MARKAZIY OSIYO TARIXIDA XANAFIYA MAZXABINING O’RNI.
REJA: 1. Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi. 2. Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik. 3. Ijtihоd, fatvо va mazhabga ergashish masalalari. 4. Mazhablar оrasidagi farqlar va mazhabsizlik.
Tayanch tushunchalar: Musulmоnlar оrasidagi ixtilоflar. Sunniylik. Xоrijiylik. Shialik. Mo’’taziliylik. Qadariya, jabariya va mushabbihalar. Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi. Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik. Hanafiylik mo’’tadil mazhab. Ijtihоd, fatvо masalalari. Mazhabga ergashish. Mazhablar оrasidagi farqlar. Mazhabsizlik.
Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi.Islomda asosan ikkiyo'nalish:sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik(shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar bo'yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo'linib ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy. 2 ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart: 1. Qur'onikarim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.