REJA 1.AUDIT SATNDARTLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 2.ICHKI AUDIT MILLIY STANDARTLARI 3.AUDITNING XALQARO STANDARTLARI 4.XULOSA 1. Audit standartlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turlari tavsifi.Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog‘onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o‘zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS
(InternationalStandardsofAuditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo‘-jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo‘llani-ladi.Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:
-ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo‘lishi ta’minlanadi;
-auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;
-muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..
Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.Auditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko‘rsatish joyini, haq to‘lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o‘z ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga zid bo‘lmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug‘ullanishi mumkin.Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi.
I. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O‘BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo‘yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar bo‘yicha birlashtiradi.Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya- xo‘jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o‘tilgan masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o‘quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi. O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvat-lashga yordam ko‘rsatish, o‘z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo‘yicha barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va axborot ta’minoti bo‘yicha aloqa o‘rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
-audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
-o‘quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
-auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o‘tkazish;
-auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etish;
-auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
-O‘zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatimiz organlari bilan hamkorlik qilish;
-O‘zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan Ichki audit milliy standartlari tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 24 oktyabrda 3394-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi).
Ichki audit milliy standartlari Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida davlat ichki nazorati va ichki auditi islohoti” loyihasi doirasida Pricewaterhousecoopers (PWC) xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari bilan hamkorlikda ichki auditning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqildi.
Ichki audit milliy standartlari tasdiqlanishi natijasida vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlarining faoliyatini amalga oshirish va ichki audit tadbirlarini o‘tkazishning umumiy tartiblari belgilandi.
Shu jumladan, Ichki audit milliy standartlari bilan quyidagilar tasdiqlandi:
ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari;
ichki audit xizmatining mustaqilligi va ichki audit xizmati xodimlarining malakasiga qo‘yiladigan talablar;
ichki audit xizmati faoliyati sifatini ta’minlash;
ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartib-taomillari (ichki audit yillik rejasini tuzish, ichki audit tadbirini tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish, aniqlangan xavflarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda uning bajarilishini monitoring qilish, vakolat doirasidan tashqaridagi xavflar haqida xabar berish, ichki audit xizmati faoliyati to‘g‘risida hisobot).
Ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan Ichki audit milliy standartlari orqali vazirlik va idoralarda tashkil etilgan ichki audit xizmatlarining faoliyatini amalga oshirish va ichki audit tadbirlarini o‘tkazishning umumiy tartiblarini belgilab berish to‘g‘risidagi normalar amaliyotga joriy etiladi.
3.Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Idora saytida shu haqda хabar berilgan.
Loyiha 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga koʻra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar.
Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qoʻllanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi koʻrsatilgan auditorlik хizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yoʻnaltirilgan хalqaro standartlar asosida auditorlik хizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaхshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik хizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi.
Nizom loyihasida Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya’ni:
a) sifat nazoratining хalqaro standarti;
b) moliyaviy aхborot auditining хalqaro standartlari;
v) moliyaviy aхborot auditining amaliyoti toʻgʻrisidagi хalqaro hisobotlar;
g) obzorli tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha vazifalarning хalqaro standartlari;
d) ishonchni ta’minlovchi, moliyaviy aхborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning хalqaro standartlari;
ye) audit bilan birga koʻrsatiladigan хizmatlarning хalqaro standartlari;
j) Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning хalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar;
z) yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan oʻzgartirishlar.
Shuningdek hujjatda Oʻzbekistonda qoʻllash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:
Xalqaro buхgalterlar federatsiyasidan davlat tiliga tarjima qilingan AXS matniga huquqlarning berilishini tasdiqlovchi hujjatni olish;
rus tilidagi AXSdan foydalanish huquqini olish uchun Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi bilan shartnoma imzolash;
davlat va rus tilidagi AXS matnini Moliya vazirligining veb-saytlarida e’lon qilish;
AXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash.