Reja Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlarni tasvirlash ifodalash



Yüklə 158,99 Kb.
səhifə13/20
tarix31.12.2021
ölçüsü158,99 Kb.
#49531
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Ma�lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

Ko‘rsatkichli toifa(Pointer)

Ko‘rsatkichlitoifama’lumotlarni ko‘rsatkichlari yoki manzillari (adres) to‘plamini namoyon qiladi, ya’ni ko‘rsatkichlar ma’lumotlarni emas balki bu ma’lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatkichlar xotirada bori yo‘g‘i 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan ma’lumotlar ancha katta joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Pointer toifasi ma’lumoti ixtiyoriy boshqa biror ma’lumot yoki ma’lumotlar guruhiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ko‘rsatkichga mumkin bo‘lgan u yoki bu qiymatni o‘zlashtirib, ushbu ko‘rsatkich orqali kerakli ma’lumotga murojatni amalga oshirish mumkin. Pointer toifasidagi ma’lumotlarni qiymatlar to‘plamida bitta maxsus qiymat bo‘lib, uni o‘zlashtirish hech qayerga yo‘naltirilmaganligini ko‘rsatadi, ya’ni nol yoki bo‘sh ko‘rsatkich xisoblanadi. Masalan, C++ tilida bunday qiymat sifatida NULLdan foydalaniladi.Ko‘rsatkichlar ustida amallar quyidagicha bo‘lishi mumkin: biror bir ko‘rsatkichga boshqa ko‘rsatkich qiymatini o‘zlashtirish mumkin yoki boshqa ma’lumot egallab turgan xotira sohasi adresini o‘zlashtirish mumkin. Ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar tuzilmasini yaratishda va qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. Xotirada ko‘rsatkichlarni ifodalash uchun asosan dasturlash tizimiga mos ravishda manzilni maksimal uzunligicha joy ajratiladi. Ko‘rsatkichlarni qiymati nomanfiy butun sonlar sifatida sohada bitlarni ketma-ketligi ko‘rinishida saqlanadi.C++ tilida ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun ularning toifasini aniqlash kerak. Buning uchun ko‘rsatkich xotirada qanaqa toifadagi ma’lumotlarni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ko‘rsatkichli o‘zgaruvchiga ham xuddi shunday toifa beriladi.

int a=9;

int *p=&a;

float f=4.6;

float *d=&f;

FILE*f=fopen(“talaba.txt”,’r’);


Yüklə 158,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin