Axborot tizimlarini ishlab chiqish va xizmat ko\'rsatish
Biznesda ishlatiladigan quydagi axborot tizimlari navjud: elektron tijorat tizimlari, tranziksiyalarni qayta ishlash (processing), boshqaruv axborot tizimlari, qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari. Undan tashqari bazi tashkilotlar maxsus maqsadli tizimlarni ishlatadilar: suniy intellekt, ekspert tizimlari, virtual voqealik va boshqalar.
Elktron-tijorat – axoborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat kor’satish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati. Elektron tijoratni to’rt yo’nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines-to-busines B2B); biznes istemolchiga (busines-to-consumer B2C); biznes ma’muriyatga (busines-to-adminstration B2A); istemolchi ma’muriyatga (consumer-to-adminstration C2A). Shuningdek keyingi vaqtda istemolchi istemolchiga (consumer-to-consumer C2C); va istemolchi biznesga (consumer-to-busines C2B) modellari rivoj topmoqda.