Reja: Axloq tarbiyasi haqidagi tushuncha. Axloq haqida mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning fikrlari


Maktabda mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari



Yüklə 68 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü68 Kb.
#159161
1   2   3   4   5
1407842776 58629

16.4. Maktabda mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Mehnat kishining va jamiyatning eng zarur yashash shartidir. Inson nima bilan faxrlansa va u nima bilan e'zozlansa, ularning hammasi mehnatning natijasidir. Mehnat barcha boyliklarning manbai bo'lish bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir. Buning ma'nosi shundaki, insonning o'zini inson sifatida shakllantirgan (narsa) ham, insonning qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish qilgan ham ana shu mehnatdir.
Mehnat – butun moddiy va ma'naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari ko'p qirralidir. U o'quvchilarni mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko'p tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko'nikma va mahoratni ularda shakllantirishdan iborat. Eng muhimi mehnat qilayotgan kishi o'zi bjarayotgan ish natijalarini ko'rgan taqdirdagina uning uchun mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Eng zaruri mehnat uning uchun moddiy va ma'naviy qimmatga ega bo'lishi shart. Busiz mehnatning natijasi bo'lishi mumkin emas.
Hozir mehnat tarbiyasining maqsadi mulkka munosabatni shakllantirishga qaratilmog'i zarur. Umuman mehnat insonni ijodiy fikrlashga, fidoiylikka, mustaqillikka da'vat etmog'i shart. O'quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash eng asosiy muammo. Shaxsning ma'naviy qiyofasini tarkib toptirishda mehnatning roli nihoyatda kattadir.
O'quvchilarda mehnat tarbiyasini tashkil etishda shaxsiy, oilaviy va jamiyat manfaatlarini uyg'un shakllantirishga o'qituvchilar alohida e'tiboni qaratishlari shart. O'quvchilarni mehnatga axloqiy, psixologik va amaliy tayyorlash jarayonida mehnatsevarlik, mehnat intizomiga bo'ysinish odati, maqsadni amalga oshirishda tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik singari irodaviy fazilatlar shakllantirib borilsa foydali bo'ladi.
O'quvchilarnimehnatdatarbiyalashdastlaboilada, maktablarda – o'quv-tarbiyaishiningtizimida, bolalartashkilotifaoliyatida, ishlabchiqarishjamoalarimehnatidaishtiroketishlariorqaliamalgaoshiriladi.
Maktabo'quvchilarimehnatningmazmuniO'zbekistonRespublikasioldidaturganijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniyvama'naviyrivojlanishistiqbollariehtiyojlaridan, maktabningichkisharoiti, imkoniyatlarivatalablaridankelibchiqibbelgilanadi. Bu masalada jahon ishlab chiqarishi, tovarlarning sifati – umumiy raqobat eng asosiy mezon hisoblanadi.
O'quvchilarning mehnat tarbiyasi shakllari xilma-xildir. Ular asosan o'quv mehnati, sinfdan tashqari ishlar jarayonidagi mehnat, ijtimoiy foydali mehnat, uy mehnati va ishlab chiqarish mehnatlarini tashkil etadi. O'quv mehnati asosida barcha o'quv fanlari mazmuni asosida mehnatning nazariy asoslari va mehnatga munosabat, uning amaliy ahamiyati singari vazifalar o'quvchilarga o'rgatiladi. O'z-o'ziga xizmat, sinfdan tashqari va otaliq tashkilotlarning mehnat maydonlarida, sexlarda mehnatning amaliy ko'nikmalari bilan qurollantirish ta'minlanadi.
Hozirgiumumta'limmaktablaridamehnattarbiyasio'quvchilargamehnatko'nikmalarini, ijodiyfikrlash, atrof-muhitgaonglimunosabatdabo'lishnivakasbtanlashgashakllantirishkabiyo'nalishlarniqamrabolmog'idarkor.
Akademik liseylar, kasb-hunar kolleji o'quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olgan ixtisoslikni egallashga imkon beradi.

Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin