Axborot xavfsizligi talablarini aniqlash. Tashkilot o‘zining axborot xavfsizligiga bo‘lgan talablarini quyidagi uchta muhim omilni hisobga olib, aniqlashi muhim:
- biznesning global strategiyasi va tashkilotning maqsadlarini e’tiborga olib, tashkilotda olingan xavflami baholash yordamida tashkilot aktivlariga tahdidlar aniqlanadi, tegishli aktivlaming zaifligi va tahdidlar paydo bo‘lish ehtimoli,shuningdek, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar baholanadi;
- tashkilot, uning savdo sheriklari, pudratchilar va xizmatlami yetkazib beruvchilar, qoniqtirilishi kerak bo‘lgan yuridik talablar, qonun hujjatlarining talablari, tartibga soluvchi va shartnomaviy talablar, shuningdek, ushbu tomonlaming ijtimoiy madaniy muhiti boshqa omil bo‘lib hisoblanadi;
- o‘zining ishlashini ta’minlash uchun tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan prinsiplar, maqsadlar va talablaming maxsus to‘plami yana bir omil bo‘lib hisoblanadi.
Axborot xafsizligi xavflarini baxolash. Axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar xavflami muntazam baholash yordamida aniqlanadi. Axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlarga ketgan sarf-xarajatlar axborot xavfsizligining buzilishi natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar miqdoriga mutanosib bo`lishi lozim. Ushbu baholashning natijalari axborot xavfsizligi bilan bog'liq xavflami boshqarish sohasida aniq choralar va ustuvorliklarini belgilashga, shuningdek, ushbu xavflami minimumga keltirish maqsadida axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlami joriy qilishga yordam beradi. Mavjud tadbirlaming samaradorliligiga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan har qanday o'zgarishlami hisobga olish uchun xavflar tahlilini vaqti-vaqti bilan takrorlab turish kerak.
Axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlarni tanlash. Axborot xavfsizligiga qo'yiladigan talablar belgilanganidan va xavflar aniqlanganidan so'ng xavflami qabul qilsa bo'ladigan darajagacha pasayishini ta’minlaydigan, axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlami tanlash va joriy etish kerak. Ushbu tadbirlar ushbu standartdan, boshqa manbalardan tanlab olinishi, shuningdek, axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tashkilotning o'ziga xos ehtiyojlarini qondiradigan tadbirlar ishlab chiqilishi mumkin. Axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlami tanlash xavflami qabul qilish mezonlariga, xavflarga baho berish variantlariga asoslangan tashkiliy qarorlarga va xavflami tashkilotda qabul qilingan boshqarishga umumiy yondashishga bogiiq. Ushbu tanlovni tegishli milliy va xalqaro qonun hujjatlari va normalar bilan muvofiqlashtirish kerak. Ushbu standartda keltirilgan axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha ba’zi tadbirlar axborot xavfsizligini boshqarish uchun amal qilinadigan prinsiplar sifatida qabul qilinishi va ko'pgina tashkilotlar uchun qo'llanishi mumkin. Bunday tadbirlar quyiroqda “Axborot xavfsizligini joriy qilish uchun tayanch nuqta” sarlavhasi ostida batafsilroq ko`rib chiqiladi.