Reja: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari


O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi



Yüklə 29,34 Kb.
səhifə4/4
tarix27.09.2023
ölçüsü29,34 Kb.
#149617
1   2   3   4
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi
Mazkur Markazning asosiy maqsadi etib, «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.
Markaz xodimlari axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash bilan shug‘ullanadilar, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi nima?
Sizga ta’luqli bo’lgan, begonalar bilmasligi kerak bo’lgan har qanday shakldagi ma’lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi. Axborot tushunchasi har qanday shakldagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma’lumotlar, kompyuteringizdagi xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog’oz xat orqali va messenjerlardagi yozishmalar, telefon so’zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli yozuv va video tasvirlar axborot shakllariga ba’zi misollar bo’lishi mumkin. O’zingizga tegishli har qanday shaxsiy axborotni har doim xavfsiz saqlashingiz kerak.
Axborot xavfsizligi: kecha va bugun
Internet texnologiyalarining rivojlanishidan oldin axborotni saqlash nisbatan oson bo’lgan. Boshqalar bilmasligi kerak bo’lgan qog’ozda yozuv shaklidagi, kassetada ovoz shaklidagi yoki boshqa vosita va shakldagi ma’lumotni mustahkam seyfga solib qulflab qo’yishingizni o’zi kifoya bo’lgan. Hukumat idoralari, banklar va boshqa maxfiy xujjatlar bilan ishlovchi tashkilotlarda ham axborot xavfsizligi oson hal qilingan: «o’ta sirli» tamg’asi bilan xujjatni seyfga tiqib, seyf turgan xona eshiklarini mustahkam qulflab, binoga bir nechta qorovul tayinlash bilan axborot xavfsizligiga erishilgan. U zamonlar o’tdi endi.
Hozir juda ko’p turdagi ma’lumotlar (agar hammasi bo’lmasa) elektron shaklda internetga ulangan serverlarda saqlanmoqda. Ularning qanchasi shaxsiy, qanchasi maxfiy ekanligi ahamiyatsiz. Muhimi – odamlarning real hayotiga aloqador ma’lumotlar virtual tarmoqdan bitta parol yoki bitta elektron kalit uzoqligida saqlanmoqda. Kimningdir shaxsiy ma’lumotini o’g’irlamoqchi bo’lgan, yoki qaysidir idoraning sirli xujjatlarini ko’zdan kechirmoqchi bo’lganlar hozirgi kunda devor oshishi, qaysidir eshikni buzib kirishi, bir nechta qorovulni dog’da qoldirishi, seyfni buzishi shart emas. Internet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bugun shaxsiy ma’lumot ovchisi hatto ma’lumotlar saqlanadigan serverga yaqin joyda turishi ham kerak emas. Boshqa davlat, boshqa qit’adan turib internet orqali yaxshi himoyalanmagan server ma’lumotlarini olish hech gap emas ekanligini ko’rib turibmiz. Axborot xavfsizligi bo’yicha eng yaxshi himoyalanishi tan olingan Amerika hukumatining elektron saylovlar tizimiga bo’lgan kiber xujum buning yaqqol misoli bo’lishi mumkin.
Qanday himoyalanish kerak?
Qog’ov va boshqa internetga aloqador bo’lmagan vositalarda saqlanadigan axborotni ishonchli joyda saqlash kerak. Bunday ma’lumotlar keraksiz bo’lib qolgan vaziyatda albatta axborotni uni saqlovchi vosita bilan birga jismoniy yo’q qilish maqsadga muvofiq. Qaysidir maxfiy xujjat kerak bo’lmay qolsa, uni chiqindiga butunligicha tashlab yubormang. Disk yoki fleshkada maxfiy ma’lumotingizdan qutulmoqchi bo’lsangiz, shunchaki axborotni o’chirish bilan cheklanmang. Albatta axborotni uni tashuvchi vosita bilan birgalikda qayta tiklab bo’lmas holatga keltirib, keyin tashlab yuborish tavsiya etiladi. Har qanday katta parchalarda yirtilgan qog’ozni birlashtirish, har qanday disk yoki fleshkadan o’chirilgan ma’lumotni ma’lum texnologiyalar asosida tiklash mumkinligini unutmang.
Internetdagi axborot xavfsizligi esa juda katta mavzu. Bugungi kunda deyarli hammaning hayotiga kompyuterlar, smart telefonlar, onlayn bank kartalari va boshqa vositalar orqali kirib kelgan internet texnologiyalariga bog’liq axborot xavfsizligini ko’p uchraydigan muammolar jihatidan bo’lib ko’rib chiqamiz.
Parol va tasdiqlash kodlari xavfsizligi
Internetda foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmatlarning deyarli barchasida shaxsiy parolingiz bo’lishi talab etiladi. Bunda tizimlar sizni xavfsiz parol tanlashga majbur qilishadi. Juda oddiy va xavfli bo’lgan parollarni ishlatishingizga shunchaki yo’l qo’yilmaydi. Internetdan yaxshi xabardor foydalanuvchilar biladiki, kamida 8 ta belgidan iborat bo’lgan, katta harf, belgi va raqamlar uyg’unligida tuzilgan parollar «xavfsiz» sifatida baholanadi. Albatta, parolni bundan ham mustahkamroq qilib yaxshiroq axborot xavfsizligiga erishishingiz mumkin. Internetda parol generatorlari ko’p. Strong Password Generator kabi xizmatlardan foydalanib ishonchli va mustahkam parol tanlashingiz mumkin. Albatta, generatsiya qilingan parollarni eslab qolish juda qiyin. Shu sababli Google Password Manager kabi parollarni saqlash/boshqarish tizimlaridan foydalanishingizni tavsiya qilaman. Bunday xizmatlardan foydalanishda esa barcha tuxumlarni bitta savatda saqlash xavfi ham paydo bo’ladi. Parol boshqaruv xizmatiga kiradigan parolni bilgan kishi unda saqlanayotgan barcha parollarga egalik qilishi mumkin  Buning oldini olish esa ikki qadamli tasdiqlash (2FV) vositalaridan foydalanish orqali bo’lishi mumkin.
Parol qanchalik qiyin bo’lishining o’zi axborotingizni xavfsiz qilib qo’ymaydi. Bitta parolni bir nechta saytlar vxizmatlarda ishlatishingiz uni ancha mo’rt qilib qo’yadi. Sizning parolingiz har qancha uzun, chalkash va xavfsiz bo’lmasin, u o’nta saytda bir xil shaklda ishlatilsa va ularning bittasida parolingizni buza olishsa, demak sizning qolgan to’qqizta saytingizga ham shu parol bilan bemalol kirish mumkin bo’ladi. Internetda ishlatiladigan parollarni hazil tariqasida kishining ich kiyimiga o’xshatishadi: ich kiyimning egasi faqat bitta bo’lishi kerak, uni hech kim ko’rmasligi kerak va albatta tez-tez almashtirib (yangilab) turish kerak.
SMS tasdiqlash kodlari parollardan keyingi o’rinda eng muhim xavfsizlik vositasi hisoblanadi. O’zbekistonda eng ko’p ishlatilayotgan va afsuski ko’plab kishilarning bilimsizligi oqibatida eng ko’p muammo keltirib chiqarayotgan SMS tasdiqlash bu to’lov tizimlaridagi pul o’tkazmalar bilan bog’liq SMS tasdiqlash bo’lib turibdi. Internetdagi qasidir xizmat muhim ahamiyatga (odatda pul yoki boshqa moddiy/jismoniy ta’sirga) ega bo’lgan harakatingizni tasdiqlash uchun sizning telefon raqamingizga SMS kod yuboradi. SMS xabarda ko’pincha «iltimos, bu kodni hech kimga bermang», mazmundagi ko’rsatma bo’lishiga qaramasdan ba’zilar kodni uchinchi shaxslarga beradi va kartasidan, hisobidan pul mablag’larini yo’qotadi. Shunday ekan, parollardan tashqari SMS tasdiqlash kodlarini ham xavfsiz saqlash juda muhim!
Enkripsiya bilan bog’liq holatlar
Ma’lumotlarni internet orqali uzatishda foydalaniladigan eng zamonaviy xavfsizlik vositasi – enkripsiya. Bunda foydalanuvchi tomonidan yuborish uchun kiritilgan ma’lumot foydalanuvchi qurilmasining o’zida enkripsiya qilinadi (inson o’qishi/ko’rishi/eshitishi mumkin bo’lgan shakldan faqat mashina o’qiy olishi mumkin bo’lgan shaklda o’tkaziladi). Enkripsiya qilingan ma’lumot tarmoqda xavfsiz shaklda yetkazilib, qabul qiluvchi server yoki boshqa qurilmada qayta shakllantiriladi (dekripsiya qilinadi). Shu tariqa ikki tomon ma’lumotni xavfsiz shaklda bir-biriga uzatishi mumkin.
Sizning axborot xavfsizligingizda kim bilandir onlayn suhbatingizni uchinchi shaxslar bilmasligi juda muhim hisoblanadi. Saytlar orqali ma’lumot almashganingizda brauzerning SSL sertifikat haqida ma’lumot beruvchi qismiga e’tiborli bo’ling. Odatda zamonaviy brauzerlar enkripsiyasi yo’q, SSL sertifikati eskirgan yoki mavjud bo’lmagan saytlardan foydalanuvchilarni yaxshi ogohlantiradi.
Smart telefoningizga yuklab olayotgan dasturlaringiz va o’yinlaringizning ishonchliligiga e’tibor bering. Ba’zan o’zini o’yin sifatida tanishtirayotgan dasturlar aslida boshqa g’arazli maqsadlarda ish olib borishi ham hech gap emas. Ko’ngilsiz holatlarning oldini olish uchun faqat ishonchli manbaalardan dastur va o’yinlaringizni yuklab olishingiz kerak. Google Play yoki Apple AppStore kabi ishonchli manbaalardan foydalaning. Saytlardan to’g’ridan-to’g’ri yuklab olingan, yoki sizga messenjerlar orqali yuborilgan o’yin va dasturlarni telefoningizga o’rnatmang. Mavjud o’rnatilgan dasturlaringizni Google Play Protect yoki shunga o’xshash vositalar yordamida tekshirishingiz mumkin.
Zamonaviy messenjerlarda, xususan Telegram va WhatsApp dasturlarida «tomondan-tomongacha enkripsiyalash» imkoniyati bor. Bunda siz va suhbatdoshingiz o’rtasidagi yozishma, audio yoki video muloqot, almashiladigan fayllar enkripsiya qilinadi va server .
Yüklə 29,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin