Asosiy vositalar auditi
Reja:
Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o'tkazish ketmaketligi.
Asosiy vositalar auditining ma’lumot manbalari.
Asosiy vositalaming mavjudligi va saqlanishini tekshirish.
Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o'tkazish ketmaketligi. Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijozsubyekt faoliyati um um iy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlam ing ishonchliligi to ‘g‘risida tikr shakllantirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog'liq m uom alalam i hisobga olish ham da soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning 0‘zbekiston Respublikasida am al qilayotgan m e'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo‘lib. undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umum lashtirish mumkin: - asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o ‘m atishni ta’minlash (obyektlam i asosiy vositalar qatoriga kiritishning to ‘g‘riligi); - asosiy vositalaming to ‘g‘ri turkum lanishi; - asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob ham da hisobot m a’lum otlarining mosligi); - asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir m uom alalam i dastlabki hutiatlashtirish ham da hisobda aks ettirish; - asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir m uom alalam i sintetik hisob registrlarida aks ettirish; - asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir m uom alalam isoliqqa tortish; 26 - asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish; - am ortizatsiya hisoblash usullarini qo'llashning qonuniyligi va to ‘g‘riligi; - jadallashtirilgan am ortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi; - am ortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to ‘g‘riligi; - am ortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to ‘g‘- riligi; - asosiy vositalarni ta’mirlash, tiki ash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish; - ta’mirlash usullari; - ta ’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to ‘g‘riligi; - asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir m uom alalam i hisobga olish; - asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagi holatini baholash; - belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o‘ziga qarashli, joriy tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash; - subyektning o ‘ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalar bo‘yicha yillik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish. Chunki, bu m a’lum otlar reahzatsiya qihnadigan m ahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda subyektning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to ‘lanadigan foyda (darom ad) solig’ining miqdoriga ta ’sir etadi; - asosiy vositalam ing sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi ham da ulam i yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga ohsh bilan bog‘liq m uom alalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; - asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta ’mirlash xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish; 27 - subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i bo‘yicha subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnom ada kelishilgan bo‘lsa); - asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. A uditor ushbu asosiy masalalamni o‘rganib, ularga auditorlik hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yokl qo‘yilgan xatolar ham da hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo'yicha taklillar berishi lozim. Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin. birinchi navbatda, quyidagilarni aniqlashi zarur: - subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o‘tgan hisobot davridagiga nisbatan o'zgarishi bilan tanishish; - asosiy vositalaming inventarizatsiya natijalari bilan tan ishish; - asosiy vositalarni qayta baholash m ateriallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor 0‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining tegishli m e’yoriy huijatlariga muvofiq subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo‘yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo'yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) niiig mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to ‘la moddiy javobgarlik to kg‘risida shartnom alar tuzilganligini aniqlash. shuningdek, asosiy vositalar hisob ini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi m e’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unilikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlaming shakllari bilan subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash lozim. Shu tarzda olingan m a’lum otlar auditorga m azkur subyektda asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida um um iy tasavvurga ega bo’lish im konini va tekshiruvda maxsus e'tibor berish lozim bo‘lgan m asalalami aniqlashga yordam beradi. 28 Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 — «Asosiy vositalam ing eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 - «Uzoq m uddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 — «0‘rnatiladigan asbob-uskunalam hisobga oluvchi schyotlar», 0800- «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlan 0920 — «Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to ‘lovlar», 4800 - «Turli dcbitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 — «Turli krcditorlarga bo‘lgan qarzlam hisobga oluvchi schyotlar», 7900 — «Turli krcditorlarga bo‘lgan uzoq m uddatli qarzlam i hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi m a’lum otlariga muvofiqligini aniqlash zarur. U lar bo‘yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to ‘g‘ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilm alarni; kapital qo'yilm alarni, tuzilgan lizing shartnom alari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So'ngra subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e ’tibor berish lozim: - asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qoNlash qabul qilinganligi; - asosiy vositalarni ta ’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag1 ajratish mexanizm idan foydalanib, ya’ni ta ’mirlash fondi (8910 - «Kelgusi xarajatlar va to lo v lar rezervlari» schyoti bo‘yicha ta ’mirlash fondi schyotini qofilash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik b o ‘yicha subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim.
Asosiy vositalar auditining ma’lumot manbalari. Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o ‘tkazishda foydalaniladigan m anbalar buxgalteriya hisobining subyektda qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog‘liq. Bular: jurnal-orderlar, 29 vedomostlar, kartochkalar, kom pyuter dasturlari va h.k lardir. Lekin shuni unutm aslik kerakki, hisobniiig har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalam ing harakatiga oid m uom alalar (kirimi, chiqimi, xojalik ichidagi siljishi, ta'm irlanishi) m e’yoriy va dastlabki huijat shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Asosiy vositalar auditining ma'lum ot manbalari quyidagi jadvalda keltirilgan. A uditor ushbu m e’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e ’tibor qaratib, barcha rekvizitlaming to ‘g‘ri to ‘lg‘azilganligini aniqlaydi. Shuningdek, subyektning hisob siyosati to ‘g‘risidagi buypuqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur: - obyektlam i asosiy vositalar va aylanm a mablag‘lar qatoriga olib borish uchun ular qiym atining belgilangan chegaralari; - qiym atidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obyektlar ro‘yxati; - asosiy vositalar b o ‘yicha am ortizatsiya hisoblash usullari; - asosiy vositalarni ta ’mirlash uchun qilingan xarajatlam i aks ettirish tartibi; - hisobot yilining 1-yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko‘zda tutilganligi; - asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari; - asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir m uom alalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro'yxati. Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir m uom alalam i hisobga olishda qodlaniladigan va tekshimvda auditor tom onidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining subyektda qo‘llanilayotgan shakliga bog‘liq. 33 Ularga 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 — «Asosiy vositalam ing eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 — «Uzoq m uddatli ijara shartnom asi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlari bo‘yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo‘yicha oborot va qoldiq vedom ostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir m uom alalar, odatda, dastlabki hujjatlam ing yagona shakllari bilan, ayrim hollarda esa subyektda ishlab chiqilgan va hisob siyosati to ‘g‘risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Auditor tekshiruv mobaynida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: - buxgalteriya balansi (1-shakl); - moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl); - asosiy vositalar to ‘g‘risidagi hisobot (Z-shakl); - pul oqimlari to ^ risid a g i hisobot (4-shakl); - xususiy kapital to ‘g‘risidagi hisobot (5-shakl); - izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. Buxgalteriya balansi (1-shakl) da subyektga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xojalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar, uzoq m uddatli aktivlar bo‘limidagi asosiy vositalar moddasida boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo ‘yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda netto baho, ya’ni qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanm aydigan (am ortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan tashqari). Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan bo‘lishi lozim. Subyekt buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi bo'yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalar yuritiladi. Bu kartochkada obyekt haqidagi barcha m a’lum otlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari m c’yori. kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo‘lishi kerak. So'ngra inventar kartochkalar ma’lumotlarining asosiy vositalarni hisobga olish ho‘yicha inventar kartochkalar ro ‘yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalaming tasnifiy guruhlari b o ‘yicha o ‘tkazilganligi tekshiriladi. R o‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarm oqning tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak. Ishlatilmayotgan asosiy vositalaming inventar kartochkalari alohida guruhlangan b o lish i kerak. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnom a tuzilib, uning m a’lum otlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi, so‘ngra bu kartochkalar kartotekadan olib qo‘yiladi. Amaliyotda, asosiy vositalar obyektlarining qiym ati quyidagi xojalik operatsiyalari natijasida subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: - sotilganda; - foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganda; 42 - boshqa subyekt va shaxslarga beg‘araz berilganida; - boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush sifatida qo‘shilganida; - kam om ad yoki yo‘qotish aniqlanganda va.h.k. Audit jarayonida qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan sum m a 0100 - «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» ning debeti va 8510 — «M ulklami qayta baholash b o ‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. Qayta baholangan asosiy vositalar obyektlari b o ‘yicha tiklanish qiymati inventar kartochkaning rekonstruksiyalash, m odernizatsiyalash bo‘limida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo‘limida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. H ar bir m oddiy javobgar shaxs asosiy vositalar obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedom ostda yuritishi kerak. Bunda ham m a m oddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada to‘la moddiy javobgarluk to ‘g‘pisida shartnom alar tuzilganligi, shartnom alarning bir nusxasi m oddiy javobgar shaxslam ing hujjatlar to ‘plam ida, ikkinchi nusxasi esa shu xodim - larning o‘zlarida saqlanayotganhgi tanlab tekshirilishi lozim .Bulardan tashqari, auditor barcha m oddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o ‘z javobgarligiga olganligini tasdiqlab, inventarizatsiya vedom ostlarida imzo qo‘yganliklari ham da asosiy vositalam ing keyingi kirimlari esa ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Asosiy vositalaming mavjudligi va saqlanishini tekshirish. Asosiy vositalam ing mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshim vidan o ‘tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot m oddalarining haqqoniyligini ta’m inlashdan iborat. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: - qiymati subyektda belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan obyektlar yoki qiym atidan qat’iy nazar xizmat m uddati 12 oydan kam bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi; - subyektda asosiy vositalar inventar va xojalik jihozlari qatoriga va, aksincha, 0‘tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiym atining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xojalik jihozlari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlanadigan xatolardan biridir. K o‘p hollarda bunday o‘tkazishning sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi. 35 Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish shartnom alari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro^yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. Asosiy vositalam ing to ‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi m uhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek, subyekt faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq. Asosiy vositalarni baholashning to ‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo‘lm aganda) yoki tanlab o‘tkaziladi. Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi ham da asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq. - auditor 0 ‘zbekiston Respublikasi luqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnom alarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlam i asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi ni; - tugallangan qurilish obyektlari inventar qiym atining to ‘g‘ri aniqlanganligini; - qo‘shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki qism an tugatilganidan so‘ng obyekt qiym ati to ‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi. Bunda auditor 21-son «Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BH M S ga muvofiq kiritilgan o ‘zgartishlarga alohida e ’tibor qaratishi zam r. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog’liq, am m o belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalam ing dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar obyektlarning dastlabki qiymatiga qo'shilm asdan, 9430 — «Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga e ’tibor berishi kerak. Auditor, baholarni kelishish bayonnom asi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlami asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning 36 qonuniyligi; bozor baholarini qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi. Shuningdek, bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o ‘xshash mahsulot baholari to ‘g‘risida tayyorlovchi tashkilotlarning yozma ravishda bergan m a’lum otlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lo n qilingan baholar to ‘g‘- risidagi m a'lum otlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati to bg‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mum kin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo ‘yicha subyekt tom onidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo‘shiladi. Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tom onidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga am al qilayotgan valuta kursi bo'yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Auditor shartnom a shartlariga muvofiq m ulkka egalik huquqining o ‘tish vaqti to ‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq bojxona to ‘lovlari va boshqa chiqim - lam ing sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Shuningdek, asosiy vositalarni baholashning to ‘g‘riligini tekshirish m obaynida asosiy vositalar dastlabki qiym atining o ‘zgarganligiga, qanday sabablar (qo‘shimcha qurish, jihozlash, qayta jihozlash, qism an tugatish) o ‘zgarishga olib kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0800 — «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim. So'nggi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim aham iyat kasb etm oqda. 21-B H M S ga muvofiq subyektlarda asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530 - «M ulklam i qayta baholash b o ’yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: - barcha asosiy vositalar to ‘g‘riligiga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; - qayta baholash qanday usullar yordamida o ‘tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo‘yicha to ‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblab 0‘tkaziUshi va h.k.); 37 - bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; - hisob-kitoblar to ‘g‘riligini tanlab tekshirish; - qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o ‘zgarganligi; - qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi; - qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to ‘g‘ri aks ettirilganligi; - qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga o‘xshashlar.
5-son «Asosiy vositalar» nomli BH M S ga muvofiq, am ortizatsiya eskirishning baholangan xizmat m uddati davom ida aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymatini muntazam taqsim - lash va qayta o ‘tkazish tarzida qiym at ifodasidir. Asosiy vositaning am ortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda, aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan qiymat о‘mini bosadigan boshqa qiym atning summasidir. Auditor asosiy vositalarga eskirishni hisoblashning to‘g‘riligini tekshirishda o ‘rnatilgan har oylik eskirishni hisoblash qoidalariga buxgalteriya tom onidan rioya qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirishni hisoblashda toNdiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo‘lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish m uddati o ‘tib, am ortizatsiyani hisoblash to ‘xtatilgan asosiy vosita obyektlarining ro‘yxati taqdim etilishi lozim. Agar subyektda tezlashtirilgan am ortizatsiya hisoblash mexanizm iqollanilsa, ushbu holat uning hisob yuritish siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: - subyekt hisob siyosatida ко‘ rsatilgan-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; - am ortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalam ing u yoki bu guruhiga olib borishning to‘g‘riligini tekshirish; 38 - har oylik amortizatsiya ajratm a summalari bo‘yicha hisobkitoblarni tekshirish; - am ortizatsiya ajratmalarining hisobda o ‘z vaqtida va to ‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to ‘g‘riligini aniqlash 5-son-«Asosiy vositalan>, 21-son-«Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviyxojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BHM S lar va mijozsubyekt hisob siyosati to ‘gkrisidagi buyrug‘ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun subyekt hisob siyosati bo‘yicha buyrug‘ining qoidalari; asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo'yicha ishlanma jadvallar ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo‘llaniladigan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi: - xizmat qilish m uddati o‘tib ketgan asosiy vositalar; - am ortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; - konservatsiyadagi asosiy vositalar; - amortizatsiya hisoblash to ‘xtatilgan asosiy vositalar; - jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qoilanilayotgan asosiy vositalar; - noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar; - moliyaviy lizing shartnom asi bo‘yicha olingan asosiy vositalar. Amortizatsiya ajratm alarining hisoblanishini tekshirish m obaynida auditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, foydali ishlatish m uddati davomidagi yillari yigkindisi bo‘yicha qiym atini hisobdan chiqarish usuli, qiymat ni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o ‘chirish usuli) ga e'tib o r berishi zarur. Asosiy vosita obyektlarining bir xil guruhlari bo‘yicha am ortizatsiya hisoblashning tanlangan uyoki bu usulini qo‘llash uchun foydali xizmat qilish m uddati davom ida boshqasiga o‘zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim. Ammo, soliqqa to rtish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash 0 ‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi 23-moddasiga muvofiq asosiy vosita 39 obyektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham m um kin. A uditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalaming foydali xizmat qilish m uddati to ‘g‘ri belgilanganligini aniqlaydi. C hunki, hisobot davridagi am ortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari norm alarini belgilash shunga bog‘liq. Amortizatsiya ajratmalari norm alari no to ‘g‘ri belgilangan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida m ahsulot (ish, xizm at) lar tannarxi qanchalik oshgan (pasaygan)ligini aniqlaydi. Shunindek, amortizatsiyani hisoblash m uddatlarining boshlanish va to ‘xtatilish m uddatlari, hisoblashning muntazam ligi, am ortizatsiyani hisoblashda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashning to ‘g‘riligini tekshirish zarur. A m ortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to ‘g‘riligi tanlab tekshiriladi. Amortizatsiya ajratmalarini m ahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borishning to ‘g‘riligini tekshirish am ortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan o ‘tkazishning m uhim m asalalaridan biri hisoblanadi. A uditor amortizatsiya hisoblanadigan obyektlar asosiy vositalam ing qaysi guruhiga (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) da ishlatilayotganligi yoki ope rat iv (qisqa m uddatli) lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar b o ‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari o ‘z mablag‘lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo'yicha esa foyda yoki zararlarga olib boriladi. Asosiy vositalarga eskirishni hisoblashni liisobga olishda eng ko‘p uchi'aydigan qoida buzilish hollari quyidagilardan iborat: - ayrim subyektlarda asosiy vositalarga eskirishni hisoblash har choraklikda amalga oshiriladi; - soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat m uddati o‘tib ketsa ham asosiy vositalarga eskirishni hisoblash davom ettiriladi; - asosiy vositalarga asossiz ravishda eskirishning tezlashtirilgan usuli qo‘llaniladi va h.k. Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish m obaynida quyidagi tashkiliy amallar qo‘llanilishi mumkin: 40 - asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) bo‘yicha qoldiqlam i va joriy yilda hisoblangan amortizatsiyani oldingi davrlardagi ma’lum otlar bilan taqqoslash va ularning o ’zgarishini baholash; - joriy yilda jam g‘arilgan amortizatsiya qoldig‘ini oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash. Audit jarayonida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratm alari hisobot davrida buxgalteriya hisobi m a’lum otlarida to ‘g‘ri aks ettirilganini tekshirish lozim. Asosiy vositalam ing ayrim obyektlari bo‘yicha ajratm alar buxgalteriya hisobida tegishli sum m alarni jam gbarish yo‘li bilan yoki obyektlarning dastlabki qiym atini kamaytirish yoki bilan aks ettiriladi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jism oniy xossa va sifatlari yo‘qolib boradi. U lam i tiklash uchun subyekt ta ’mirlash ishlarini o‘tkazishi mumkin. Asosiy vositalar ta ’m irining ikki turi mavjud: kapital va joriy ta’mir. Asosiy vositalarni ta ’mirlash pudrat yoki xojalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda subyekt ta ’mirlashqurilish tashkiloti bilan pudrat shartnom asini tuzadi. Xojalik usulida esa ta’m ir o ‘z kuchi bilan amalga oshiriladi. Ikkala usulda ham ta’m irlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi. Pudrat va xojalik usulida bajarilgan ta ’mirlash ishlari auditining xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Asosiy vositalarni ta ’mirlashga doir m uom alalam i tekshirish m obaynida auditor ta’mirlash rasmiylashtirilishining to ‘g‘rililigiga alohida e ’tibor qaratishi lozim. Bunda dastaw al, m azkur masala bo‘yicha subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligi aniqlanishi zarur. Bu narsa tekshiruvni davom ettirish ketma-ketligini belgilaydi. Subyektlarda asosiy vositalarni ta ’mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o‘chirilishi mumkin: - xarajatlarning qilinish m e’yoriga qarab bevosita m ahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga; - asosiy vositalarni ta’m irlash uchun yaratilgan fond hisobidan; - xarajatlam i oldin 3190 — «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib, keyinchalik bir m e’yorda tannarxga qo‘shib borish. Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo‘lsa, unda auditor rezerv uchun ajratm alar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalam ing turlari b o ‘yicha (binolar, inshootlar, quril48 m alar va hokazo) ajratm alar m iqdori ko‘zda tutilganligi yoki ajratm alarning yagona normasi belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. T a’mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o ‘chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida (ta’mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to ‘g‘rilanganligi (stom o qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim. Asosiy vositalarni ta ’mirlashga doir m uom alalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aksettirilishini tekshirish m obaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o ‘z manbalari hisobiga hisobdan o ‘chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor ta’mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi. Agar hisobot davrida lizingga olingan asosiy vositalar ta ’mirlangan b o isa, ta’mirlash turini (joriy yoki kapital), lizing shartnom asida kapital ta ’mirlash ko‘zda tutilganligi va xarajatlar kimning hisobidan qoplanishini tekshirish zarur. Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mum kin. A uditor bu holda quyidagilarni tekshiradi: qilingan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta ’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng asosiy vositalar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo‘shilgan kapitalining ko‘payishi hisobda ko‘rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlam ishlab chiqarilgan m ahsulot (bajarilgan ish, qo‘rsatilgan xizmat) lar tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek, subyektning foydadan budjetga to ‘lovlar bo‘yicha budjet bilan o ‘zaro m unosabatlariga ham ta ’sir etadi. Auditor, eng aw alo, bu masala bo‘yicha ham subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qilishda ta ’mirlash xarajatlarini har oyda haqiqiy xarajatlar hajm ida hisobdan o‘chiradigan tartibni qo‘llaydilar. Boshqa subyektlar ta ’mirlash fondi yaratadilar (ta'm irlashning barcha turlari uchun rezervga m ablag1 ajratadilar), haqiqatda bajarilgan ta ’mirlash 49 ishlari uchun qilingan xarajatlami esa tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o‘chiradilar. Birinchi holatda ta’mirlashga doir barcha xarajatlar ta’m irlash qaysi hisobot davrida amalga oshirilgan b o isa, bevosita shu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shilishi lozim. Ikkinchi holatda subyekt balansida turgan asosiy vositalam ing dastlabki qiymatiga nisbatan foiz hisobida ta ’mirlash fondiga ajratm alar m e’yori hisoblab chiqariladi. Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o ’rta biznes subyektlari, ikkinchisini esa asosiy vositalari mulk (aktiv) lam ing salmoqli qismini tashkil etadigan yirik subyektlar qo‘llaydilar. A uditor ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shishning to ‘g‘riligini subyektda qabul qilingan hisob siyosatidan kelib chiqib, uning o ‘zgarish hollarida esa sababini va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta’sirini tekshirishi lozim. Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta ’mirlash bo‘yicha subyektda qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to ‘lovlar uchun rezervlar» schyotining m a’lum otlari bilan tanishish zam r. Agar 8910 schyotda alohida ta’mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo’lsa, ushbu fondga qilingan ajratm alarning hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zam r. A jratm alar hajmi asosiy vositalar turlari bo‘yicha tabaqalangan yoki ajratm alarning yagona normasi o ‘rnatilgan bo‘lishi m um kin. Auditor nuqtayi nazaridan yagona norm ativni qo‘llash tannarxning asossiz ko‘tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida ko’rsatib o ‘tishi lozim.