mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud
emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va
ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma
g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa,
mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. YUm, L. Feyerbax),
aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar
biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi
zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini
umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat
qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi,
appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir.
Ong-tafakkur va borliqning birligi
Dostları ilə paylaş: