eydj harakati. Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar. O’zbеkistоn Rеspublikada faоliyati aniqlangan nоrasmiy diniy jamоalar. «Ma’rifatchilar». «Shohidiylar». «Baxshillоchilar».
“Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun-mоhiyati va ular ilgari surayotgan g’оyalar.Yangi diniy-siyosiy harakatlar va mafkuralar turli diniy aqidalarga tayanadi. Ularning bоsh maqsadi nafaqat hоkimiyatga ta’sir ko`rsatish, balki o`zlarining hоkimiyatini o`rnatishdan ibоratdir. Buni ayrim mamlakatlarda, хususan Yaqin Sharq va Оsiyoda: (Erоn, Pоkistоn, Afg’оnistоn, Saudiya Arybistоni) va bоshqa mamlakatlar misоlida ko`rish mumkin.
E'tirof etilmagan harakatlar va mazhablar quyifagilar:
Murjiiylar - alohida bir yo'nalish bo'lib emas, balki mazhablar ichida tarkib topganlar. Ular asosida yana bir qancha kichik-kichik oqimlar, ya'ni firqalar vujudga keldi. Ular bu dunyodagi inson holatini muhokama qilishni "orqaga surib" (irja’), ya'ni insonning xatti-harakatini, uning imonini yolg'iz Allohning O'zigina biladi va faqat Uning O'zi inson ustidan hukm qilishi xos deb hisoblaydilar. An-Naubaxtiy murjiiylarni 4 xil toifaga bo'ladi:
1) jahmiylar yoki xurosonliklar;
2) g'aylaniylar yoki suriyaliklar;
3) masiriylar yoki iroqliklar (Abu Hanifa ham);
4) shukkak (shubhalanuvchilar), bug'riylar, an'anaviy xashviylar. .
Bunday jug'rofiy bo'linish oqibatida (ya'ni Xuroson, Iroq, Suriya) oliy hukmronlik masalasida ham asta-sekin fikrlarning tafriqalanishi boshlanadi. Shunday qilib, VIII asrning 1-yarmida u yoki bu g'oya tarafdorlari o'z yo'nalishlarini yanada aniqroq belgilab, xorijiylar, jabariylar, qadariylar qatoriga qo'shiladilar. Bu toifadagilar iymon masalasida bir to'xtamga kelmaganlar. Al-Ash'ariy fikriga ko'ra, bu haqda 12 xil toifa bo'lganligi qayd qilinadi.
Mo'taziliylar - Kalomda birinchi yirik yo'nalish vakillari hisoblanib, Damashq va Bag'dod xalifaligi hayotida, VII-IX asrlarda muhim o'rin tutganlar. Al-Hasan al-Basriy (vafoti 728 yil) davrasidan shogirdlari Vosil ibn Ato (vafoti 728 yil) va Amr ibn Ubayd (vafoti 761 yil)larning ajralib, alohida bo'lib chiqishlaridan bu nom qolgan. Ularning boshqa: al-adliyyun, al-adliyia, ahl al-adl, ahd ad-adl vat-tavhid kabi nomlari mo'taziliylarning manbalariga binoan besh asosning birinchi ikkitasi tufaylidir. Bu besh asos Abul Xuzayl al-Allaf (vafoti 841 yoki 849 yil) tomonidan quyidagi so'nggi holiga keltiriladi:
1. Al-adl (adolat) — ilohiy adolat insonning irodasini aniqlaydi va Allohning faqat yaxshilik (al-aslah) qilish qobiliyati va asrlar davomida tarkib toptan narsalar tartibining buzilishiga yo'l qo'ymaslik sifati.
2. At-tavhid- qat'iy Allohning yagonaligiga sig'inish, politeizm va atropoforfizmni inkor etadi.
3. Al-va'd val-vaid — xorijiylar bilan ajratilgan xususiyatlari, ya'ni Xudo mo'minlarga jannat, kofirlarga do'zax va'da qilgan bo'lsa, o'z va'dasida turishi lozim, ya'ni Payg'ambar (S.A.V.) shafoatlari-yu, Allohning Rahmon, Rahim sifatlari ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson xatti-harakati uchun to'liq javob berishi lozim.
4. Al-manzila baynal-manzilatayn (Oraliq holat) — gunohi kabira qilgan musulmon mo'minlar qatoridan chiqariladi (murjiiylar fikriga qarshi), kofir bo'lib qolmaydi (xorijiylar fikriga ko'ra), balki oraliq hayotda bo'ladi. Shu fikrda bo'lganliklari uchun birinchi mo'taziliylar Xasan al-Basriy davrasidan chiqadilar, chunki ularni munofiq, deb hisoblaydilar.
5. Al-amr bil-ma'ruf van-nahiy anil-munkar («Yaxshilikka da'vat, yomonlikdan qaytarish») - barcha usulda, hatto qilich bilan bu hukmning bajarilishi lozim.