Emissiyaviy faoliyat
Bank emissiyaviy faoliyati davomida o‘z oldiga ustav kapitalini oshirish hamda aholining va tadbirkorlik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish maqsadida qo‘yidagi qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi:
Aksiya;
Korporativ obligatsiyalar;
Depozit va omonat sertifikatlari.
Mazkur qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larini ishonchli va likvid aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.
Investitsiyaviy (sarmoyaviy) faoliyat
Bank emission faoliyatdan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozori elementlaridan foydalangan holda investitsion faoliyatni daromad olish maqsadida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradi:
Bank emission faoliyatdan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozori elementlaridan foydalangan holda investitsion faoliyatni daromad olish maqsadida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradi:
• Iqtisodiy barqaror sanoat korxonalari va tijorat banklarining qarz qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish va yuridik shaxslar ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;
• Yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya qilishga doir maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Bundan tashqari Bank xodimlari tomonidan moliya bozoridagi har qanday manfaatli takliflar atroflicha o‘rganib chiqiladi.
AT "Aloqabank" “Toshkent” Respublika fond birjasining a’zosi hisoblanadi. Bank aksiyalari fond birjasining eng yuqori “A” listingidan joy olgan.
AT "Aloqabank" barcha turdagi turdagi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatadi hamda yirik xorijiy banklar va xalqaro moliya insitutlari bilan hamkorlik qiladi.Bank tomonidan Yevropaning yetarlicha tijorat banklari bilan mustahkam va uzoq yillik munosabatlar o‘rnatilgan va MDH hamda jahon mamlakatlari valyutalarida korespondentlik hisobvaraqlaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, natijada bank mijozlari banklararo pul otkazish,hujjatli akkredetivlar va bank kafolatlari kabi tashqi savdo amaliyotlarini amalga oshirish,shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘z vaqtida va samarali o‘rnatish imkoniga ega bo’lmoqdalar.Xizmat ko‘rsatishdagi qulay tariflar va operativlik nafaqat bankning o‘z amaliyotlarini amalga oshirishi,balki hamkorlarning xalqaro faoliyatini keng rivojlantirishga yordam beradi.
AT "Aloqabank" jahonning 75 dan ziyod banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatadi, 10 dan ortiq banklarda vakillik xisobvaraqlar ochilgan, shu jumladan:
- Korea Exchange Bank
- VTB bank
- Sberbank
- Roseksimbank
- Gazprombank
- Azia-Invest bank
AT "Aloqabank" quyidagi xalqaro tashkilotlar aʼzosidir:
- SWIFT xalqaro banklararo maʼlumotlar oʼtkazish va toʼlovlarni amalga oshirish tizimi;
- VISA International xalqaro toʼlov tizimi (assotsiatsiyalashgan aʼzolik);
- MasterCard xalqaro toʼlov tizimi (assotsiatsiyalashgan aʼzolik);
-«REUTERS» informatsion-diling tizimi
Vakillik munosabatlarini rivojlantirish jarayonida bank, oʼz mijozlari talablarini inobatga olgan holda, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydali, manfaat keltiruvchi shart-sharoitlarni yaratmoqda. S.W.I.F.T. tizimi xalqaro hisob-kitoblarning yuqori darajali operativligi va ishonchliligini taʼminlaydi. REUTERS informatsion-diling tizimiga ulanganligi Bankning nafaqat oxirgi iqtisodiy yangiliklardan xabardor boʼlishini taʼminlaydi, balki xalqaro moliya tashkilotlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ishonchli aloqalarni amalga oshirish shart-sharoitlarini yaratadi. Buning natijasida mijozlaring hisob-kitoblari va amaliyotlarlarini amalga oshirish uchun ijobiy va qulay sharoitlarni yaratdi.
Xulosa:
AT "Aloqabank" aktiv va passiv operatsiyalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror banklardan ekanligi ma’lum boldi, hozirgi kunda bank o‘z mijozlariga masofaviy xizmat ko‘rsatish yo‘llarida rivojlanishlar bo‘lganligi hamda qimmatli qogozlar boyicha ham yetakchi banklar qatorida ekanligini bildik.Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ko‘plab xalqaro miqyosagi katta o‘ringa ega bo‘lgan banklar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. AT "Aloqabank" 2022-yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror banklar ro‘yxatida yuqorilaganini ma’lum qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |