1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan taxdidlar, xujumlar va zaifliklar,
2. Axborot xavfsiligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’yoriy-xuquqiy baza, xavfsizlik modellari.
3. Identifikatsiya va autentifikatsiya,
4. Kompyuter viruslari va zararkunanda dasturlar bilan kurashish mexanizmlari,
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan taxdidlar, xujumlar va zaifliklar, Komp`yuterni bexato, turi va puxta ishlashi undagi qimmatli ma`lumotlarni saqlanishini ta`minlaydi va ma`lumotlar himoyalanadi. Fuqarolarni tinchligini, xavfsizligini ta`minlashda qonun turadi.
Hisoblash texnika sohasida esa qonunlarni yaratish jarayoni hisoblash texnika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tezligiga eta olmayapti. SHuning uchun Komp`yuter xavfsizligi ko`proq himoyalash tadbirlariga suyanadi.
Axborot xavfsizligi deb, ma`lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yo`naltirilgan tabiiy yoki sun`iy xossali tasodifiy va qasddan ta`sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o`g`irlash yoki nusxa olishdan iborat bo`lsa, hozirgi paytdagi xavf esa komp`yuter ma`lumotlari to`plami, elektron ma`lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so`ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta`minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta`minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar etkazmokchi bo`lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya`ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo`yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yukotilishi, uzgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
axborotni yuk qilish, uzgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta`minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma`lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;