Reja: Axborot tushunchasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix20.05.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#58757
Axborot tushunchasi. Nursulton



YakubovNursulton
Mobil-texnologiya tushunchasi
Reja:
1.Axborot tushunchasi
2.Axborot tizimi uning turlari va tarkibi
3.Mobil qurilmalar


Axborot tushunchasi
XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari
bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika
sohasining asosiy resursi axborotdir.
«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish
holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa
haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot
moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni
bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida
foydalaniladi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish
yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan.
Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks
ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi
bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida
qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish
funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot
tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday
ma`lumot axborot bo`lavermaydi.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga
ajratish mumkin:
1. Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu


axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining
80 foiz hajmini tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Uzluksiz hosil bo`lish.
2. Harf raqamlarda ifodalanish.
3. Diskret xarakterdalik.
4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish
mumkinligi.
Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun
foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha
tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar
zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani
rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining
yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami,
axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir.
O`zbekiston
Respublikasining
«Axborotlashtirish
to`g`risida»gi
qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi»
atamalariga quyidagicha ta`rif berilgan:
– axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar
va jarayonlar majmuyi;
– axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalarining axborotni to`plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va
undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan
majmuyi.
Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari,
xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot
insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar
o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi


tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar,
ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada
axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish
funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot
tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har
qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.
Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki
faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash
mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni
kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga
aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa
ham bo`laveradi.
Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni
boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot
sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi
muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa,
avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.
Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator
o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra
xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi
nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi.
SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb
aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va
raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi
farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar,
bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir.
Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi –


axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli
ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar
oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.
So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish
uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan
bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari,
ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng
muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter
texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati
haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash
va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan
foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa
vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir.
Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi
va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy
shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga
oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir.
XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real
amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining
chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni
elektron
kvartira
va
kottejlarda
yashovchi
kishilar
yagona
komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda.
Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan
moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta
ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya


axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati
yuzaga keladi.
Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha
ta`riflaydilar:
axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va
axborot taqchilligi o`rtasidagi ziddiyat echildi boshqa zahiralarga
qiyoslaganda axborot ustuvorligi ta`minlandi; rivojlanishning asosiy shakli
axborot iqtisodiyoti bo`ladi;
 eng
yangi
axborot
texnika
va
texnologiyalar
yordamida
avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish
jamiyati shakllanadi;
 axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini
qamrab olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda;
 butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
 zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun
tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi.
Ushbu ijobiy tomonlardan tashqari, uning salbiy oqibatlar ham oldindan
qurilgan:
a) ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`proq ta`sir
ko`rsatishi;
b)axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini
buzib
yuborishi;
v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
g) ko`pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi.
―Axborot elitasi‖ (axborotlarni qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi kishilar)
va iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi.
Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar
klassik iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan bir necha asosiy zaxira turlari
ma`lum, ya`ni:



1- rasm. Axborotlarni tasniflash.


Mobil texnologiyalar
uchun ishlatiladigan texnologiya 
uyali aloqa
. So'nggi bir
necha yil ichida mobil texnologiyalar tez rivojlandi. Ushbu ming yillik boshidan
beri
standart 
mobil
qurilma
oddiy
ikki
tomonlama
bo'lishdan
uzoqlashdi 
peyjer
bo'lish

Mobil
telefon

GPS
navigatsiya
qurilmasi
,
ko'milgan 
veb-brauzer
va 
tezkor xabar almashish
mijoz va a 
qo'lda ishlaydigan
konsol
.
Ko'pgina
mutaxassislarning
fikriga
ko'ra,
kompyuter
texnologiyalarining kelajagi yotadi 
mobil hisoblash
bilan 
simsiz tarmoq
. Tablet
kompyuterlari yordamida mobil hisoblash tobora ommalashib bormoqda.
Tabletkalar mavjud 
3G
va 
4G
tarmoqlar. Mobil texnologiyalar turli jihatlarda
har xil ma'nolarga ega, asosan axborot texnologiyalaridagi mobil
texnologiyalar va basketbol texnologiyalaridagi mobil texnologiyalar, asosan
simsiz qurilmalarning simsiz texnologiyasiga (shu jumladan, noutbuklar,
planshetlar, mobil telefonlar va hk) uskunalar axborot texnologiyalari
integratsiyasi.
Mobil qurilmalar
1.1 Android va iOS operatsion tizimlarinig qiyosiy tahlili
So‘nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik
ulkanlashib ketdiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo‘yicha
hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil
vositalardagi ustunlik, hamda ma‘lumotlar tarmog‘i bo‘yicha muntazam
aloqa tezligi sababidandir.
Mobil qurilmalar – planshet, smartfonlar uchun maxsus ishlab
chiqilgan operatsion tizimlar ham mavjud. Xuddi kompyuterlar
o‘tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari
orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar
ro‘yxatidan Apple iOS, Windows Phone 7 va Google Android misol bo‘ladi.
Ular turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Har bir O.T ba‘zi
foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba‘zilarini yuzini burishtiruvchi o‘z
xususiyatlariga ega.
Android tizimining eng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – unda


o‘zlashtirish (customization) imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik
telefonning butun telefonning barcha qismi, o‘rnatilgan fon, vidjetlar va
ikonkalarni o‘z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining
o‘zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega.
Android telefonlar o„zgartirishga sezilarli darajada ochiq hisoblanadi.
Misol uchun, Google Play ilova do‘konidagi eng ommabop dasturlardan
SwiftKey bo'lib, u Android smartfoni klaviaturasini o‗zgartirib, Google va
Facebook akkauntlari bilan hamohang holda keyingi yozadigan
so‗zingizni tahmin qiladi. Android ekotizimining imkoniyatlari deyarli
cheksizdir.
Apple‘ning iOS, iPhone‘da 2007 – yilda ishga tushirilgan bo‘lib,
mavjud eng birinchi mobil operatsion tizimlaridan biridir. Ushbu tizimdan
foydalanish ortidagi asosiy g‘oya – boshqa barcha Apple mobil
mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo‘ladi. Ma‘lumki, Apple mavjud
eng zo‘r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o‘z operatsion tizimini
ahamiyatini ham oshiradi. Bundan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni
ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo‘lgan barcha dastur va xizmatlar
muhayyo.
iOS va Android ijobiy/salbiy jihatlari

Ulkan miqdordagi dasturlar: planshetlar uchun alohida afzalligi, chunki
smartfonlardagi ommabop dasturlar ko‗pincha ikkala platformada ham
mavjud bo‘ladi;

Facebook hamda Twitter bilan chuqurroq birlashuv: yangiliklarni
kiritish va ijtimoiy sahifalarda bo‗lishish iOSda Androiddan ko‗ra
osonroq;

Faqatgina iOS‟da uchrovchi dasturlar masalan Passbook, FaceTime,
Square kabi mobil to‗lovlar dasturi (iOS 3GS, 4, 4S, 5 va yuqori
versiyalarda mavjud, Androidlarda esa chegaralangan miqdordagi
telefonlarda);



Interfeys qulflangan: Uy ekrani uchun chegaralangan moslashtirish
variantlari; dasturlarni faqatgina qatorlashgan ko‗rinishi. Faqatgina App
Storedan dastur yuklay olish imkoniyati;

Dastur yangilanishi: Apple barcha "jismonan ko'tara oladigan" divayslari
uchun yangilangan ilova versiyasini chiqaradi (software upgrades). Bu
degani divays 2 yo 3 yilcha joriy "soft"da ishlay oladi;

Nisbatan yaxshiroq shaxsiyat muxofazasi: iOS foydalanuvchining
kontakt va joylashuvini talab etuvchi dasturlar ustida yaxshiroq nazorat
o‗rnatgan.
Android

Ulkan miqdordagi divayslar: Ko‗plab Android gadjetlarini istalgan
afzalliklar, ekran kattaligi, xususiyatlari va narxlari bilan topish mumkin;

Yuqori moslashuvchan UX: Uy ekrani nafaqat dastur tugmasi bilan balki
foydalanuvchini doimo ogohlantirib va habardor etib turuvchi – turli
vidjetlar bilan ham boshqariladi. Yana misol qilib SwiftKey‘ni olamiz, u
Android smartingiz klaviaturasini o'zgartirib beradi. Google o‗z
do‗konida joylashtirish uchun dasturlar ustidan Apple‘ga qaraganda
yengilroq talablar qo‗ygan. Undan tashqari, istasangiz Google Playdan
boshqa joydan ilova o‗rnatish mumkin.
Qolgan ikkita ulkan platformalar – Windows Phone va BlackBerry –
o‗z alohida afzalliklariga ega bo‗lsada, Android va iPhonedagi ilovalar
ko‗lamiga yetib olishlari vaqt talab qiladi. Kompyuterlar orasida Windows
eng hurmatga sazovor operatsion tizim bo‘lishiga qaramay, ijro bobida
Windows Phone o‘z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi
ko‘rsatkichga erishdi, biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada
kamchilikni tashkil etadi.
Hozirda dasturlarni o‘yin va diqqatni tortuvchi vosita bo‘lib borishidan
ko‘p kishi noliydi. Quyida e‘tiboringizga ba‘zi bir dasturlar havola
etiladi, ular yordamida vaqtingizdan unumli foydalanishingiz mumkin:


Microsoft Word, Excel va PowerPointni kompyuterda ishlatishni
yoqtiruvchilar o‘z xujjatlarida va slayd‘larida telefon yoki planshetdan
foydalanishni istashsa kerak. Faqatgina bitta salbiy tarafi shundaki, ushbu
dasturning to‘liq versiyasi oyiga 10.66 AQSH dollarini tashkil etadi. Dial
My Calls
Bir nechta telefon raqamiga bir necha soniyalarda ovozli yoki sms
jo‘natish uchun DialMyCalls dasturiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi
bajarib beradi, oqibatda qimmatli vaqtingiz tejaladi.
Prezi


Ishlayotgan vaqtingizda prezentatsiyalar tuzish haqida gapirar
ekanmiz, Prezi nomli dasturi Planshet, Telefon va boshqa qurilmalar
orasida sinxronlashtirish, ma‘lumot almashib, ishingizni osonlashtiradi.
Pocket Informant
Ushbu iOS yoki Android dasturi barcha kalendar, esdalik yozuvlar va
kontakt ma‘lumotlarni bir joyga to‘plash uchun va yanada unumdor
ishlash uchun ma‘qul hisoblanadi.
Trello


Trello – bu xuddi loyihalarni boshqarish uchun Pinterest dasturidek.
Uzundan uzun emaillar yoki boshqa matnlarni o‘qishdan bezor
bo‘lganlarga ushbu dastur – bajariladigan vazifalarni kartochkalar, izohlar,
vazifalar ro‘yhati, yuklangan fayllar va boshqalar ko‘rinishida beradi.
Google Mobile
Google Mobile dasturini yuklab olib, oqibatda barcha
SPAM
‗lardan
qutilishingiz va band paytingizda faqatgina kerakli email yozishmalarga
diqqat qaratishingiz mumkin.
Voxer


Voxer – bu bir so‘z bilan aytganda ratsiya vazifasini zamonaviy
ko‘rinishidir. Uning boshqa dasturlardan farqi – xabarlaringiz matn, ovoz
yoki rasm ko‘rinishida bo‘lsin, barchasini saqlash imkonini beradi. Shunda
uzun xabarlarni qaytadan yozish ovoragarchiligi yo‘qotiladi. Dasturning
yaxshi tomoni shaxsiy foydalanuvchilarga tekin xususiyatlar taqdim
etilishi, biroq
pro
va
biznes
foydalanuvchilar alohida to‘lov to‘lashadi.
Super Notes
Ushbu dastur bilan yozishmalarni, ovoz saqlamalarni, rasm va
boshqalarni saqlashingiz, rangli nomlar bilan belgilashingiz, barchasini
hisoblab yurishingiz mumkin. Keyin esa ularni email orqali bo‘lishish
(share) yoki kompyuteringizga zahira sifatida saqlashingiz mumkin.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin